Hujjat turlari va ish yuritish asoslari



Yüklə 107,88 Kb.
səhifə34/44
tarix08.03.2022
ölçüsü107,88 Kb.
#84390
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   44
davlat mustaqil 5 Hujjat turlari va ish yuritish asoslari.

TUSHUNTIRISH XATI


Xizmat sohasidagi, xizmatga aloqador masalani, uning ayrim jihatlarini yozma izohlovchi va muassasa I (bo‘lim) rahbariga (ichki) yoki yuqori tashkilotga (tashqi) yo‘llanuvchi hujjatdir.

Tushuntirish xati quyidagi zaruriy qismlardan iborat bo‘ladi:



  1. Hujjat yo‘llanayotgan tashkilot yoki mansabdor shaxsning to‘liq nomi.

  2. Hujjatni tayyorlagan (yozgan) muassasa yoki shaxsning to‘liq nomi.

  3. Hujjat turining nomi (Tushuntirish xati).

  4. Hujjat matni (mazmuni).

  5. Imzo va sana (hujjat yozilgan vaqt)

«Malika» ishlab chiqarish birlashmasi kasaba uyushmasi tashkilotining raisi S. Abdullayevga birlashmaning 3-bo‘lim tikuvchisi Dilorom

Boboyevaning

TUSHUNTIRISH XATI

Qizimni bolalar shifoxonasining mavsumiy ko‘rigidan o‘tkazish uchun olib borganim sababli ishga yarim soat kechikib keldim.

Ilova: Bolalar shifoxonasidan berilgan ma’lumotnoma.

(imzo) D. Boboyeva

2012-yil 30-iyun

ToshDU huquqshunoslik fakultetining sirtqi bo‘limi bo‘yicha dekan o‘rinbosari M. Botirovga I kurs talabasi Ahmadjon Dadaxo‘jayevning

TUSHUNTIRISH XATI

Surxondaryo viloyatida bir necha kun samolyotlar uchishi uchun qulay ob-havo bo‘lmagani tufayli 2012-yil 28–29-oktabr kunlariga belgilangan mashg‘ulotlarga yetib kela olmadim.

(imzo) A. Dadaxo‘jayev

2012-yil 31-oktabr



Yüklə 107,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə