Hujjatchilikning paydo bo‘lishi va tarixi sobirxonova Ziyoda Temurxon qizi Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘tau



Yüklə 55,79 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix30.12.2023
ölçüsü55,79 Kb.
#165259
1   2   3
ZDPP1313

Bushug‘”
so‘zi uchraydi. U 
elchiga qaytib ketish uchun beriladigan ijozat qog‘ozi, shuningdek, elchilarga 
beriladigan sovg‘a ma’nolarini bildiradi. Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilik” 
asarida yorliq va noma ma’nosi o‘rnida 
“bildargulik”
so‘zi ishlatilgan. Hozirgi 
kunda faol qo‘llanishga o‘tgan “bildirishnoma”, “bildirish” shu so‘zdan olingan

Sho‘rolar davrida bu so‘z 
“raport”
deb yuritilardi [Z.M.Jo‘rayev.Zamonaviy 
davlat ish yuritish nazariyasi,amaliyoti va boshqaruvini me’yoriy hujjatlar bilan 
ta’minlash.2011]. Biz bu ma’lumotlar orqali M Qoshg‘ariy, Yusuf Xos Hojib 
davlarda ham hujjatchilik bor bo‘lgani va biz hozirgi yuritayotgan 
hujjatlarimizning nomi va shakli o‘sha davrgi hujjatlari asosida 
shakillanganligini bilishimiz mumkin. Tarixchi olimlar izlanishlar olib 
borib,Sharqda X-XIX asrlarda yorliq, farmon, bitim, arznoma, qarznoma tilxat va 
mazmuman shunga yaqin hujjatlar keng tarqalgani haqida xabr 
beradilar.Yorliqning, mazmuni xilma xil bo‘lgan.Ular xabar, tavsif, farmoyish, 
bildirish, tasdiqlash ma’nolarini bildirgan
.
Bu o‘rinda To‘xamishxonning 1393 
yilda polyak qiroli Yag‘ayalga yo‘llagan yorlig‘i,Temur Qutlug‘ning 1397 yildagi 
yorlig‘i, Zahiriddin Boburning otasi Umarshayx Mirzoning marg‘ilonlik Mir Sayid 
Ahmad isimli shaxsga 1469-yilda bergan yorlig‘i[Q.Sodiqov. Eski uyg‘ur yozuvi. 
1989-yil]. Toshkent hokimi Yunusxo‘janing 1797-yil 2–iyinda Peterburgga-
Rpossiya podshosiga o‘z elchilari orqali yuborgan yorlig‘i,[2 ЦГВИА РФ, Архив 
внешней политики России. Фонд Ташкентские дела, опись III/I, дело № 1, 
опись 132/1, дело № 6 ]. Nikolay Ostraumovning Turkiston arxeloglar 
xavaskorlari to‘garagining 1897 yil 29- avgustdagi majlisida Amir Temurning 
Ahmad 
Yassaviy 
mozoriga 
bergan 
yorlig‘i 
haqida 
ma’ruzasi 


51 
«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya» 
nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya 
[.S.O‘.Abdulg‘aniyevich. Dissertatsiya: Toshkent vaqf hujjatlarida an’analar, 
islohotlar va muammolar ( XVI-XV asr boshlariga oid tarixiy hujjatlar asosida)] 
va shu kabilarni misol qilishimiz mumkin. Qadimgi davr yorliqlarida o‘ziga xos 
lisoniy qolip shakillangan, yorliqlar matn jihatidan an’anaviy tarkibiy qismlarga 
ega bo‘ladi.Masalan birinchidan“To‘xtamish so‘zim Yag‘aylaga” deb,ikkinchisi-
“temur Qutlug‘ so‘zim” deb, uchinchisi-“Sulton Umarshayx Bahodir so‘zim” deb 
boshlanadi. Bayonda ham muayyan qolip bor, shuningdek, albatta, yorliq 
yozilgan sana va joy ko‘rsatilgan [Ёрликларнинг хусусияти ва матний 
таркибий кисмлари хакида каранг: Григорьев А.П. Конкретные формуляры 
чингизидских жалованных грамот XIII-XV вв. II: Тюркологический 
сборник.-М., 1978, стр. 198-218].
XIX asrda Qo‘qon xonligida keng tarqalgan hujjatlardan biri “patta” lardir 
[.Z.M.Jo‘rayev.Zamonaviy davlat ish yuritish nazariyasi,amaliyoti va 
boshqaruvini me’yoriy hujjatlar bilan ta’minlash.2011]. Pattada ma’lum kishiga 
muayyan miqdordagi pul, mahsulot,urug‘(don) yoki boshqa narsalarni berish 
lozimligi haqida ma’lumot keltirilgan.Patta matnlarida ham o‘ziga xos doimiy va 
muayyan tarkib va nutqiy qolip borki, bu ham o‘zbek hujjatchiligi uzoq tarixiy 
tajriba ma’hsuli ekanligining dalilidir. Bugungu kunda fanda qimmatli 
ma’lumotlarga ega bo‘lgan hujjatlar bor. Ular tariximizni turli davlariga oid. 
O‘rxun-Enasoy,sog‘d,eski uyg‘ur, arab va boshqa yozuvlarda bitilgan hujjatlar 
haqida ma’lumot beradi.
Bizgacha yetib kelgan manbalar orasida VII asr oxiri va 
VIII asr boshlarida Sug‘d podsholigi davriga tegishli 80 ga yaqin noyob 
(Panjikent yaqinidagi Mug‘ tog‘ida joylashgan qadimgi qasr xarobalarida 
topilgan sug‘dcha) hujjatlar Sug‘d davlatida ish yuritish ahvolidan darak bersa, 
800 ga yaqin hujjatlarni qamrab olgan “vasiqalar to‘plami” 1588-1591- yillarda 
Samarqanddagi tarixiy voqelikni, ijtimoiy istisodiy turmush tarzini yaqqol 
yoritib bergan. Sug‘d tarixidagi sug‘dcha nikoh guvohnomasi 710- yillarnig 25-
martda yozilgan bo‘lib, unda turk zodagoni Uttakinning sug‘d ayoli 
Dug‘dgunchaga uylanishi rasmiylashtirilgan hamda kelin bilan kuyovning vazifa, 
burchlari va majburiyatlari bayon etilgan.Undan tashqari Sug‘d podsholigida yer 
xarid qilish, tegirmonni ijaraga olish, xarajatnoma va o‘zaro yozishmalar iborat 
bir qator nodir hujjatlar ham bo‘lgan [https://fayllar.org/hujjatchilik-tarixi-va-
uning-takomillashuvi-hujjatchilik-tarix.html]. 
O‘zbek hujjatchilik tarixiga nazar solsak qadim zamonlarda “Risola” deb atalgan 
hujjat ham borligini bilishimiz mumkin. Bu hujjat o‘ziga xos ahloqiy, diniy 
qo‘llanma bo‘lib ustadan o‘rnatilgan odat va an’analarga rioya etishni talab 
qilgan. Hunarmandlar ham buni buzishga haddi sig‘magan,chunki bir joriy 
etilgan yangilik ana shunday qoida va ruhoniylar qarshiligiga duch kelishi 


52 
«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya» 
nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya 
mumkin 
edi 
[Samarqand 
VDA.1843-jamg‘arma.1-ro‘yxat.2-yig‘majild].
Risolani bugungu kundagi yo‘riqnomalarga o‘xshatishimiz mumkin. Bilamizki, 
bizda uch xonliklar davri bo‘lgan. Ularning har birida o‘zida xos qonun qoidalari 
shakllantirilgan. Bu hol esa hujjatlarni ham xilma xil bo‘lishiga olib kelgan. 
Bulardan biri Xiva xonligi tarkibidagi Xorazm shahri. Bu yerdagi 
manzilgohlardan charm yuzasiga yozilgan 8 ta xo‘jalik hujjatidan parchalar.20 ta 
taxtachaga yozilgan hujjat topilgan.Ularda Tuproqqal’a hayot davrida unga tobe 
xonadon a’zolarining ro‘yxati,harboy chaqiriq, soliq, jon ro‘yxatlar bo‘lgan. 
Nufuzli zotlar bilan birga qullar ham qayd qilingan. 4 ta hujjatda Tuproqal’a 
omboriga qabul qilingan xo‘jalik asbob-uskunalari, xususan, bir o‘rinda 
g‘ildiraklar,bu narsalarning taqsimlab berilishi haqida ma’lumotlar berilgan 
[Z.M.Jo‘rayev.Zamonaviy davlat ish yuritish nazariyasi, amaliyoti va 
boshqaruvini me’yoriy hujjatlar bilan ta’minlash.2011]. Namangan viloyati 
Kosonsoy shahri yaqinidagi Mog‘il qal’asidan VII-VIII asrga oid 80 ta hujjat 
topilgan. Ular milliy sug‘d yozuvida bo‘lib, toldan kesilgan tayoqcha, teri va xitoy 
qog‘ozlariga 
bitilgan.[ 
.https://fayllar.org/hujjatchilik-tarixi-va-uning-
takomillashuvi-hujjatchilik-tarix.html]. Namnagan Qo‘qon xonligi tarkibiga 
kirgan va o‘sha yerning hujjat yuritilishi haqida ma'lumot beradi. Bu kabi 
hujjatlarni o‘rganilishadan asosiy maqdsad tariximizda qanday hujjatlar bo‘lgan 
va qanday yuritilganini bilish,ulardan andoza olish.Hujjatlar ma’lum shaxlar 
hayotidan ham habar bergan. Anglyalik mashhur yozuvchi,adib Ulyam Shekispir 
cho‘qintirilgani haqida cherkov daftaridagi qayydan boshqa uning hayoti haqida 
deyarli hech qanday ma’lumot uchramaydi. Cherkov daftarida ham 1596 yilda 
stratforlik Enn Xatauey ismli qizga uylangnaligi hamda to‘ng‘ich farzandi Syuzen 
1583-yilda, egizaklari: Hamlet va Judit 1585-yilda cho‘qintirilganligi haqida 
ma’lumotlar keltirilgan. O‘z davrida bunday hujjatlar yozilgani adib haqida 
ma’lumot ega bo‘lishimizga yordam beradi. Bizgacha yetib kelgan hujjatlar 
ichida eng muhimi va dunyoga tarqalgani,chet davlatlar olimlari tomonidan 
o‘rganilgani, shohlar, sarkardalar, davlat arboblari uchun dasturuamla vazifasini 
o‘tab kelgan noyob manba buyuk bobokalonimiz sohibqiron Amir Temurning
“Temur tuzuklari”dir. U o‘rta asrlarda U o‘rta asrlarda davlatchilikning asosiy 
qonuni sifatida mashhur bo‘lib,unda davlatni idora qilishda kimlarga tayanish, 
toj-u taxt egalarining tutumi va vazifalari, vazir va qo‘shin boshliqlarini saylash, 
askarlarning maoshi, boj va soliq to‘lash tartibi, mamlakatni boshqarish tartibi 
va shu kabi davlatni yuksaltishish va tinchligi ta’minlash borasidagi muhim 
ma’lumotlar berilgan. Yuqora aytib o‘tganimizdek hujjatchilik davlat va jamiyat 
bog‘liqdir. Ular yuksalsa yoki rivojlanish ortda qolsa hujjatchilik o‘zgarib boradi. 
Bizning yurtimiz ruslar mustamlakasi bo‘lgan davrda bu sohada ancha 


53 
«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya» 
nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya 
o‘zgarishlar bo‘ldi. Hujjatlarning tili rus tilida yuritiladigan , afsuski, hozir ham 
davom etmoqda.Ular bizni biz esa ularni hujjatchilik sohasidagi bilimlarini 
o‘rgandik. Misol uchun arxelog va sharqshunos sifatida tanilgan V.LViyatkin 
Samarqand viloyat mahkamasida ishlagan.Viyatkin o‘z tadqiqotlarida tarixiy 
hijjatlarga ,ayniqsa vaqfnomalarga kata etibor qaratgan. U XV-XIX asarlarga 
mansub 151 ta xujjatni jumlagan, 133 ta vaqfnomani o‘rganib chiqqan 
edi.[S.O‘.Abdulg‘aniyevich. Dissertatsiya: Toshkent vaqf hujjatlarida an’analar, 
islohotlar va muammolar (XVI-XV asr boshlariga oid tarixiy hujjatlar asosida)]. 

Yüklə 55,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə