Husnixat va uni o`qitish metodikasi uquv qullama



Yüklə 453,88 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/35
tarix27.12.2023
ölçüsü453,88 Kb.
#164017
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   35
Husnixat va uni o`qitish metodikasi uquv qullama

6.
 
O’qituvchi yozma va bosma “q” harfini bir-biri bilan solishtirib 
ko’rsatadi. O’quvchilarga kichik “q” harfining yozma va bosma 
shakllarining bunday taqqoslab ko’rsatilishining ahamiyati katta 
chunki ko’p o’quvchilar harflarni kitobdagigao’xshab yozishga 
harakat qiladi. Ko’rgazmali quroldan foydalanib o’quvchilarga uni 
yozma va bosma shakllarini, elementlarini ko’rsatib tushuntiriladi. 
q –bosma shakli q-yozma shakli 
7.
 
O’qituvchi kichik “q” harfining birinchi elementini yana qayta 
doskada ko’rsatib beradi. Bu harfni yozishda pastdan yuqoriga 
qiya chiziqcha chizilafi, yuqoridan pastga kichik tayoqcha 
tushuriladi va qo’l harakatini uzmasdan turib yana tagi ilmoqli 
ikkinchi kichik tayoqcha tushiriladi
8.
 
O’quvchilarni o’rnidan turg’azib oldin o’rganilgan batan 
tarbiya mashqlaridan 2-3 tasini bajartiriladi. Bu mashqlar 2-3 
daqiqa davom etishi kerak. Mashq tugagandan so’ng yana yozuv 
mashqlari davom ettiriladi. 
9.
 
O’qituvchi doskada kichik “q” harfining elementlarga ajratmay 
butun shaklda yozib ko’rsatadi. O’quvchilar shu asosda davom 
ettiradilar. 
10.
 
Bolalarga kichik “q” harfining bir necha kichik harflari 
bog’lanishi ko’rsatiladi, so’ng ular o’z daftarlariga yozib mashq 


65
qiladilar. 
11.
 
Mustaqil ish. Sinf o’quvchilari ikki guruhga ajratiladi. Iguruh 
yuqoridagi bo’g’inlar ishtirokida so’zlar aytadilar. Masalan: qish, 
qor, qaychi, qishloq. 
II guruhdagi o’quvchilar esa shu so’zlar ishtirokida gaplar 
tuzadilar. Masalan: oppoq qor yog’di.
Tuzilgan gaplardan ikkitasi doskaga va daftarga yozdiriladi. 
12.
 
Uyga vazifa. Daftarga ikki qator “q” harfini va shu harf bilan
bog’langan so’zlardan yozib kelish. O’qituvchi uy vazifalarini
bajarish vaqtida ham yozuv qoidalariga rioya qilishlari kerakligini 
eslatib o'tadi.
13. Dars jarayonida toza va chiroyli yozgan o’quvchilarni 
daftarlari namuna qilib ko’rsatilib rag’batlantiriladi. 
Husnixat mashg’ulotlarini to’g’ri uyushtirish, chiroyli va to’g’ri 
yozish malakasini hosil qilish, o’quv fanlarini puxta o’zlashtirishga 
yordam beradi. 

Yüklə 453,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə