Husnixat va uni o`qitish metodikasi uquv qullama



Yüklə 453,88 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/35
tarix27.12.2023
ölçüsü453,88 Kb.
#164017
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   35
Husnixat va uni o`qitish metodikasi uquv qullama

1. Onglilik tamoyili. Chiroyli yozuvga o’rgatishda, o’quvchilarning 
husnixat malakalarini takomillashtirib borishda bu tamoyilga qat’iy rioya qilish 
muhimdir. Bu tamoyilga ko’ra o’quvchi harf shaklini qanday va qay tartibda 
yozishni bilishi, harfning qiyaligi, bo’yi va enini to’g’ri mo’ljallay olish lozim. 
harflarni harflarga ulashda qol uzmaslikka erishish nazarda tutiladi. Ruchka 
ushlashda ruchka uchi bilan barmoq oraligldagi masofa 1,5-2 sm bo’lishi e’tiborda 
tutiladi. Shuningdek, partada o’tirish qoidalariga (ko’z va daftar oralig’ining 30 
sm, daftarning parta ustida ma’lum qiyalikda bolishiga, partada engashmasdan, 
boshni to’g’ri tutib, tirsaklarni partaga engil qo’yish, oyoqlarni parta ostiga to’g’ri 
qo’yish, kcfkrak bilan parta oralig’i masofasining bir kaft sig’adigan masofada 
bolishi) amal qilishga ongli ravishda erishiladi. 
2. Genetik tamoyil. Chiroyli yozuv malakalarining shakllanishida genetik 
tamoyil katta o’rin tutadi. O’quvchi bu tamoyilga asosan awal shakli osn, sodda 
harflarni yozdirishga o’rgatiladi. Ma’lumki, ba’zi bir harflar sodda ko’rinishga ega 
bo’lib, ularni yozishda qiyinchilik tug’ilmaydi. Shuning uchurf chiroyli yozuvga 
o’rgatishda, dastawal bosh va kichik harflar guruhlab olinadi, hamda shu guruhlash 
asosida shakli oson harflardan asta-sekin shakli murakkab, yozish birmuncha 
murakkabroq harflarga o’tiladi. Masalan, kichik harflarning 1-guruhiga i, n, m, r 
kabilar kiradi. Bu harflar ilmoq shakllaridan iborat bo’lganligi sababli yozishda 
qiyinchilik bo’lmaydi. Shuningdek, genetik tamoyil asosida harf, bo’gln, so’z, gap, 
matn tartibida osondan murakkabga qarab yozuv mashqlari o’tkaziladi. 
3. Takrorlash tamoyili. Chiroyli yozuv mashqlarini esdan chiqmaslik uchun 
sistemali ravishda takrorlash juda muhimdir. Takrorlash tamoyili yozish jarayonini 


49
avtomatlashtirish asosidir. Chiroyli yozuvda gigienik qoidalarga amal qilish eslatib 
turilishi yaxshi natija beradi. Yozuv qiyaligiga amal qilish, harflarni qo’1 uzmay 
yozish, harflar, so’zlar orasidagi masofani to’g’ri chamalash va yozishga oid 
qoidalarga amal qilishni takrorlash, yozuvni tahlil qilish, ularni taqqoslash kabi 
ishlar takrorlash tamoyili asosida olib boriladi. 
Xatolarni tuzatish tarzida olib borilishi, uning samarasiz mashqqa aylanib 
qolmasligiga amal qilinadi. 

Yüklə 453,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə