Husnixatga o‘rgatish tamoyillari


Savodli yozuvning grafik bilimlar bilan bog‘liqligi tamoyili



Yüklə 21,33 Kb.
səhifə3/6
tarix16.06.2023
ölçüsü21,33 Kb.
#117523
1   2   3   4   5   6
Husnixatga o‘rgatish tomoyillari

7. Savodli yozuvning grafik bilimlar bilan bog‘liqligi tamoyili. Chiroyli yozuv imlo bilan chambarchas bog‘liq. O‘quv-chining imloviy savodxonligi haqida g‘amxo‘rlik qilish tilning aniqligi, fikrni to‘g‘ri ifodalash, kishilar bilan o‘zaro xatosiz muomala uchun g‘amxo‘rlik demakdir. Shu sababli ham savod o‘rgatish davrida bolalarda grafik malakalarni shakllantirish bilan birga imloga oid malakalarning shakllanishiga zamin yaratiladi.
Ma’lumki, savod o‘rgatish davrida o‘quvchi gapni bosh harf bilan yozish, so‘zning satrga sig‘may qolgan qismini keyingi qatorga ko‘chirish, kishilar ismi, sharifi, hayvonlarga qo‘yilgan nomlarda bosh harf ishlatilishini amaliy tarzda o‘rganadi.
Husnixatga o‘rgatishning metod va usullari.Husnixatga o‘rgatish fani ham boshqa fanlar qatori o‘zining tarixiy manbalariga ega bo‘lgani holda o‘sib, rivojlanib bormoqda. Quyida biz boshlan-g‘ich sinf o‘qituvchilari bilishi zarur bo‘lgan eng asosiy yozuv usullari haqida fikr yuitamiz. Bu metod va usullar quyidagilardir: Chiziqli uslub, genetik uslub, namunaga qarab yozuv usuli, namunaga qarab ko‘chirib yozuv usuli, nusha ko‘chirish usuli, tasavvur orqali yozuv usuli, ritmik usul (sanoq-ohang), har shakllarni tahlil qilish usuli, yozuv malakasini ongli o‘zlashtirish usuli, qo‘l harakatini mashq qildirish usuli.
Chiziqli usul. Qaysidir harfni yozilishini o‘rganish uchun o‘quvchi bu harf qanday belgilarga ega ekanligini, harfdagi alohida unsurlarning joylashish o‘rnini, uning kattaligini va hokazolarno o‘rganib olishi kerak. o‘quvchiga harfning yozilishini to‘g‘ri o‘rgatish uchun uning qatordagi o‘rnini to‘g‘ri joylashtirish va qatorni qog‘oz varag‘ida joylashish o‘rnini bilish uchun qog‘ozda gorizantal, yotiq chiziqlar chiziladi, shunda daftarning betide o‘ziga hos setka paydo bo‘ladi.
Genetik usul. Genetik usul to‘g‘ri yozishga o‘rgatishning asosiy usuli hisoblanadi. Boshlang‘ch maktabning dasturida ko‘rsa-tilishicha alifbeni o‘rganish vaqtida bolalar alifbeda harflar qanday joylashgan bo‘lsa shu tartibda yozilishida oson yoki qiyinligidan qatiy nazar ketma-ket o‘rganiladi.

Yüklə 21,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə