Husnixatga o‘rgatish tamoyillari



Yüklə 21,33 Kb.
səhifə2/6
tarix16.06.2023
ölçüsü21,33 Kb.
#117523
1   2   3   4   5   6
Husnixatga o‘rgatish tomoyillari

3. Takrorlash tamoyili. Chiroyli yozuv mashqlarini esdan chiqmaslik uchun sistemali ravishda takrorlash juda muhimdir. Takrorlash tamoyili yozish jarayonini avtomatlashtirish asosidir. Chiroyli yozuvda gigienik qoidalarga amal qilish eslatib turilishi yaxshi natija beradi. Yozuv qiyaligiga amal qilish, harflarni qo‘l uzmay yozish, harflar, so‘zlar orasidagi masofani to‘g‘ri chamalash va yozishga oid qoidalarga amal qilishni takrorlash, yozuvni tahlil qilish, ularni taqqoslash kabi ishlar takrorlash tamoyili asosida olib boriladi.
4. Ko‘rgazmalilik tamoyili. Chiroyli yozuvga o‘rgatishda ko‘rgazmali vositalar ham katta ahamiyat kasb etadi. Ko‘rgazmali vositalarga «To‘g‘ri o‘tir!» plakati, bosma harf shakllari ifoda-langan kartonlar, xattaxta, o‘quvchilar qo‘lidan ushlab yozdirish kabilar kiradi. Harfning yozma shaklini hosil qilishga o‘rgatishda uning bosma shakli ko‘rsatilib farqli jihatlari izohlanadi.
5. Bolaning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olish tamoyili. O‘quvchining individual xususiyatlarini hisobga olish uning bo‘yini hisobga olgan holda oldingi partalarga o‘tka-zishdan boshlanadi. Parta o‘quvchiga mos bo‘lsa, u yozishda qiynalmaydi, tez charchab qolmaydi, chiroyli yozadi.
O‘quvchining individual xususiyatini hisobga olganda. Ko‘rish qobiliyati yaxshi bo‘lmagan o‘quvchilarni yorug‘ tushadi-gan deraza tmonga, eshitish a’zolarida nuqsonlar bo‘lgan bolani esa oldingi partalarga o‘tkazish ham nazarda tutiladi.
6. Yozuvga o‘rgatishning o‘qishga o‘rgatish bilan bir paytda amalga oshirish tamoyili. Dastur talablari yozuvga o‘rgatishni o‘qishga o‘rgatish bilan bir paytda amalga oshirishni nazarda tutadi. Savod o‘rgatishning dastlabki bosqichida o‘qish va yozuv bog‘lab olib boriladi. Bu usul K.D.Ushinskiy tomondan qo‘llangan bo‘lib, hozirga davr foydalanib kelinmoqda. O‘quvchi yaxshi o‘qish sifatlari (to‘g‘ri, ongli, tez va ifodali o‘qish)ni egallash bilan bir paytda yozuvga ham o‘rgatilib boriladi. Negaki yozish va o‘qish bolaning nutqiy rivojlanishi (lug‘at boyligi, gap tuzish ko‘nikmasi, nutqning mantiqiy bog‘lanishi)ni ta’minlaydi. Yomon o‘qigan bola yozuvni egallashi qiyin bo‘ladi, chunki bo‘g‘inlab o‘qish malakasidan so‘ng, bo‘g‘inlab yozish malakasi shakllanadi.

Yüklə 21,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə