I – bob. Antik davr O’rta Osiyo tarixi bo’yicha moddiy va yozma manbalarning o’rganilishi


Antik davr tarixining arxeologik jihatdan o’rganilishi



Yüklə 112,36 Kb.
səhifə3/6
tarix23.12.2023
ölçüsü112,36 Kb.
#157268
1   2   3   4   5   6
2 5420521080018187433

1.2 Antik davr tarixining arxeologik jihatdan o’rganilishi
Ahamoniylar imperiyasi 200 yilcha hukmronlik qilgan. Mil.avv.IV asrda jahon sahnasida yunon–makedonlarning gegemonligi ko’rina boshlaydi. Mil.avv.VII–IV asrlarda yuksak madaniyat yaratgan yunonlar, mil.avv. IV asrda Makedoniyalik Aleksandr tomonidan bo’ysundiriladi va u boshqa xalqlarni, shu jumladan, ahamoniylar imperiyasini ham o’ziga bo’ysundirib, ikkinchi jahon imperiyasini tashkil etadi. Shu tariqa Aleksandr Makedonskiy tobe qilgan xalqlarga yunon madaniyati kirib kela boshlaydi. Qadimgi davrda O’zbekiston hududida ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy jihatdan katta o’zgarishlar sodir bo’ldi. O’zbekiston tarixining qadimgi davri mil.avv. VI asrdan - mil. IV gacha davom qilgan. Bu davrda O’zbekistonning moddiy madaniyati rivojiga ahamoniylar, yunon-makedonlar, kushonlar madaniyati sezilarli ta’sir ko’rsatgan1. O’zbekistonda antik davr miloddan oldingi IV asrdan mil. IV asrgacha davom qilgan. Mil.avv. 330–327 -yillarda Makedoniyalik Iskandarning O’rta Osiyoga qilgan harbiy yurishlari natijasida Parfiya, Marg’iyona, Baqtriya va Sug’diyona davlatlari vayronaga aylandi. Natijada uzoq vaqtgacha bu yerlarda madaniy taraqqiyot sezilmadi. Faqatgina mil.avv. III asrda salavkiylar hukmronligi davrida biroz o’zgarishlar yuz berdi. Ular yunonlar madaniyatini O’rta Osiyoga yoyishga intilib, shu sohada bir qator islohatlarni o’tkazdilar. Mil.avv. III asr o’rtalarida Yunon-Baqtriya davlatining qaror topishi bilan mahalliy madaniyatga ellinizm elementlarning kirib kelishi jadallashdi. Lekin O’rta Osiyoda ellinizm madaniyati tom ma’noda shakllanmadi. Uning ba’zi xususiyatlarigina kirib keldi. Bu moddiy madaniyatda kuzatildi. Kvadrat g’ishtlarni taxlash va mudofaa devorlarining qurilish uslublarida, nayza o’qining uchiga o’xshagan nishaklarning, kolonnali zallarning qurilishida, ayol terrakota haykalchalarining va ochiq shakldagi sopol idishlarning keng tarqalishida yaqqol ko’zga tashlandi. O’sha davr madaniy yuksalishlarida Baqtriyada Dalvarzintepa, Eski Termiz, Jondavlattepa; Sug’da Afrosiyob, Yerqo’rg’on, Poykent; Xorazmda Yonboshqal’a, Ayozqal’a, Bozorqal’a, Tuproqqal’a, Qo’yqirilganqal’a; Chochda Qanqa, Shoshtepa, Qovunchitepa; Farg’onada Axsikent, Koson, Marhamat kabi yodgorliklar, yuzlab qishloqlar shakllandi. Shoshtepa Toshkent shahrining janubiy qismida, Jo’n kanali qirg’og’ida joylashgan. Bugungi kunda bu hudud Sergeli tumanining Shoshtepa mahallasiga qarashlidir. Yodgorlik dastlab qishloq tarzida shakllanib, mil.avv. II asrga kelib shahar qiyofasini ola boshlagan2. Qang’ davlatining uzoq chegarasida joylashgan bo’lib, uning shimoliy chegarasidagi strategik istehkom, hunarmandchilik markazi, ko’chmanchi chorvador aholi bilan o’troq dehqonlar o’rtasida olib boriladigan o’zaro savdo aloqalari rivojida asosiy vazifani o’tagan. Saqlanib qolgan qismining umumiy maydoni 300-250m. Ilgari u 25 ga maydonni egallagan. Shoshtepa yodgorligida dastlab 1896 yilda N.P.Ostroumov boshchiligida Turkiston havaskor arxeologlari qazish ishlarini olib boradilar. Toshkent arxeologik ekspeditsiyasi 1978-1979-yillarda qazish ishlarini olib boradi. Shoshtepada o’tkazilgan tadqiqot ishlari natijasida, uning quyidagi bosqichlarini aniqladi: Shoshtepada yo’lakli aylanma devor qoldiqlari topilgan. Markaziy bino xochsimon shaklda qurilgan va unga kirish joyida ravoqli peshtoq aniqlangan. Yodgorlik zamonasining nodir me’moriy obidalaridan biri hisoblanadi. Tadqiqotchilar fikricha, mil.avv. II-I asrlarda shaharning rivojlangan davri bo’lgan. Shoshtepadagi tadqiqotlar chog’ida tashqi savdo aloqalaridan guvohlik beruvchi ikkita nodir buyum topilgan. Ulardan biri fil suyagidan yasalgan qadahning bir bo’lagi bo’lib, uning hajmi 5-3,5 sm bo’lgan. Unda erkak kishining siymosi qabartma qilib tasvirlangan. Ikkinchi bebaho topilma stil-suyak qalam bo’lib, milodning I-II asrlariga mansubdir. Suyak qalam 15 sm uzunlikda bo’lib, bir tomoni yozish uchun uchli qilib, ikkinchi tomoni esa o’chirg’ich uchun romb shaklidagi kurakcha shaklida ishlangan. Shoshtepadan topilgan topilmalar orasida eng diqqatga sazovorlaridan biri nuroniy mo’ysafidning surati tushirilgan terrakota bo’lib, unda o’sha zamonlarda Choch yoki Shoshda yashagan qadimgi aholining etnik qiyofasi mujassamlashgan1.
Qovunchi madaniyati Burg’uluk madaniyati asosida Toshkent vohasiga kirib kelgan sarmatlar, xunnlar va boshqa ko’chmanchi xalqlarning etnik madaniyati asosida rivojlangan. Toshkent vohasi Qovunchi madaniyati rivojlanishining markazi bo’lgan. Bu madaniyat Toshkent vohasi, Sirdaryoning o’rta oqimi, Farg’onaning shimoli-g’arbiy qismlariga tarqalgan. Mil.avv. II asr-mil. VI asrlarga oiddir. Shoshtepani o’rganish jarayonida Qovunchi madaniyatining rivojlanish bosqichlari aniqlangan: Qovunchi I-mil avv. II-I asrlar; Qovunchi II ning ikki bosqichi aniqlangan: 1–bosqich milodiy II-III asrlar, 2-bosqich milodiy IV-VI asrlar hisoblanadi. Qovunchi madaniyati izlari dastlab Qovunchitepa yodgorligidan topilgani uchun shunday nom berilgan. Qovunchi I madaniyatidan ko’zacha, tovoq, qizg’ish va qo’ng’ir rang berilgan sopol idishlar topilgan. Qovunchi II ga oid yodgorliklardan quloqli xurmachalar, dastasi hayvon shaklida ishlangan turli idishlar topilgan. Umuman Qovunchi madaniyatida o’ziga xos idish qopqoqlari, ko’ralar, ikki boshli qo’chqor yoki shoxli ho’kiz boshi shaklidagi idishlar bo’lgan. Bu idishga tutatqi solingan va qurbonlik qilinadigan idish sifatida foydalanishgan. Qovunchi madaniyati aholisi dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilik bilan shug’ullangan. Ular dehqonchilik ma’budalariga, olov va ajdodlar ruhiga sig’inishgan. Mil. VI asrga kelib, o’ziga xos xususiyatlarini yo’qotib, mahalliy aholi bilan aralashib ketgan. Qadimgi Farg’onaning poytaxt shahri yozma manbalarda Guyshuan, Ershi deb yozib qoldirilgan. Lekin uning qayerda joylashganligi masalasi munozarali bo’lgan.
Bugungi kunda To’raqo’rg’on va Jomashuy orqali o’tgan Namangan – Farg’ona yo’lining bo’yida Eski Axsi (Axsikent) Farg’onaning poytaxti ekanligi aniqlangan. Axsikentning eng pastki madaniy qatlami mil.avv. III –II asrlarga oid. Qal’a paxsa va xom g’ishtdan qurilgan mustahkam mudofaa devoriga ega bo’lgan. Devor balandligi 20 metrga yaqin bo’lib, qalinligi 10 metr bo’lgan, 5 ta darvozasi bo’lib, uning atrofi chuqur xandaqlar bilan o’ralgan. Shahriston 35 ga maydonni egallagan. Hozirda uning 25 ga xududi saqlanib qolgan. Shahriston ikki qism- ichki va tashqi qismdan iborat bo’lgan. Ichki shahristondan 2 ta minora, tashqi shahriston devoridan 20 ga yaqin minora qoldiqlari topilgan. Milodning V-VII asrlarida shaharda aholi uylar 5-6 xonali qilib qurilgan. Xona devorlari suvalgan va turli ranglar berilgan. Har xonadonda alohida yotoqxona, omborxona, oshxona, toza suv qudug’i bo’lgan. Yotoqxonalarda devor bo’ylab keng supa, yerda esa sandalga o’xshagan isitish o’chog’i bo’lgan. Mil.avv.IV asrdan qadimgi Xorazmda markazlashgan davlat tizimining mustahkamlanishi jamiyatning ijtimoiy–iqtisodiy va madaniy rivojlanishiga imkon bergan. Shahar qurilishi, me’morchilik va hunarmandchilik sohalari yuksak darajada rivojlangan. Abu Rayhon Beruniy ma’lumotiga ko’ra, bu davrda 300 dan ziyod shaharlar qurilgan. Ularning harobalari bugungi kungacha saqlanib qolgan. O’zining qurilish uslubi jihatidan Qo’yqirilganqal’a (mil.avv. IV–III asrlar) alohida ajralib turadi. Qal’a aylana shaklda qurilgan. Uning markaziy qismida ark joylashgan. Arkning atrofi 2 qator mudofaa devori bilan himoyalangan. Tashqi mudofaa devorda har 18–26 metrdan burjlar joylashgan. Bu devor xom g’isht va paxsadan qurilgan bo’lib, qalinligi 1 metr, balandligi 7 metr bo’lgan. Bu qal’a ibodatxona vazifasini o’tashi bilan birga rasadxona sifatida ham foydalanilgan. Bu yerdan oromiy xatiga asoslangan qadimgi Xorazm yozuvi topilgan. Yozuv qisqagina bo’lib, u xumning tepa qismiga “aspabarak”, ya’ni “otda ketayotgan”, yoki “ot minib turgan” ma’noni anglatadi. Tuproqqal’a ham o’ziga xos qurilish uslubiga ega. U to’g’ri to’rtburchak shaklida qurilgan bo’lib, qudratli mudofaa devoriga ega. Devor burchaklarida burjlar bor. U 17,5 gektar maydonni (500 x 350) egallaydi. Mazkur yodgorlik XX asrning 40 – 50 yillarda S.P.Tolstov boshchiligidagi Xorazm arxeologik ekspeditsiyasi tomonidan o’rganilgan. Shahar markazidan katta ko’cha o’tgan bo’lib u shaharni ikki qismga bo’lib turibdi. Markaziy maydonda qasr va ibodatxonalar joylashgan. Ushbu yodgorlikdagi devorlar rasm va haykaltaroshlik namunalari bilan bezatilgan. 138 ta haykallar, saroy a’yonlari, jangchilar, ohular, sozanda ayollar tasvirlangan rasmlar topilgan. 1948-1949-yillarda teri va yog’ochga yozilgan 140 ta hujjat chiqib, ulardan 26 tasi yaxshi saqlangan. Xorazm hududidan 60 ga yaqin Kushon tangalari topilib, ular Kadfiz II, Kanishka, Xuvishka, Vasudevalar davrida zarb qilingan. Qadimgi davrda Xorazm haykaltaroshlik maktabida mintaqa aholisining tipi aniq mahorat bilan aks ettirilgan. Haykallarda mahalliy aholining kiyim –kechagi va turmush tarzi ham aniq ifoda etilgan. Haykallari asosan Qo’yqirilganqal’a, Oq qal’a, Tuproqqal’aladan topilgan. Tuproqqal’aning deyarli barcha zallari haykallar bilan bezatilgan. Masalan, saroyning “podsholar zali” deb nomlangan zalining devorlari uzun yaxtak, sharovar kiygan erkaklar va burmali ko’ylakdagi ayollarning haykallari bilan bezatilgan. “Harbiylar zali”ning markazida yirik haykal va uning ikki tomonida o’ziga xos bosh kiyimdagi qurolli harbiylar haykallari o’rnatilgan. Boshqa bir zalda chordana qilib o’tirgan podshohni parvozdagi xudolar tomonidan g’alaba bilan tabriklash lahzalari tasvirlangan. Saroyning yana bir zali mayxo’rlik bazmi va unda raqsga tushayotgan raqqosa va masxarabozlarning bo’rttirib ishlangan haykallari bilan bezatilgan. “Ohular zali”da esa, ohular ketidan yeldek uchib borayotgan otliq ovchilarning tasvirlari devorga bo’rttirib ishlangan. Ilgarigi adabiyotlarda Tuproqqa’a Qadimgi Xorazmning poytaxti sifatida e’tirof qilib kelinar edi, lekin keyingi davrlarda olib borilgan tadqiqotlar tufayli uning mamlakatning diniy marosimlari o’tkaziladigan sulolaviy markazi ekanligi o’z isbotini topdi1. Qadimgi Xorazm poytaxtining izlari esa, Oqshaxonqal’adan topildi. Oqshaxonqal’a Qoraqalpog’istonning Beruniy tumani hududida, Sultonvays tog’ tizmalaridan 15 km janubda joylashgan. Dastlab 1956-yilda B.V.Andrianov tomonidan o’rganilgan. 1982-85-yillarda olib borilgan arxeologik izlanishlar natijasida qal’aning asosiy hududi, qurilgan davri aniqlandi. Bu yodgorlik qadimgi Xorazm davlatining birinchi poytaxti bo’lishi mumkinligi haqida ilk taxminlar ilgari surildi. O’zFA akademiyasi Qoraqalpog’iston bo’limi Tarix, Arxeologiya va Etnografiya instituti va Avstraliyaning Sidney Universiteti o’rtasida 1994-yilda o’zaro shartnoma tuzildi. Unga binoan 1995- yildan «Qoraqalpogiston-Avstraliya» xalqaro arxeologik ekspeditsiyasi u yerda o’z ishini boshladi va ularning faoliyati bugungi kungacha davom etib kelmoqda. Oqshaxonqal’aning umumiy maydoni 47ga tashkil etib, ichki va tashqi qal’adan iborat to’g’ri to’rtburchak shakliga ega. Ichki qal’a va tashqi qal’a har biri alohida devorlar bilan o’ralgan bo’lib, ular orasida darvozalar bor. Tashqi qal’a ikki qator devorlar bilan o’ralgan bo’lib, ular orasidan o’qchilar yo’lagi mavjud. Tashqi devorlariga yaqin to’pxonalar o’rnatilgan. Qal’a handaq bilan ham himoyalangan. Ichki qal’a himoyasiga tashqi qal’adan ham ko’proq e’tibor berilgan. Uning har tarafida 10,12 ta to’pxona bor. Shuningdek, mudofaa devorlari uch qavat qilib qurilgan. Qal’aning devori shinaklari va qo’shimcha devor bilan o’ralgan. Ichki qal’aning markazida saroy-ibodatxona joylashgan2. U juda baland fundament ustiga qurilgan bo’lib, unga pandus orqali chiqilgan. Bu bino otashkada bo’lib, u juda olisdan ham ko’rinib turgan. Tepada otashkada joylashgan. Unda quyosh xudosiga bag’ishlangan mangu olov turgan. Bu binoning, ya’ni otashkadaning bo’lishi otashparastlikning davlat dini bo’lganligini tasdiqlaydi. Bu inshootni markaziy ibodatxona bo’lgan deb hisoblashadi. Ibodatxona atrofida ikki qator yo’laklar bor. 2005-2008 yillardagi arxeologik tadqiqotlar natijasida, bu yo’laklardan hayvonlar, odamlarning portretlari topilgan. Tadqiqotchilar fikricha, bu portretlar xorazmshohlarga tegishli.
Yonboshqal’a me’moriy yodgorligi Qoraqalpog’iston Respublikasining To’rtko’l tumani hududida joylashgan. Yodgorlik to’g’ri to’rtburchak shaklida qurilgan bo’lib, uning maydoni 4 gektarga yaqin. Qal’a ikki qatorli devor bilan o’rab olingan. Balandligi 10 m, qalinligi 5m, ular o’rtasidagi yo’lakning kengligi 2,5 m. Qal’ada bitta darvoza bo’lgan. Uning old tomonida to’g’ri to’rtburchakli bir necha aylanali murakkab inshoot qurilgan. Darvoza oldida bir necha aylanma yo’lakdan iborat qilib qurilishi dushmanga qal’a ichkarisiga to’g’ri kirib borishiga imkon bermagan. Aylanma yo’lakka kirgan dushman devor ustida turgan o’qchilar zarbasiga duch kelgan. Bunday darvoza oldi murakkab mudofaa inshooti qadimgi Xorazm shaharlarining barchasi qurilgan. Shahar ikkita mahallaga bo’lingan joylashgan. S.P.Tolstov fikricha, qal’ada mingga yaqin aholi iste’qomat qilgan. Qal’a devorlarida burjlar yo’q, lekin mudofaa uchun ko’p sonli. Shahar markazida ibodatxona shinaklar qo’yilgan. Shinaklarning qal’ani mudofaa qilishda va dushmanga zarba berishda ahamiyati katta bo’lgan. Yonboshqa’ada shinaklar nayzaga o’xshash uchli bo’lib, ikki qator qilib qurilgan. Bu qal’a Xorazm davlatining sharqiy tomonidagi harbiy chegara shaharlardan biri bo’lgan. Mil.avv. II asrning ikkinchi yarmida O’rta Osiyoning shimoli–sharqidan ko’chmanchi yuechji (tohar) qabilalarining kirib kelishi va bu joylardan o’rnashishi natijasida yangi madaniy o’zgarishlar boshlandi. Ular tashkil qilgan ulkan Kushonlar davlati Baqtriya hududidan to Ganga daryolari hududigacha yetib borgan. Qadimgi Farg’ona hududida Dovon davlati, Xorazm va Sug’d hududlari Qang’ davlati tarkibida bo’lgan. Qang’ davlatiga saklar asos solgan. Mil.av ІІ-mil. І asrlarda Qang’ davlati yanada rivojlandi va Xorazm yerlari ham shu davlat tarkibiga kirgan. Qang’ davlati tashkil topganda uning markazi Choch bo’lib, bu yerda poytaxt shahar Qanqa (Kangdiz) joylashgan edi. Kadimgi Choch hududida antik davrga mansub 97 ta yodgorlik topilgan bo’lib, shulardan 23 tasishahar harobasidir. Qanqa Toshkent viloyatining Oqqo’rg’on tumani hududida Ohangaron daryosi hududida joylashgan1.
Xolchayon haykallari saroy devorining uch tomonini egallagan. Unda a’yonlar va kurash sahnasi, teatrlashgan mavzu, ya’ni og’ir gulchambarlarni ko’tarib turgan bolalar haykallari, aktyor byustlari, muzika asboblarini tutgan ayol haykallari va boshqalar. Kompozitsiya markazida podsholik xomiysi –– Afina, Gerakl, Nika (Yunon xudolari)ning siymolari tasvirlangan. Ayritom Termizdan 18 km sharqda Amudaryo sohilida joylashgan. 1932-yilda bu yerda topilgan tosh rasmlarni M.E.Masson o’rgangan. 1933-yilda maxsus ekspeditsiya uyushtirildi. Ayritom - ibodatxona harobasi bo’lib, bu yerda asosan oxaktoshdan yasalgan haykallar topildi. Haykallarda soz chalayotgan ayollar tasvirlangan, budda diniga oid haykallar ham topilgan. Shu daraxt soyasi ostida Budda o’zining g’oyalarini ishlab chiqqan. Yer ostiga qurilgan inshoot bilan yer ustiga qurilgan inshoot bir biri bilan bog’liq bo’lgan. Ular zinalar orqali birlashtirilgan. Qoratepa ibodatxonasining devorlariga diniy mazmundagi rasmlar va ibodatxonani qurilishda homiylik qilgan insonlarning rasmlari solingan. Rasmlar katta mahorat bilan chizilgan va o’sha zamonning diniy mafkurasini o’zida aks ettiradi. Keyingi yillarda olib borilgan tadqiqotlar natijasida Qoratepaning shimoliy qismidan mahobatli stupa topildi. Uning faqatgina tagkursisi saqlanib qolgan. 1968-yili yuqoridagi ibodatxonadan 2-3 km shimoli-sharqda Fayoztepa ibodatxonasi topilgan, hozirda u to’la o’rganib chiqilgan. Fayoztepa vihara tipidagi ibodatxona ekanligi isbotlangan. U uch qismdan iborat bo’lib, har birida hovli bo’lgan, ularning atrofida uylar joylashgan. Ibodatxonaning markaziy qismida diniy marosimlar o’tkazilgan. Ikkinchisi qismi monastir, uchinchisi esa xo’jalik ishlariga mo’ljallangan inshootlar bo’lgan.
Markaziy qismda yaxshi saqlangan stupa topilgan. Markaziy qismning ayvonidan loy va ganchdan yasalgan Budda, uning safdoshlaribadisatvalarning haykallari topilgan. Ular qizil rang va tilla suvi bilan bezatilgan. Devorlarga diniy marosim rasmlari tasvirlangan bo’lib, ularda hayotiylik izlari ko’rinadi. Oq marmar va alebastrdan ishlangan haykallar ham topilgan. 1972-yilda bu yerdan oq marmartoshdan yasalgan muqaddas Badxi daraxti tagida o’tirgan Budda va tik turgan ikki ruxoniy haykali topilgan. Qoratepa va Fayoztepa rasmlari Hindistondagi ibodatxonalar qurilishi va uning rasmlaridan farq qiladi, lekin Sharqiy Turkiston va Uzoq Sharqdagi ibodatxona va rasmlarga yaqin. Shuning uchun ham buddizm O’rta Osiyodan mazkur hududlarga tarqalgan degan xulosaga kelingan. Lekin, Xitoy va Olmon olimlari Budda dini Sharqqa O’rta Osiyo orqali kirib bormagan, degan fikrdalar. 1971-yilda Surxondaryo viloyati Sho’rchi tumanida Dalvarzintepa yodgorligi ochildi. U ma’muriy bino qoldiqlari, kulollar yashaydigan xonalar tadqiq etildi.
Dalvarzintepadan ikki yarusli xumdonlar ham topilgan. Topilgan ashyolar kulolchilik yuksak darajada bo’lganligini ko’rsatadi. 1972-yilda Dalvarzintepadan 115 ta oltin buyumlardan tashkil topgan xazina topilgan. Mil. II-III asrlarga oid mazkur xazinadan sirg’a, bilakuzuk, kamarband, uzuk, oltin shodasi, sopol idishlar, haykalchalar, taqinchoqlar, tangalar, shaxmat donalari topilgan. Dalvarzintepa atrofida ibodatxonalar bo’lib, ularning harobalaridan buddizmga oid turli haykallar topilgan. Dalvarzintepadan ancha uzoq bo’lmagan joyda Kushon davriga oid qabriston ochildi. Unda odam suyaklari, sopol idishlar, taqinchoqlar, tangalar olindi. Uning eng pastki qatlamida murdalar xumga ko’milgan. Tozalangan suyaklarning borligi uni zardushtiylarga xos ekanligini bildiradi. Bunga o’xshash qabristonlar Tojikistondagi Tulhar, Ko’kqum, Oriqtov, Turkmanistondagi Babashov qabristonlaridir. Tulhar qabristonidagi 350 go’rdan 219 tasi o’rganilgan. Bu yerdagi go’rlar laxad va yorma shaklida. O’liklarni yasatib, boshlarini shimolga qaratib ko’mganlar. Qabrlarga sopol idish, taqinchoq, qurollar ham ko’yilgan. 1972-yilda Angor tumanidan 16 gektarni egallagan Zartepa shahar harobasi topildi. Uylarning devorlari paxsadan qilingan. Aholi yashash xonalarinng maydoni 4- 15 m 2 ni tashkil qiladi. Bu yerdan ibodatxona, Buddaning oltin suvi yuritilgan boshi va gavdasi topilgan. Buddistlarning saqlanib qolgan stupasidan bitta oltin plastinka ko’zacha va yunon tangalariga taqlid qilib ishlangan Vasudeva I tangalari (ular 500 dan ortiq tanga) topildi. Shuningdek, Zartepaning 100 metrli mudofaa devori ham o’rganildi. Topilgan ashyolar Zartepaning mil.av I asrga mansub ekanligini ko’rsatadi. Qadimda mazkur shaharning 4 ta darvozasi bo’lgan. Mudofaa devorlarining 9 metr, IV-V asrlarda esa 2 metr bo’lgan. O’zbekistonning qadimgi davrida amaliy san’at ham yuksak darajada rivojlanadi. Xususiy muhr, tamg’alar, mahalliy hokimlik nishoni gemma va tangalar zarb qilina boshlandi1. Diniy va dunyoviy harakterga ega bo’lgan har xil terrokota haykalchalari ham ishlab chiqila boshlandi. Terrakota haykalchalarda ayollar aks ettirilgan bo’lib, ular ikki xil tuzilishda bo’lgan. 1)Tik turgan holda, o’ng qo’li ko’krak ostida, chap qo’li qorni ustida qo’yilgan. 2) Tik turgan holda bo’lib, qo’llarida oyna ushlab turgan holda tasvirlangan. Terrakota haykalchalarda maxalliy etnik tiplar va mahalliy ust- boshlarda tasvirlangan. Mil.avv. II asrlardan boshlab, otliq chavondozlar tasvirlangan terrakota haykalchalar keng tarqalgan. Bular yuejilar faoliyati bilan bog’liq edi. Bu davrda mulkiy tabaqalanish protsessi ham jadal sur’atlar bilan kechdi. Natijada ilgari markazlashgan shahar hokimiyati nufuzi pasayib, dehqonzodalar ta’siri oshib bordi.



Yüklə 112,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə