|
![](/i/favi32.png) I. A. Axmedov, N. S. Saidxo‘jaevaAholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishVZpVsom5JzG8odbWYYVdp13OxkbQjobTxcRN1JEGAholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish
—
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish choralari, usullari,
vositalari tizimi, sa’y-harakatlari majmui;
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish
— oldindan o‘tkazilib, favqulodda
vaziyatlar ro‘y berishi xavfini imkon qadar kamaytirishga, bunday vaziyatlar ro‘y
bergan taqdirda esa, odamlar sog‘lig‘ini saqlash, atrof tabiiy muhitga yetkaziladigan
zarar va moddiy talafotlar miqdorini kamaytirishga qaratilgan tadbirlar kompleksi;
Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish
— favqulodda vaziyatlar ro‘y
berganda o‘tkazilib, odamlar hayoti va sog‘lig‘ini saqlash, atrof tabiiy muhitga
yetkaziladigan zarar va moddiy talafotlar miqdorini kamaytirishga, shuningdek
favqulodda vaziyatlar ro‘y bergan zonalarni halqaga olib, xavfli omillar ta’sirini
tugatishga qaratilgan avariya-qutqaruv ishlari va kechiktirib bo‘lmaydigan boshqa
ishlar kompleksi.
Fuqaro muhofazasi
— harbiy harakatlar olib borish paytida yoki shu harakatlar
oqibatida yuzaga keladigan xavflardan O‘zbekiston Respublikasi aholisini,
hududlarini, moddiy va madaniy boyliklarini muhofaza qilish maqsadida
o‘tkaziladigan tadbirlarning davlat tizimi.
Fuqaro muhofazasi xizmati
— fuqaro muhofazasi maxsus tadbirlarini bajarish,
fuqaro muhofazasi tuzilmalarining harakatlarini ta’minlash uchun kuchlar va
vositalarni tayyorlash maqsadida tuzilgan funksional bo‘linmalar majmui.
Fuqaro muhofazasi kuchlari
— qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan
ishlarni amalga oshirish uchun tuziladigan fuqaro muhofazasi harbiy qismlari,
umumiy va maxsus hududiy, funksional va obyekt tuzilmalari.
Yadroviy materiallar
— tarkibida yadro moddalari mavjud bo‘lgan yoki
bo‘linadigan (parchalanadigan) yadro moddalari ishlab chiqarishga qodir bo‘lgan,
shuningdek tarkibida yadro materiallari bo‘lmagan yoki yadro materiallari ishlab
chiqarishga qodir bo‘lmagan, biroq yadro ichidagi energiyasi portlab ajralib
chiqilishiga (yadro portlashi) mo‘ljallangan qurilmalarda foydalanilishi mumkin
bo‘lgan materiallar.
Dostları ilə paylaş: |
|
|