I. A. Axmedov, N. S. Saidxo‘jaeva


Aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə114/124
tarix29.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#140913
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   124
VZpVsom5JzG8odbWYYVdp13OxkbQjobTxcRN1JEG

Aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish
— 
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish choralari, usullari, 
vositalari tizimi, sa’y-harakatlari majmui; 
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish
— oldindan o‘tkazilib, favqulodda 
vaziyatlar ro‘y berishi xavfini imkon qadar kamaytirishga, bunday vaziyatlar ro‘y 
bergan taqdirda esa, odamlar sog‘lig‘ini saqlash, atrof tabiiy muhitga yetkaziladigan 
zarar va moddiy talafotlar miqdorini kamaytirishga qaratilgan tadbirlar kompleksi
Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish
— favqulodda vaziyatlar ro‘y 
berganda o‘tkazilib, odamlar hayoti va sog‘lig‘ini saqlash, atrof tabiiy muhitga 
yetkaziladigan zarar va moddiy talafotlar miqdorini kamaytirishga, shuningdek 
favqulodda vaziyatlar ro‘y bergan zonalarni halqaga olib, xavfli omillar ta’sirini 
tugatishga qaratilgan avariya-qutqaruv ishlari va kechiktirib bo‘lmaydigan boshqa 
ishlar kompleksi. 
Fuqaro muhofazasi
— harbiy harakatlar olib borish paytida yoki shu harakatlar 
oqibatida yuzaga keladigan xavflardan O‘zbekiston Respublikasi aholisini, 
hududlarini, moddiy va madaniy boyliklarini muhofaza qilish maqsadida 
o‘tkaziladigan tadbirlarning davlat tizimi. 
Fuqaro muhofazasi xizmati
— fuqaro muhofazasi maxsus tadbirlarini bajarish, 
fuqaro muhofazasi tuzilmalarining harakatlarini ta’minlash uchun kuchlar va 
vositalarni tayyorlash maqsadida tuzilgan funksional bo‘linmalar majmui. 
Fuqaro muhofazasi kuchlari
— qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan 
ishlarni amalga oshirish uchun tuziladigan fuqaro muhofazasi harbiy qismlari, 
umumiy va maxsus hududiy, funksional va obyekt tuzilmalari. 
Yadroviy materiallar
— tarkibida yadro moddalari mavjud bo‘lgan yoki 
bo‘linadigan (parchalanadigan) yadro moddalari ishlab chiqarishga qodir bo‘lgan, 
shuningdek tarkibida yadro materiallari bo‘lmagan yoki yadro materiallari ishlab 
chiqarishga qodir bo‘lmagan, biroq yadro ichidagi energiyasi portlab ajralib 
chiqilishiga (yadro portlashi) mo‘ljallangan qurilmalarda foydalanilishi mumkin 
bo‘lgan materiallar. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə