I. A. Axmedov, N. S. Saidxo‘jaeva


Ionlashtiruvchi nurlanish manbai (INM) aylanishi sub’ektlari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə112/124
tarix29.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#140913
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   124
VZpVsom5JzG8odbWYYVdp13OxkbQjobTxcRN1JEG

Ionlashtiruvchi nurlanish manbai (INM) aylanishi sub’ektlari
— 
O‘zbekiston Respublikasi hududida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda 
ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini qazib olish, ishlab chiqarish, hosil qilish, qayta 
ishlash, ulardan foydalanish, ularni saqlash, ularga xizmat ko‘rsatish, ularni tashish, 
shu jumladan ularning O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib 
o‘tilishi, zararsizlantirilishi va ko‘mib tashlanishi bo‘yicha INM aylanishi sohasidagi 
faoliyatni amalga oshiradigan yuridik shaxslar. 
Ionlashtiruvchi nurlanish manbalaridan foydalanuvchilar 
- ionlashtiruvchi 
nurlanish manbalarini qazib oluvchi, ishlab chiqaruvchi, hosil qiluvchi, qayta 
ishlovchi, ulardan foydalanuvchi, ularni saqlovchi, ularga xizmat ko‘rsatuvchi, ularni 
tashuvchi, zararsizlantiruvchi va ko‘mib tashlovchi yuridik va jismoniy shaxslar. 
Kuzatuv zonasi - 
radiatsiyaviy monitoring o‘tkaziladigan sanitariya-muhofaza 
zonasidan tashqaridagi hudud. 
Minimallashtirish prinsipi
- ionlashtiruvchi nurlanishning har qanday 
manbaidan foydalanilganda nurlanish olishning individual dozalarini fuqarolar 
sog‘lig‘iga xavfsiz bo‘lgan chegarada va nurlanish olayotgan shaxslar sonini mumkin 
qadar oz darajada bo‘lishini saqlab turish. 
Normalashtirish prinsipi
- ionlashtiruvchi nurlanish barcha manbalaridan 
fuqarolarning nurlanish olishi individual dozasini yo‘l qo‘yiladigan, ular sog‘lig‘iga 
xavfsiz bo‘lgan darajadan oshirmaslik. 
Radiatsiyaviy avariya
- uskuna nosozligi, xodimlar (personal)ning xatti -
harakatlari (harakatsizligi), tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar 


174 
tufayli kelib chiqqan, fuqarolarning belgilangan normalardan ko‘proq nurlanish 
olishiga yoki atrof muhitning radioaktiv ifloslanishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan 
yohud olib kelgan ionlashtiruvchi nurlanish manbai ustidan boshqaruvning izdan 
chiqishi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə