I. A. Axmedov, N. S. Saidxo‘jaeva


Radiatsiyaviy xavfsizlik -



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə113/124
tarix29.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#140913
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   124
VZpVsom5JzG8odbWYYVdp13OxkbQjobTxcRN1JEG

Radiatsiyaviy xavfsizlik - 
fuqarolar va atrof muhitning ionlashtiruvchi 
nurlanishning zararli ta’siridan muhofazalanganlik holati. 
Radioaktiv manba
— tarkibida yadroviy materiallar yoki radioaktiv moddalar 
bo‘lgan ionlashtiruvchi nurlanish manbai. 
Radioaktiv moddalar
— tarkibida belgilangan radiatsiyaviy xavfsizlik 
normalari va qoidalarining eng kam qiymatidan ortiq aktivlikdagi radionuklidlar 
bo‘lgan har qanday agregat holatidagi yadroviy materiallarga tegishli bo‘lmagan 
moddalar. 
Radioaktiv chiqindilar
— keyinchalik ulardan foydalanish nazarda 
tutilmaydigan yadroviy materiallar va (yoki) radioaktiv moddalar. 
Sanitariya-muhofaza zonasi - 
ionlashtiruvchi nurlanish manbai atrofidagi 
hudud bo‘lib, u yerda fuqarolarning nurlanish olish darajasi mazkur manbadan 
normal foydalanish sharoitida aholi uchun nurlanish dozasining belgilangan asosiy 
chegarasidan oshishi mumkin. 
Tabiiy radiatsiyaviy fon
- kosmik nurlanish orqali hamda yerda, suvda, 
havoda, biosferaning boshqa elementlarida, oziq-ovqat mahsulotlarida va inson 
organizmida tabiiy ravishda taqsimlangan tabiiy radionuklidlarning nurlanishi orqali 
hosil bo‘ladigan nurlanish dozasi. 
Texnogen ravishda o‘zgartirilgan radiatsiyaviy fon - 
inson faoliyati natijasida 
o‘zgargan tabiiy radiatsiyaviy fon. 
Xodimlar (personal)
- bevosita ionlashtiruvchi nurlanish manbalari bilan 
doimiy yoki vaqtincha ishlaydigan yohud ish sharoitlariga ko‘ra bunday manbalar 
ta’sir zonasidagi jismoniy shaxslar.
Himoya inshootlari
— aholini va ishlab chiqarish xodimlarini zamonaviy 
qirg‘in vositalaridan muhofaza qilishga maxsus mo‘ljallangan muhandislik 
inshootlari majmui. 
Favqulodda vaziyat
— odamlar qurbon bo‘lishi, ularning sog‘lig‘i yoki atrof 
tabiiy muhitga zarar yetishi, jiddiy moddiy talafotlar keltirib chiqarishi hamda 
odamlar hayot faoliyati sharoitini izdan chiqishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan yoki 
olib kelgan avariya, halokat, xavfli tabiiy hodisa, tabiiy yoki boshqa ofat natijasida 
muayyan hududda yuzaga kelgan vaziyat. 


175 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə