|
![](/i/favi32.png) I. A. Axmedov, N. S. Saidxo‘jaevaRadiatsiyaviy xavfsizlik -VZpVsom5JzG8odbWYYVdp13OxkbQjobTxcRN1JEGRadiatsiyaviy xavfsizlik -
fuqarolar va atrof muhitning ionlashtiruvchi
nurlanishning zararli ta’siridan muhofazalanganlik holati.
Radioaktiv manba
— tarkibida yadroviy materiallar yoki radioaktiv moddalar
bo‘lgan ionlashtiruvchi nurlanish manbai.
Radioaktiv moddalar
— tarkibida belgilangan radiatsiyaviy xavfsizlik
normalari va qoidalarining eng kam qiymatidan ortiq aktivlikdagi radionuklidlar
bo‘lgan har qanday agregat holatidagi yadroviy materiallarga tegishli bo‘lmagan
moddalar.
Radioaktiv chiqindilar
— keyinchalik ulardan foydalanish nazarda
tutilmaydigan yadroviy materiallar va (yoki) radioaktiv moddalar.
Sanitariya-muhofaza zonasi -
ionlashtiruvchi nurlanish manbai atrofidagi
hudud bo‘lib, u yerda fuqarolarning nurlanish olish darajasi mazkur manbadan
normal foydalanish sharoitida aholi uchun nurlanish dozasining belgilangan asosiy
chegarasidan oshishi mumkin.
Tabiiy radiatsiyaviy fon
- kosmik nurlanish orqali hamda yerda, suvda,
havoda, biosferaning boshqa elementlarida, oziq-ovqat mahsulotlarida va inson
organizmida tabiiy ravishda taqsimlangan tabiiy radionuklidlarning nurlanishi orqali
hosil bo‘ladigan nurlanish dozasi.
Texnogen ravishda o‘zgartirilgan radiatsiyaviy fon -
inson faoliyati natijasida
o‘zgargan tabiiy radiatsiyaviy fon.
Xodimlar (personal)
- bevosita ionlashtiruvchi nurlanish manbalari bilan
doimiy yoki vaqtincha ishlaydigan yohud ish sharoitlariga ko‘ra bunday manbalar
ta’sir zonasidagi jismoniy shaxslar.
Himoya inshootlari
— aholini va ishlab chiqarish xodimlarini zamonaviy
qirg‘in vositalaridan muhofaza qilishga maxsus mo‘ljallangan muhandislik
inshootlari majmui.
Favqulodda vaziyat
— odamlar qurbon bo‘lishi, ularning sog‘lig‘i yoki atrof
tabiiy muhitga zarar yetishi, jiddiy moddiy talafotlar keltirib chiqarishi hamda
odamlar hayot faoliyati sharoitini izdan chiqishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan yoki
olib kelgan avariya, halokat, xavfli tabiiy hodisa, tabiiy yoki boshqa ofat natijasida
muayyan hududda yuzaga kelgan vaziyat.
|
|
|