33
aktiv zonadan neytronlarni chiqishini sekinlashtiradigan
polietilen plenkalar bilan
qatlamlab va elektronlarni tashqariga chiqishiga halaqit qiladigan berilliylik qobiq
bilan o‘ralgan bo‘lsa uran
U
235
92
ning kritik massasi yuzlab grammlargacha kamayishi
mumkin.
Uran yadrolarini parchalanish reaksiyasi davomida
ancha enegriya ajralib
chiqadi. Energiyani ajralib chiqishiga sabab uran yadrolari bilan reaksiya parchalari
orasidagi bog‘lanishning solishtirma energiyalari orasidagi farqidir. Uran
U
235
92
yadrosidagi nuklonning bog‘lanishning solishtirma energiyasi tahminan 7,6 MeV
bo‘lsa, reaksiya parchalariniki esa 8,5 MeV. Shuning uchun bo‘linish
reaksiyasi
natijasida xar bir nuklonga 8,5-7,6 = 0,9 MeV energiya ajraladi. Nuklonlarning to‘liq
soni 235 yaqinligini hisobga olib, bo‘linish reaksiyasidan chiqadigan to‘liq
energiyani
baholash mumkin, ya’ni bitta uran yadrosining bo‘lishida chiqadigan
energiya
Q
= 0,9×235 ≈ 210 MeV ≈ 3,2×10
-11
Dj ga teng bo‘ladi.
Bunday energiya oddiy kimyoviy o‘zgarishlar energiyasidan o‘nlab
million
marotaba ortiqdir. Mana masalan 1 kg uran moddasida mavjud bo‘lgan barcha
atomlar yadrolarining parchalanishida 8×10
13
Dj
energiya ajralib, u 20 kt
trinitrotoluol nomli portlovchi moddaning portlashiga ekvivalent (teng) bo‘ladi.
Uran yadrosining parchalanishida energiya asosan (90% yaqin) xar tomonga
uchib ketayotgan parchalarning kinetik energiyasi ko‘rinishida bo‘lib,
qolgan qismi
esa (10% yaqini) hosil bo‘lgan neytronlar tomonidan olib ketiladi. Bu energiyani yoki
sekin asta reaktorda (atom yadrolarining nazorat ostidagi bo‘linishi) ajraatish
mumkin, yoki bir onda bombada ajratilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: