I bo lim. Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari



Yüklə 1,9 Mb.
səhifə3/283
tarix30.12.2023
ölçüsü1,9 Mb.
#167357
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   283
Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari b-fayllar.org

Obodonlashtirish deganda pudrat shartnomasiga ko‘ra buyurtmachilarga ularda foydalanishda bo‘lgan yer maydonchalarining ko‘rinishini yaxshilash, yerosti o‘tkazmalarini qurish, transport vositalarini to‘xtab turish joylarini tashkil qilish, yer maydonchalarini temir panjaralar bilan o‘rash, yurish yo’lkalarini qurish kabi ishlar tushuniladi. Obodonlashtirish ishlari boshqa ishlar singari loyihadagi barcha yishlar tugatilgach, pudratchi tomonidan buyurtmachiga «Bajarilgan ishlar (qilingan xarajatlar) qiymati to‘g‘risida ma’lumotnoma- schot-faktura» asosida topshiriladi. Ushbu hujjat imzolangan va tasdiqlangandan so‘ng obodonlashtirish ishlari pudratchi tashkilot uchun bajarilgan (sotilgan) deb hisoblanadi.
Ta’mirlash ishlari deganda pudrat shartnomasiga ko‘ra buyurtmachilarga asosiy, yordamchi va xizmat ko'rsatishga mo‘ljallangan obyektlarni texnik-ishlab chiqarish holatini ishchi holatda ushlab turish, ularning texnik-iqtisodiy darajasini saqlash maqsadlarida bajarilgan ishlar tushuniladi. Bu ishlar, odatda, buyurtmachilar bino va inshootlarining miqdoriy hajmini kengaytirmaydi. Biroq, ta’mirlash ishlari buyurtmachilarda mehnat sharoitlarini, atrof - muhit muhofazasini yaxshilashga imkon beradi.
Ta’mirlash ishlari boshqa ishlar singari shartnomada nazarda tutilgan barcha ishlar tugatilgach, pudratchi tomonidan buyurtmachiga «Bajarilgan ishlar (qilingan xaraj atlar) qiymati to‘g‘risida ma’lumotnoma - schyot-faktura» asosida topshiriladi. Ushbu hujjat imzolangan va tasdiqlangandan so‘ng ta’mirlash ishlari pudratchi tashkilot uchun bajarilgan (sotilgan) deb hisoblanadi.
Shunday qilib, qurilish tashkilotlari tomonidan xalq xo'jaligining barcha tarmoqlari uchun bajariladigan qurilish ishlari tarkibi turli-tumandir. Ularning asosiylariga quyidagilar kiradi:
  • qurilish titul ro‘yxatiga kiritilgan bino va inshootlarni qurishga doir barcha ishlar, ular bilan bog‘liq bo’lgan temir-beton, metallar, yog‘och va boshqa qurilish konstruksiyalarini o’rnatish va montaj ishlari, minorali va boshqa kranlar uchun kranosti yo‘llari qurish va buzish ishlari;


  • gaz, suv, elektr - energiyasi, issiqlik, kanalizatsiya, havoni tozalash ta’minotiga doir ishlar;


  • neft va gaz quvurlarini yotqizish, elektr quvvati va aloqa liniyalari kabellarini yotqizish va o‘tkazish ishlari;


  • ko‘prik, yo‘l, suv osti-texnik tonnellarini qurish va o‘tkazish ishlari;


  • sanitariya-gigiyena texnikasi vajihozlarini o’rnatish ishlari;


  • bino, inshoot va uskunalarga asos (fundament) va tayanch konstruksiyalarini o’rnatish, qozon, pech va boshqa agregatlar atrofiga qoplamalar yasash ishlari;


  • qurish uchun yer maydonlarini tayyorlash, tozalash, eski buta va daraxtlarni kesish va olib tashlash, kovlash, yerni quritish va loyihada belgilangan ko‘rinishga yetkazish ishlari;


  • shahar va qishloq joylari hududlarini ko‘kalamzorlashtirish hamda obodonlashtirishga doir qurilish ishlari;


  • suv chiqarish, ularni oqizish quvurlarini o’rnatish ishlari;


  • eroziya, sel ko‘chmalariga qarshi va boshqa tabiatni muhofaza qilish inshootlarini qurish, qirg‘oqlarni mustahkamlash va botqoqlarni quritish ishlari;


  • qurilishiga aloqador parmalash, shurflash, suvni tortib olish va shu kabi boshqa geologik va gidrogeologik ishlar.


Qurilish tashkilotlarining asosiy faoliyatiga kiruvchi ushbu ishlar ularning xususiyatlariga ko‘ra litsenziyalashtiriladigan va litsenziyalashtirilmaydigan turlarga bo‘linadi. Masalan, mudofaa obyektlarini, ko'prik va tonnellarni, magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini, balandliklarda joylashgan obyektlarni loyihalashtirish, qurish va ta’mirlash ishlari litsenziyalashtiriladigan faoliyat hisoblanadi. Bunday qurilish ishlari bilan shug‘ullanish uchun litsenziya faqat maxsus ixtisoslashgan qurilish tashkilotlariga 0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan beriladi. Maxsus loyihalashtirishni talab qilmaydigan va litsenziya olish lozim bo‘lmagan qurilish, qurilish-montaj, obodonlashtirish, kengaytirish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish, kapital va joriy ta’mirlash ishlari bilan barcha turdagi qurilish tashkilotlari shug‘ullanishlari mumkin.


Qurilish tashkilotlari va buyurtmachilar o‘rtasida qurilish ishlariga doir pudrat shartnomalarini tuzishda hozirgi paytda tender (tanlov) usuli keng tarqalgan. Chunonchi, davlat budjetidan markazlashtirilgan tarzda moliyalashtiriladigan qurilish obyektlari (maktablar, litseylar, kollejlar, harbiy qismlar, shifoxonalar va boshqalar) bo‘yicha pudrat shartnomalarini tuzish maxsus «Yagona buyurtmachi xizmati» injiniring kompaniyalari orqali tanlov savdolari asosida amalga oshirilmoqda. Ushbu tanlov savdolarida barcha mulkiy va tashkiliy-huquqiy turdagi qurilish tashkilotlari qatnashish huquqiga egadirlar. Buning uchun ular injiniring kompaniyalariga tanlov savdosida qatnashish bo‘yicha ofertalar (takliflar)ni kiritishlari hamda tegishli tanlov hujjatlarini taqdim etishlari lozim. Tanlov savdosida qatnashish uchun qurilish tashkilotlari «Yagona buyurtmachi xizmati» injiniring kompaniyalari tomonidan qo‘yilayotgan quyidagi talablarga mos kelishlari lozim:
  • ishlar (xizmatlar)ni bajarish uchun zarur bo‘lgan mehnat resurslari va mutaxassislarga ega bo‘lishlari;


  • tanlovga qo‘yilgan obyektga o‘xshash inshootlarda ishlash tajribasi va ko‘nikmalariga ega bo‘lishlari;


  • shartnoma tuzish yuzasidan fuqoralik-muomala, huquqiy layoqat va vakolatlarga, o‘zaro ishonchga ega bo‘lishlari;


  • tanlovga qo‘yilgan obyekt qurilishini olib borish uchun markazlashtiriladigan mablag‘lardan tashqari o‘z mablag‘lariga ega bo‘lishlari;


  • budjet oldida boqimanda qarzlarga ega boimasligi;


-joriy majburiyatlar bo‘yicha to‘lov qobiliyatiga ega bo‘lishligi va boshqalar.


«Yagona buyurtmachi xizmati» injiniring kompaniyalari orqali tanlov savdolari asosida amalga oshiriladigan qurilish ishlariga doir pudrat shartnomalari qurilish ishlari rejalariga kiritilgan hamda ular uchun belgilangan tartibda tasdiqlangan titul ro‘yxatlariga muvofiq holda tuziladi.
Bosh pudratchi qurilish ishlarining hajmi va xususiyatlariga ko‘ra injiniring kompaniyalari roziligi bilan alohida ishlarni amalga oshirishlari uchun o‘zlarining subpudratchilarini belgilashlari ham mumkin. Ushbu holda bosh pudratchi va subpudratchilar o‘rtasidagi munosabatlar tuzilgan subpudrat shartnomalari asosida belgilanadi.
Quriladigan obyektning loyiha-smeta hujjatlari (titul ro‘yxati, uskuna, material va buyumlarni yetkazib berish jadvali, moliyalashtirish grafigi va boshqalar) tuzilgan pudrat shartnomasining tarkibiy elementlari bo’lib hisoblanadi. Ushbu hujjatlarga amal qilish va ularda ko‘rsatilgan shartlarni bekamu-ko‘st bajarilishini ta’minlash buyurtmachilar hamda qurilish tashkilotlarining bevosita majburiyatlari hisoblanadi.



    1. Yüklə 1,9 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   283




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə