I bo lim. Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari



Yüklə 1,9 Mb.
səhifə1/283
tarix30.12.2023
ölçüsü1,9 Mb.
#167357
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   283
Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari b-fayllar.org


Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari bob. Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil qilish asoslari

I bo lim. QURILISH TASHKILOTLARIDA BUXGALTERIYA HISOBINING XUSUSIYATLARI


  1. bob. QURILISH TASHKILOTLARIDA BUXGALTERIYA HISOBINI TASHKIL QILISH ASOSLARI


    1. Qurilish tashkilotlarining buxgalteriya hisobi sub’yekti sifatidagi tavsifi va ular faoliyatining tashkiliy-huquqiy asoslari.

Mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlanishida qurilish tarmog‘i muhim o‘rini tutadi. Aynan ushbu tarmoqqa kiruvchi qurilish tashkilotlari orqali iqtisodiyotning barcha sohasiga real investitsiyalar kiritiladi. Qurilish tarmog‘i mamlakatimiz iatisodiyotining barcha sohasida yangi quvvatlarni qurish, ishga tushirish, mavjud quvvatlarni modernizatsiyalash, rekonstruktsiya qilish, kengaytirish, ta’mirlash va boshqa shu kabi ishlarni amalga oshirishning bosh ijrochisi hisoblanadi.


Mamlakatimizda qurilishga qilinayotgan investitsiyalar yildan yilga oshib bormoqda. Chunonchi, 2009-yilda asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning umumiy hajmi 12531,9 mlrd. so‘mni yoki 2008 - yilda qilingan investitsiya hajmiga nisbatan 124,8 foizni tashkil qildi. Kiritilgan investitsiyalarning 75,7 foizi ishlab chiqarish sohasiga, qolgan 24,3 foizi esa noishlab chiqarish sohasiga to‘g‘ri keldi.
0‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan belgilangan xalq xo‘jaligi tarmoqlari klassifikatoriga muvofiq qurilish tashkilotlarining alohida turlariga quyidagi tarmoq kodlari ajratilgan:
  • 60000 - Qurilish;


  • 61000- Pudrat va xo‘jalik usulida qurilish, montaj va boshqa ishlarni olib boruvchi umumqurilish va ixtisoslashgan tashkilotlar;


  • 62000 - Ishlab chiqarish maqsadidagi bino va inshootlarni kapital ta’mirlashni bajaruvchi tashkilotlar;


  • 63000 - Noishlab chiqarish maqsadidagi bino va inshootlarni ta’mirlash, aholi buyurtmasiga ko‘ra yashash joylarini ta’mirlash va qurish ishlarini bajaruvchi tashkilotlar;


  • 65000 - Burg‘ulash ishlarini bajaruvchi tashkilotlar;


  • 66000 - Loyiha, loyiha-qidiruv va qidiruv tashkilotlari;


  • 69000 - Qurilish xo'jalik boshqarmalari


Qurilish tashkilotlarini xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar sifatida turli belgilari bo‘yicha tasniflash mumkin.


Mulkiy shakli va yuridik maqomiga ko‘ra qurilish tashkilotlari ochiq aksiyadorlikjamiyatlari (OAJ), mas’uiiyati cheklangan jamiyatlar (MChJ), xususiy korxonalar (firmalar) va davlat unitar korxonalari (DUK) bo'lishi mumkin. Ushbu maqomdagi qurilish tashkilotlarini tuzish va ular faoliyatini yuritish respublikamizda bu turdagi xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar to’g'risidagi qonunlar va qonun osti hujjatlari, shuningdek ushbu tashkilotlarning ta‘sis hujjatlari asosida amalga oshiriladi.
Nomlanishiga коra ham qurilish tashkilotlari turliсhadir. Chunonchi, ularning eng keng tarqalgan nomi bo'lib harakatlanuvchi mexanizatsiyalashgan kolonna (XMK-PMK) hisoblanadi. Qurilish tashkilotlariga bundayi nomni berilishi negizida ularning qurilish, qurilish-montaj va boshqa ishlarga doir o‘z faoliyatini bevosita buyurtma berilgan joylarda maxsus harakatlanuvchi texnik vositalar, mashina va mexanizmlar yordamida amalga oshirishlari yotadi. Bundan tashqari qurilish tarmog‘ida xususiy qurilish firmasi, sho’ba qurilish korxonasi, qurilish kompaniyasi, qurilish tresti kabi nomlardagi xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar ham mavjud.
Faoliyatyuritish doirasiga коra qurilish tashkilotlari tarmoq va tarmoqlararo qurilish tashkilotlariga bo’linadi. Tarmoq qurilish tashkilotlari xalq xo‘jaligining alohida olingan tarmoqlarida o‘z faoliyatini yuritadilar.
Ixtisoslashganligiga коra qurilish tashkilotlari maxsus va universal tashkilotlar bo‘lib hisoblanadi. Masalan, qurilish tashkilotlarining metro qurilishi, uy qurilishi, yo‘l qurilishi, ko‘prik qurilishi va boshqa shu kabi maxsus ixtisoslashgan turlari mavjud. Ayrim qurilish kompaniyalari (trestlari) ko‘p tarmoqli, ya’ni universal tashkilotlar bo’lib hisoblanadi.
Xodimlarining soniga коra qurilish tashkilotlari mikrofirmalar, kichik korxonalar, o‘rta va yirik korxonalaiga bolinadi. Respublikamizning qonun hujjatlariga ko‘ra qurilish tamiog‘ida mikrofirmalar bo‘lib xodimlarining soni 20 ta gacha, kichik korxonalar bo‘lib xodimlarining soni 50 ta gacha bo’lgan korxonalar hisoblanadi.
Ta’sischilarining tarkibiga коra qurilish tashkilotlarini mahalliy va xorijiy investisiyalar ishtirokidagi korxonalarga bo‘lish mumkin. Xorijiy investisiyalar ishtirokidagi qurilish tashkilotlari ustav kapitalining miqdori eng kamida 150000 AQSH dollari miqdorida bo‘lishi lozim. Ushbu ustav kapitali miqdori mahalliy va xorijiy ta’sischilar mablag‘laridan tashkil topadi.
Qurilish ishlarini bajarishdagi o’rniga ko’ra qurilish tashkilotlari bosh pudratchi va subpudratchi tashkilotlarga bo‘linadi.
Bosh pudratchi tashkilot-buyurtmachi bilan qurilish, qurilish-montaj va boshqa ishlarni olib borish bo‘yicha asosiy shartnomani tuzgan hamda uning bajarilishini to‘liq o‘z zimmasiga olgan qurilish tashkiloti.
Subpudratchi tashkilot-bosh pudratchining buyurtmachiga bajarib berishi lozim bo‘lgan qurilish, qurilish-montaj va boshqa ishlarning bir qismini bosh pudratchi bilan tuzilgan shartnomaga asosan bajarib beruvchi tashkilot.
Tanlangan soliq rejimiga ко‘ra qurilish tashkilotlari umumbelgilangan va ixchamlashtirilgan soliq rejimlarida ishlovchi korxonalarga bo’linadi. Respublikamizning soliq qonunchiligi hujjatlariga muvofiq mikrofirma va kichik korxonalar hisoblangan qurilish tashkilotlari ixchamlashtirilgan soliq to’lovlari rejimida ishlashi mumkin. Yirik va o‘rta qurilish tashkilotlari, odatda, umumbelgilangan soliqlarni to‘lovchilari bo‘lib hisoblanadilar.
Qurilish tashkilotlari faoliyati respublikamizning amaldagi me‘yoriy-huquqiy hujjatlariga muvofiq asosiy va asosiy bo‘lmagan faoliyat turlariga bo‘linadi. Asosiy faoliyatga buyurtmachilar uchun bajarilgan qurilish, qurilish-montaj ishlari, jihozlarni o’rnatish, rekonstruktsiya, kengaytirish, modernizatsiya qilish, obodonlashtirish, kapital, vajoriy ta’mirlash ishlari, shuningdek o‘z maqsadlarida foydalanish va sotish uchun moljallangan qurilish materiallari va moslamalarini ishlab chiqish va shu kabi boshqa ishlar kiradi. Asosiy bo’lmagan faoliyatga qurilish tashkilotlarining moliyaviy, investisiya va boshqa faoliyat turlari kiradi.
Qurilish tashkilotlari asosiy faoliyatiga kiruvchi ishlarning har biri o‘ziga xos xususiyatlarga ega.

Yüklə 1,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   283




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə