I bo lim. Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari



Yüklə 1,9 Mb.
səhifə2/283
tarix30.12.2023
ölçüsü1,9 Mb.
#167357
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   283
Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari b-fayllar.org

Qurilish ishlari deganda yangi bino va inshootlarni yaratilishi bilan bog‘liq jarayonlar majmuasi tushuniladi. Yangi bino va inshootlarni yaratilishi o‘z ichiga loyihalashtirish, qurishga tayyorgarlik, ta’minot, qurish, foydalanishga topshirish kabi jarayonlarni oladi. Har bir jarayon qurilishga doir ma’lum ishlardan tashkil topadi va o‘zining pirovard natijasiga ega bo‘ladi.
Qurilishning loyihalashtirish jarayonida yangi bino va inshootlarni qurishning texnik, texnologik, geodezik, topografik va barcha boshqa jihatlari o‘rganiladi, ularning aniq parametrlari va o‘lchamlari belgilanadi. Qurilish loyihasi, odatda. maxsus loyihalashtirish muassasalari (institutlar) tomonidan buyurtmachi bilan tuzilgan shartnomaga asosan ishlab chiqiladi. Ishlab chiqilgan loyiha quriladigan obyekt joylashgan hududning shaharsozlik bosh loyihasi talablariga zid bo‘lmasligi lozim. Shu bois ham yangi obyektlarni qurishdan oldin ularning loyihalari 0‘zbekiston Respublikasi «Davarxitektqurilish» qo‘mitasining joylardagi boshqarmalari va bo‘limlari tomonidan ko‘rib chiqiladi va ma’qullanadi. Loyihalashtirish jarayonining natijasi bo‘lib yangi quriladigan obyektning barcha texnik- iqtisodiy parametrlarini ifodalovchi loyihasi va qurish smetasi hisoblanadi. Qurish smetasida obyektni qurish bilan bogliq barcha ishlarning hajmi, ularning belgilangan me’yor va tartiblarga muvofiq hisoblangan qiymati ko‘rsatiladi. Loyiha qiymati pudratchi va buyurtmachi o‘rtasida tuziladigan shartnoma qiymatini belgilashga asos bo‘ladi.
Qurishga tayyorgarlik va uning ta'minot jarayoni buyurtmachi va pudratchi tomonidan amalga oshiriladigan ma’lum ishlardan tashkil topadi. Bu ishlarni bajarish bo‘yicha tomonlarning majburiyatlari tuzilgan shartnomada o‘z aksini topadi. Masalan, buyurtmachi bu jarayonda o‘z zimmasiga qurish uchun kerakli bo‘lgan materiallarni pudratchiga yetkazib berish, oldindan to‘lov summasining kelishilgan qiymatini (loyiha qiymatining 15 foizidan kam bo‘lmagan qismini) quruvchi tashkilotining hisob raqamiga o‘tkazib berish kabilarni oladi. Pudratchi tashkilot qurish uchun kerakli texnika va jihozlarni qurilish maydonchasiga yetkazish, ularni qurish ishlari uchun tayyorlash va shu kabi majburiyatlarni o‘z zimmasiga oladi.
Obyektni qurish jarayoni qurilishning titul ro‘yxatida ko‘rsatilgan ishlarni bosqichma-bosqich loyihani bajarish jadvaliga (grafigiga) muvofiq amalga oshirishdan iborat bo‘ladi. Qurilish obyektlarining bitkazilgan, lekin buyurtmachiga hali topshirilmagan qismi tugallanmagan ishlab chiqarish (qurilish ishlari) hisoblanadi.
Qurilgan obyektni foydalanishga topshirish qurilishning yakuniy jarayonidir. Bu jarayon qurilishga doir loyihadagi barcha ishlar tugatilgach, tuzilgan maxsus komissiya tomonidan amalga oshiriladi va mos ravishda «Bajarilgan ishlar (qilingan xarajatlar) qiymati to‘g‘risida ma’lumotnoma-schyot-faktura» bilan rasmiylashtiriladi. Ushbu hujjat imzolangan va tasdiqlangandan so‘ng qurilgan obyekt pudratchi uchun bajarilgan (sotilgan) ish, deb hisoblanadi.
Qurilish ishlari o'z ichiga montaj ishlarini ham oladi. Shu bois ushbu ishlar qurilish-montaj ishlari ham deb ataladi.
Jihozlarni o‘rnatish ishlari deganda jihozlar, uskunalar va boshqa konstruksiyalarni yig‘ish, o’rnatish va foydalanishga tushirish bilan bog‘liq ishlar majmuasi tushuniladi. Chunonchi, bino va inshootlarni qurishda bajariladigan jihozlarni o’rnatish ishlari tarkibiga ko'tarish-tushirish qurilmalari (lift, eskalator va boshqalar)ni, isitish, sovutish, yoritish, suv berish, havoni almashtirish, sanitariya-gigiena texnikasi qurilmalarini o’rnatish, yig‘ish, o‘tkazish, izolyatsiya qilish va shu kabi boshqa ishlar kiritiladi.
Kengaytirish deganda pudrat shartnomasiga ko‘ra buyurtmachilarning harakatdagi bino va inshootlariga qo‘shimcha ishlab chiqarish obyektlarini qurish, asosiy, yordamchi va xizmat ko‘rsatuvchi sexlarning maydonchalarini ishlab chiqarish quvvatini oshirish maqsadida kengaytirish bilan bog'liq ishlar tushuniladi. Kengaytirish ishlariga, shuningdek buyurtmachilarni uzoq muddatli aktivlari tarkibiga kiritiladigan va alohida balansga ajratilmaydigan filiallari va ishlab chiqarish bo‘linmalarini qurish ham kiritiladi. Kengaytirish ishlari xuddi yangi qurilish singari loyihadagi barcha ishlar tugatilgach, pudratchi tomonidan buyurtmachiga «Bajarilgan ishlar (qilingan xarajatlar) qiymati to‘g‘risida ma’lumotnoma-schyot-faktura» asosida topshiriladi. Ushbu hujjat imzolangan va tasdiqlangandan so‘ng kengaytirishga doir ishlar pudratchi tashkilot uchun bajarilgan (sotilgan) deb hisoblanadi.
Rekonstruksiya deganda pudrat shartnomasiga ko‘ra buyurtmachilarning harakatdagi asosiy, yordamchi va xizmat ko‘rsatuvchi obyektlarini dastlabki holatini kengaytirmasdan qayta o‘zgartirib chiqish tushuniladi. Rekonstruksiyadan asosiy maqsad bo’lib quyidagilar hisoblanadi:
  • ishlab chiqarishni takomillashtirish va uning texnik-iqlisodiy darajasini ilmiy-texnika progressi yutuqlari asosida ko‘tarish;


  • harakatdagi ishlab chiqarish obyektlari quvvatini oshirish;


  • ishchi xodimlarning mehnat sharoitlarini yaxshilash, ularning mehnat unumdorligini oshirish;


  • texnik bo‘g‘inlardagi disproporsiyalarni yo‘qotish.


Rekonstruksiya ishlari loyihadagi barcha ishlar tugatilgach, pudratchi tomonidan buyurtmachiga «Bajarilgan ishlar (qilingan xarajatlar) qiymati to‘g‘risida ma’lumotnoma- schyot-faktura» asosida topshiriladi. Ushbu hujjat imzolangan va tasdiqlangandan so‘ng rekonstruksiya ishlari pudratchi taslikilot uchun bajarilgan (sotilgan) ish deb hisoblanadi.


Modernizatsiya qilish deganda pudrat shartnomasiga ko‘ra buyurtmachilarning harakatdagi asosiy, yordamchi va xizmat ko‘rsatuvchi obyektlarini, texnika va texnologik liniyalarini eng zamonaviy ilmiy va texnik yutuqlar asosida yangilash hamda almashtirish tushuniladi. Modernizatsiya qilishning asosiy maqsadi bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
  • ishlab chiqarishni yanada takomillashtirish, uning texnik-iqtisodiy darajasini ilmiy-texnikaprogressi yutuqlari asosida yuksaltirish;


  • harakatdagi eski ishlab chiqarish obyektlarini yangilash va shu asosda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini oshirish;


  • ishlab chiqarish quvvatlari unumdorligini oshirish, texnik va texnologik liniyalarda ishlovchi xodimlar mehnat unumdorligini keskin oshirish.


Modernizatsiya qilish ishlari loyihadagi barcha ishlar tugatilgach, pudratchi tomonidan buyurtmachiga «Bajarilgan ishlar (qilingan xarajatlar) qiymati to‘g‘risida ma’lumotnoma- schot-faktura» asosida topshiriladi. Ushbu hujjat imzolangan va tasdiqlangandan so‘ng modernizatsiya qilish ishlari pudratchi tashkilot uchun bajarilgan (sotilgan) ish deb hisoblanadi



Yüklə 1,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   283




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə