I bob. Boshlang’ich sinflarda geometrik materialni o’qitishning nazariy asoslari



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə2/7
tarix25.05.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#112856
1   2   3   4   5   6   7
boshlang\'ich sinflarda geometrik materiallarni o\'rgatish uslublari

Mavzuning dolzarbligi. Mavjud ilmiy-metodik adabiyotlar tahlili shuni ko'rsatadiki, geometriya elementlarini o’qitishning sifat va samaradorligini oshirish maqsadida o’quv – metodik kompleksi yaratilmagan.
Geometriya elementlarini to’g’ri tashkil etish uchun o’qitishning barcha usul va vositalaridan eng unumli va samaralilari maqsadga muvofiq holda tanlab olinishi kerak va mavjudlari zamon talablari, fan-texnika taraqqiyoti natijalarini hisobga olgan holda qayta ko’rilishi kerakligi ma'lum bo’ladi.
Tadqiqotning ishlanganlik darajasi: Geometrik elementlarini o’rgatish metodikasi masalalari bilan M.I.Mo’ro, A.S.Pchyolko, A.M.Pishkolo, L.I.Skatkin, M.A.Bantova, A.A.Stolyar, B.A.Drozd, A.Sh,Levenberg, N.U.Bikbayeva, R.I.Sidel’nikova, G.A.Adambekova, P.I.Sorokin. M.E.Jumayev, Z.G’.Todjiyeva va bir qancha olimlar, shu jumladan ilmiy tekshiruv institutining hodimlari shug’ullanganlar.
N.U.Bikbayeva, R.I.Sidel’nikova, G.A.Adambekova “Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasi” da (Toshkent: O’qituvchi 1996 yil) geometrik materialni o’rgatishning nazariy asoslarini ochib bergan va boshlang’ich sinflarda geometrik materialni o’rgatishdan ko’zda tutilgan asosiy maqsadlarni sanab o’tgan. A.Sh,Levenberg “Boshlang’ich sinflarda geometriyadan grafik laboratoriya ishlari” (Toshkent: O’qituvchi 1983 yil) nomli o’qituvchilar uchun o’quv qo’llanmasida boshlang’ich sinflarda geometrik materialni o’rgatishda foydalaniladigan amaliy ishlarga misollar keltirgan va ushbu metodning afzalliklarini bayon etgan. P.I.Sorokinning “4-sinfda geometriya materialini o’rgatish tajribasi” (Toshkent: 1953 yil) nomli kitobida biz 4-sinf geometrik materialni o’rgatishning metodlarini ko’rishimiz mumkin. Faqat bu ko’rsatmalar hozirgi kun standart va dasturidan bir qancha farq qiladi. M.E.Jumayev, Z.G’.Tadjiyeva “Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasi” (Toshkent: “Fan va texnologiya” 2005-yil) o’quv qo’llanmasida ham boshlang’ich sinflarda geometrik materialni o’rgatishning nazariy asoslarini ochib bergan va uni o’rganish metodikasi bayon etilgan.

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə