I bob. Bozor iqtisodiyotini tahlil qilish


Agrar bozorni boshqarish va tartibga solish mexanizmlari



Yüklə 241,21 Kb.
səhifə8/14
tarix30.12.2023
ölçüsü241,21 Kb.
#167506
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bozor iqtisodiyoti sharoitida qishloq xo`jalik korxonalari faoliyatini boshqarish 11

Agrar bozorni boshqarish va tartibga solish mexanizmlari.
Davlat agrar bozorda iqtisodiy munosabatlar ishtirokchisi hisoblanadi va ayni vaqtda bozor tizimi faoliyat qilishiga ta’sir ko‘rsatadi. Bozor iqtisodiyotida davlatning roli uning vazifalarida ifodalanadi. Bular quyidagilar:

  • bozor iqtisodiyoti me’yorida faoliyat qilish uchun huquqiy asosni vujudga keltirish va takomillashtirish;

  • raqobatni himoya qilish;

  • daromad va boylikni oqilona qayta taqsimlash;

  • iqtisodiyotni tarkibiy yangilashni va muvozanatli iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish;

  • bandlikni ta’minlash;

  • tashqi samarani tartibga solish.

Tashqi samara ijobiy yoki salbiy bo‘lishi mumkin. Bozor iqtisodiyoti nafaqat ijobiy, balki salbiy naflilikka ega bo‘lgan ne’matlarni ham ishlab chiqaradi. Ulardan foydalanish yoki iste’mol qilish atrof muhit ifloslanishiga olib keladi yoki kishilar sog‘ligiga zarar etkazadi. Ijtimoiy tavsifdagi ne’matlar ham borki, ular faqat davlat tomonidan ishlab chiqarilib, butun jamiyat a’zolari yoki alohida kishilar guruhi bahramand bo‘lishi taqazo qilinadi.
Har bir mamlakatning milliy manfaati bo‘lib, buni davlat ifodalaydi. Davlat esa fuqarolik jamiyatining umummilliy siyosiy instituti bo‘lib, uning asosiy vazifasi Shu jamiyatni boshqarishdir. Jamiyatdagi turli manfaatlarni uyg‘unlashtirib, ularni yagona milliy manfaatga birlashtiruvchi kuch ham davlat xisoblanadi, chunki boshqa siyosiy institutlar, chunonchi partiyalar, jamoat tashkilotlari va uyushmalari faqat ularda birlashgan kishilar manfaatini ifoda etadiki, bu esa guruxiy, ya’ni jamoaviy manfaatlardir.
Davlatning iqtisodiyotga aralashuvi ikki yo‘nalishda kechadi.
Birinchidan, iqtisodiyotning davlat sektorini tashkil etuvchi korxona va tashkilotlar milliy iqtisodiyotning tarkibiy qismi sifatida tovar va xizmatlar yaratib bozor munosabatlarida ishtirok etadi.
Ikkiichidan, davlat umumiy manfaatlarni ifodalovchi kuch sifatida milliy iqtisodiyotni tartiblashda ish­tirok etadi.
Davlatning turli muassasalari iste’molchi sifatida bozordan resurslar va iste’mol tovarlarni sotib olganda xaridor sifatida bozor aloqalarida ishtirok etadi. Davlat korxonalari bozorga o‘z tovar va xizmatlarini taklif etadi va bozordagi resurslarga talab bildiradi. Xar ikki holatda davlat bozor iqtisodiyotning sub’ekti vazifasini o‘taydi. Biroq, davlat bozorga nisbatan tashqi kuch sifatida ham maydonga chiqib butun iqtisodiyotni tartiblashda ishtirok etadi va bunda butun jamiyat nomidan ish ko‘radi. Davlat korxonalari va uy xo‘jaliklari o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarini hamda tovarlar va resurslar bozorini tartibga soladi.
Davlatning iste’moli uning buyurtmalari orqali talabni oshirib, ishlab chiqaruvchilar uchun bozor yaratib beradi. Davlatning oilalarga beradigan turli transferlari ularning xarid qobiliyatini oshiradi, bu esa o‘z navbatida talabni Shu orqali bozorni kengaytiradi. Davlat sektori korxonalarida yaratilgan tovar va xizmatlar taklifini oshiradi.
Davlat sektori butun jamiyat uchun zarur bo‘lgan xususiy korxonalar ishlab chiqarilmaydigan tovar va xizmatlarni yaratadi. Aksariyat hollarda davlat sektori ishlab chiqarish infratuzilmasi, yoqilga-energetika, transport, yo‘l xujaligi, suv xo‘jaligi, aloqa kabi soxalarni qamrab oladi. Ularning xizmatlari milliy iqtisodiyotning rivoji uchun zarur bo‘lganligi sababli Shu sohalar xarajatini qoplashni davlat o‘z zimmasiga olib, iqtisodiy o‘sishga turtki beradi.

Yüklə 241,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə