I bob. Bozor iqtisodiyotini tahlil qilish


-chizma. Bozorning vazifalari



Yüklə 241,21 Kb.
səhifə10/14
tarix30.12.2023
ölçüsü241,21 Kb.
#167506
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bozor iqtisodiyoti sharoitida qishloq xo`jalik korxonalari faoliyatini boshqarish 11

1.2-chizma. Bozorning vazifalari
Bozor turli xil vazifalarni bajarsa-da, ular o‘zaro bog‘liq va bir-birini taqozo qiladi. Bozorning mazmunini to‘laroq tushunmoq uchun uning turlarini va ichki tuzilishini bilish zarur.
Hozirgi davrdagi bozor murakkab tuzilishga egadir. Bozorning ichki tuzilishi murakkab bo‘lganligi sababli uni turkumlashga har xil mezonlar asos qilib olinadi. Bular bozorning etuklik darajasi, sotiladigan va sotib olinadigan mahsulot turi, bozor sub’ektlari xususiyatlari, bozor miqyosi, iqtisodiy aloqalar tavsifi va boshqa lar.
Bozorning etuklik darajasiga qarab rivojlanmagan bozor, klassik (erkin) bozor, hozirgi zamon rivojlangan bozorlarga bo‘linadi. Rivojlanmagan, shakllanayotgan bozor ko‘proq, tasodifiy tavsifga ega bo‘lib, unda tovarni tovarga ayirboshlash usuli (barter) ko‘proq qo‘llaniladi. Bozorning bu turi tarixan hali haqiqiy pul kelib chiqmagan davrga to‘g‘ri keladi. Lekin hozirgi davrda ham ayrim mamlakatlarda pul inqirozga uchrab, ijtimoiy ishonchni yo‘qotgan, bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan davrlarda ham bu bozor amal qilishi mumkin. Erkin (klassik) bozor-tovar va xizmatlarning har bir turi bo‘yicha juda ko‘p ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar, ya’ni sotuvchilar va sotib oluvchilardan iborat bo‘lib, pul orqali ayirboshlash jarayonida ular o‘rtasida erkin raqobat kelib chiqadi, narxlar talab va taklif o‘rtasidagi nisbatga qarab erkin Shakllanadi, raqobatning turli usullari qo‘llaniladi, aholi va ishlab chiqaruvchilar keskin tabaqalanadi. Hozirgi zamon rivojlangan bozori — bunda davlat ham bozor ishtirokchisi bo‘lib, bozor ancha tartiblashtiriladi va boshqa riladi, turli xil birjalar va boshqa oldi-sotdi jarayoniga xizmat qiluvchi sohalar rivojlangan bo‘ladi, raqobat kurashlari aholining tabaqalashuvi yumshatilib, ularning daromadlari darajasi o‘rtasidagi farqlar kamayadi.
Bozor hududiy jihatdan ham turlicha bo‘lishi mumkin. Bular:

  • mahalliy bozorlar (Toshkent bozori, Samarqand bozori, Urgut bozori, London bozori, Nyu-York bozori, Pekin bozori va boshqa lar);

  • milliy bozorlar (O‘zbekiston bozori, Rossiya bozori, Ukraina bozori, Angliya bozori, Amerika bozori, Xitoy bozori va boshqa lar);

  • hududiy bozorlar (Markaziy Osiyo yoki Osiyo bozori, G‘arbiy Evropa bozori);

  • jahon bozori.

Sotiladigan va sotib olinadigan tovar, xizmat turiga ko‘ra bozorlar quyidagi turlarga bo‘linadi: iste’mol tovarlari va xizmatlari bozori, ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi (resurslar) bozori, valyuta bozori va fond birjalari, ilmiy texnika kashfiyoti va ishlanmalar bozori.
Muomalaga chiqadigan sub’ektlarning xususiyatiga ko‘ra ulgurji va Chakana savdo to‘g‘risida gap yuritiladi. Chakana savdoda asosan sotib oluvchilar fuqarolar hisoblanadi. Turli shakldagi korxonalar, firmalar, xususiy do‘konlar va boshqa lar esa sotuvchi hisoblanadi. Ulgurji savdoda davlat tomonidan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini xarid qilish alohida o‘rin tutadi. Bunda asosiy xaridor davlat, sotuvchilar esa dehqon va fermerlar xo‘jaliklaridir.
Bozor iqtisodiyoti, shu jumladan tartibga solinadigan bozor iqtisodiyoti xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatiga majburiy aralashishni emas, iqtisodiy vositalar yordamida ular faoliyatini tartibga solishni ko‘zda tutadi.
Iqtisodiyotni tartibga solishning iqtisodiy vositalariga - ishlab chiqarish kvotalari, baho, kredit, soliq va boshqa iqtisodiy kategoriyalar kiradi.
Bozor iqtisodiyoti, shu jumladan tartibga solinadigan bozor iqtisodiyoti talab va taklif, raqobat, qiymat va boshqa qonunlar orqali amalga oshiriladi.
Davlat bosh islohatchi tamoyiliga asoslangan iqtisodiyot sharoitida uning funksiyalari va yuklatilgan vazifalariga ma’lum o‘zgartirishlar kiritishni talab qiladi.
Davlatning iqtisodiyotni, shu jumladan agrar bozorni boshqarishni tartibga solishni ta’minlash zaruriyatini begilovchi omillar sifatida quyidagilar yuzaga chiqadi:

  • Iqtisodiyot tarmoqlari o‘rtasida ishlab chiqarishga sarflanadigan kapital sarflari qaytimi o‘rtasidagi farqlanish;

  • Qishloq xo‘jaligi tarmog‘ining boshqa tarmoqlardan farqlantiruvchi xususiyatlarining mavjudligi.

Davlat bozor sub’ektlari faoliyatiga ma’muriy dastaklar orqali emas, iqtisodiy vositalar yordamida ta’sir etib jamiyat miqyosida quyidagi ikkita muommoni hal qilinishiga erishadi.

  • Iqtisodiy omillar (resurslar)ni tarmoqlar o‘rtasida maqbul taqsimlanishiga erishish;

  • Yaratilgan yalpi ichki mahsulotni tarmoqlar va jamiyat a’zolari o‘rtasida zarur nisbatlarda taqsimlash va ijtimoiy adolat tamoyilini o‘rnatish.

Bozor iqtisodiyoti, shu jumladan agrar bozorning amal qilish mexanizmi ko‘plab asrlar davomida tarkib topib, shakllanib, hozirgi davrda madaniylashgan shaklni kasb etdi va ko‘pgina mamlakatlarda hukmron iqtisodiy tizimga aylandi. Mazkur iqtisodiyotning barqarorligi shu bilan izohlanadiki, uzoq davrli iqtisodiy evolyusiya davomida uning amal qilishining asosiy klassik qoidalari saqlanib qoldi.
Xususiy mulkchilikning paydo bo‘lishi va ijtimoiy mehnat taqsimotining ro‘y berishi bozor iqtisodiyotining kelib chiqishi va mavjud bo‘lishing umumiy sharoiti hisoblanadi. Xususiy mulkchilik va mehnat taqsimoti ijtimoiy xo‘jalikning tovar shaklini taqozo qiladi, tovar ishlab chiqarishning mavjud bo‘lishi o‘z-o‘zidan pul muomalasi, ayirboshlash, taqsimlash va iste’molning bozorga oid xususiyatini ko‘zda tutadi. Tovar ishlab chiqarishning rivojlanishi bozor iqtisodiyoti taraqqiyotining asosini tashkil etadi.
Bozor iqtisodiyotining samarali amal qilishi uchun muhim shartlari quyidagilarda o‘z aksini topadi:

Bozor mexanizmi – o‘z tarkibiga resurslarni shakllantirish va taqsimlash, tovarlar va xizmatlar sifatini baholash, mahsulot yoki ko‘rsatilgan xizmatlarga baho shakllanishidagi iqtisodiy vositalar hamda ularni samarali boshqarish usullarni oladi. Bular quyidagilardan tashkil topgan:
– bozorda ishtirok etuvchi sub’ektlar (sotuvchilar, xaridorlar, vositachilar)dan;
– ob’ektlar (tovar va resurslar bozorini turlari, er, ishchi kuchi, binolar)dan;
– sub’ektlar orasidagi manfaatli ob’ektiv iqtisodiy aloqalar, baholar shakllanishi tizimi va boshqa vositalardan iborat bo‘ladi.
Bozorda sotuvchi va xaridorlar o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli iqtisodiy aloqalar o‘z o‘rnida sotuvchi va iste’molchilarga aniq vazifalarni yuklaydi, ya’ni o‘zlariga ma’qul kelgan shartnomaga asosan, sotuvchi mahsulot yoki xizmatlarni sotish muddatlari hamda tovarni yetkazib berish majburiyatlarini olsa, xaridor esa o‘z navbatida, tovarni oldindan kelishilgan narxlarda sotib olish majburiyatini o‘z zimmasigi oladi.

Yüklə 241,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə