I bob. Bozor iqtisodiyotini tahlil qilish


-chizma. Zamonaviy bozor xo‘jaligi modellari



Yüklə 241,21 Kb.
səhifə13/14
tarix30.12.2023
ölçüsü241,21 Kb.
#167506
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bozor iqtisodiyoti sharoitida qishloq xo`jalik korxonalari faoliyatini boshqarish 11

2-chizma. Zamonaviy bozor xo‘jaligi modellari.
Bozor iqtisodiyotida yuqorida tilga olingan belgi va tartiblar bilan birga, barcha hozirgi zamon iqtisodiy tizimlariga xos bo‘lgan bir qator shart-sharoitlar bo‘lishi taqozo qilinadi. Bular quyidagilar: ilg‘or texnologiya va yangi texnik vositalardan keng miqyosda foydalanish; ishlab chiqarishning ixtisoslashishi.
Har qanday iqtisodiy tizim singari bozor iqtisodiyoti ham iqtisodiyotning umumiy muammolarini ifoda etuvchi quyidagi savollarga javob topishi zarur: nima va qancha miqdorda ishlab chiqarish zarur?, qanday texnika va texnologiya bilan ishlab chiqarish zarur?, kim uchun ishlab chiqarish zarur?
Agar bu savollarni umumiy ravishda qo‘yib, unga taraqqiyotning barcha bosqichlariga xos bo‘lgan umumiy javobni beradigan bo‘lsak, ularni lo‘nda qilib: aholi ehtiyoji uchun zarur miqdor va turdagi tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish; mavjud resurslardan samarali foydalanib, yangi texnika va texnologiyalar asosida ishlab chiqarish; aholi iste’moli uchun zarur ne’matlarni ishlab chiqarish, deb javob berish mumkin.
Lekin bozor iqtisodiyoti davrida bu savollarga mazkur tizimning o‘ziga xos tarixiy xususiyatidan, uning talablari va qonun-qoidalaridan kelib chiqib javob beriladi. Qisqacha qilib aytganda, bozor iqtisodiyoti sharoitida:
A) ko‘proq foyda beradigan tovarlar va xizmatlar ishlab chiqariladi;
b) puli bor, tovarlarni yuqori foyda olish imkonini beradigan narxlarda sotib olish layoqatiga ega xaridorlar uchun ishlab chiqariladi;
v) yuqori foyda olishni ta’minlaydigan, tejash imkonini beradigan texnika va texnologiya yordamida ishlab chiqariladi.
2.2. Agrar bozorni mahsulotlar bilan to‘ldirishda bozor iqtisodiyotining afzalliklari va ziddiyatlari
Bozor iqtisodiyotining samarali, xalqchil va barqaror iqtisodiy tizim sifatida amal qilishi va rivojlanishi uning afzalliklari bilan bog‘liqdir. Bozor iqtisodiyotining afzalliklari quyidagi jihatlar orqali ifodalash mumkin:
1) resurslarni taqsimlashning samaradorligi. Bozor tizimi resurslarni samarali taqsimlashga yordam beradi. Buning mazmuni shuki, raqobatli bozor tizimi resurslarni jamiyatga eng zarur bo‘lgan tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishga yo‘naltiradi. U ishlab chiqarish uchun resurslarni uyg‘unlashtirishning ancha samarali usullarini va ishlab chiqarishga yangi, ancha samarali texnologiyani qo‘llashni taqozo etadi. Qisqasi, bozor tizimi shaxsiy manfaatni shunday tartibda boshqa radiki, u jamiyat uchun mavjud resurslardan zarur tovarlarni talab darajasidagi miqdorda ishlab chiqarishni ta’minlaydi;
2) Erkinlik. Bozor iqtisodiyoti tizimining muhim afzalliklaridan biri shundaki, u shaxsiy erkinlik roliga ustivorlik beradi. Ko‘plab ayrim shaxslar va korxonalar iqtisodiy faoliyatini uyg‘unlashtirish tashkil qilishning asosiy muammolaridan biridir. Bunday uyg‘unlashtirishni amalga oshirishning ikki usuli mavjud.
Biri – markazdan boshqarish va majbur qilish tadbirlarini qo‘llash;
ikkinchisi – bozor tizimi vositasi orqali ixtiyoriy hamkorlik.
Faqat bozor tizimigina iqtisodiy faoliyatni majbur qilmasdan uyg‘unlashtirishga layoqatlidir. Bozor iqtisodiyoti tadbirkorlik va tanlash erkinligini namoyish qiladi, xususan shu asosda u muvaffaqiyatga erishadi.
3) harakatchanlik. Bozor iqtisodiyotining yana bir afzalligi shundaki, bunda har bir shaxs, korxona, firma va korporatsiyalar tinimsiz harakatda va izlanishda bo‘lishadi. Chunki xo‘jasizlik, sustkashlik, beg‘amlik har qanday xo‘jalik tizimini xonavayron qilishga olib keladi. Jismoniy va yuridik shaxslar raqobatga bardosh berish, doimiy ravishda foyda olishni ta’minlash uchun kurashadi. Natijada bozor iqtisodiyoti million-million kishilarni harakatga soladi, ularni boqimandalik kayfiyatidan qutqaradi.
Bozor iqtisodiyotning yuqorida ko‘rib chiqilgan aosiy afzalliklari bilan bir qatorda boshqa ko‘plab ijobiy jihatlarini ham sanab o‘tish mumkin. Jumladan:

  • uning ishlab chiqarishning o‘zgaruvchan sharoitlariga moslashuvi va ko‘nikishining yuqori darajasi;

  • fan va texnika yutuqlaridan foydalanish, ularni ishlab chiqarishga joriy etishning jadal sur’ati;

  • turli-tuman ehtiyojlarni qondirish, mahsulot sifatini oshirish qobiliyati;

  • buzilgan muvozanatni nisbatan tezlik bilan qayta tiklash;

  • cheklangan axborot – turli resusrlarning narx darajasi va ularning sarflanish darajasiga yo‘nalgan holda bozor iqtisodiyotining muvaffaqiyatli amal qila olish imkoniyati.

Bozor iqtisodiyotining asosiy ziddiyati – raqobatning kuchsizlanishiga yo‘l qo‘yish va uni rag‘batlantirish. Raqobat kuchsizlanishining ikkita asosiy manbai mavjud:
1) bozor iqtisodiyotidagi erkin muhitda tadbirkorlar foyda ketidan quvib va o‘z iqtisodiy mavqeini yaxshilashga intilib, raqobatning cheklangan yo‘lidan ozod bo‘lishga harakat qiladilar. Firmalarning qo‘shilib ketishi, kompaniyalarning xufyona kelishuvi, shafqatsiz raqobat – bularning hammasi raqobatning kuchsizlanishi va uning tartibga soluvchilik ta’sirining pasayib borishiga olib keladi;
2) bozor tizimi rag‘batlantiradigan texnika taraqqiyoti ham raqobatning zaiflashishiga olib keladi. Eng yangi texnologiya, odatda: A) juda katta miqdordagi real kapitaldan foydalanishni; b) yirik bozorlar bo‘lishini; v) kompleksli, markazlashgan va qat’iyan bir butun bo‘lib birlashgan bozorning tarkib topishi; g) boy va ishonchli xom-ashyo manbalarini talab qiladi. Bunday texnologiya bozorning hajmiga nisbatan keng miqyosdagi hisoblanuvchi ishlab chiqaruvchilar mavjud bo‘lishi zarurligini bildiradi. Boshqa cha aytganda, eng yangi texnologiyani qo‘llash asosida ishlab chiqarishning eng yuqori samaradorligiga erishish, aksariyat hollarda ko‘p miqdordagi mayda firmalar emas, uncha ko‘p bo‘lmagan yirik ishlab chiqaruvchilar mavjud bo‘lishini taqozo qiladi.
Bozor tizimi jamiyatni ehtiyoji yuqori bo‘lgan tovarlar bilan ta’minlashiga ham kafolat bermaydi. Raqobatning kuchsizlanib borishi iste’molchining erkinligiga ham putur etkazadi. Bozor tizimi o‘zining iste’molchining xohishiga ancha mos keluvchi resurslarni taqsimlash layoqatini ham yo‘qotib borishi mumkin.
Bozor iqtisodiyotning navbatdagi ziddiyati – jamiyat a’zolari daromadlaridagi tengsizlikning kuchayib borishi va aholining tabaqalanishidir. Bunday iqtisodiyot har qanday yuksak darajada rivojlanmasin daromadlar tengsizligini bartaraf qila olmaydi, faqat uni ma’lum darajada yumshatish mumkin.
Bozor iqtisodiyotining umumiy e’tirof qilingan ziddiyatlaridan biri – ijtimoiy ne’matlar va xizmatlarni ishlab chiqarib, bozorga taklif qilishga qodir emaslikdir. Shu sababli jamiyat a’zolarini bunday ne’matlar va xizmatlar bilan ta’minlash davlat zimmasida bo‘ladi.
Bozor iqtisodiyotining ziddiyatli tomonlaridan yana biri – tovarlar hajmi bilan pul massasi o‘rtasidagi ro‘y berib turadigan nomuvofiqlikni bartaraf eta olmasligidir.

Xulosa
Bozor ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar, sotuvchilar va xaridorlar o‘rtasida pul orqali ayirboshlash (oldi-sotdi) jarayonida bo‘ladigan iqtisodiy munosabatlar yig‘indisidir. Bunda bozorning moddiy asosini joy emas, balki tovar va pulning harakati tashkil etadi. Bozor tushunchasi faqat ayirboshlash jarayonidagi iqtisodiy munosabatlarni o‘z ichiga oladi. Unda oldi-sotdi jarayonidagi zarur bo‘lgan xizmatlar bajariladi.
Bozorga sotishga chiqarilgan tovar va xizmatlar talabga nisbatan kam bo‘lsa narxlar oshib ketadi, ayirboshlashning ekvivalentlik muvozanati buziladi, natijada tovarni sotuvchi me’yoridan ortiqcha daromad olib, tez boyiydi yoki aksincha, bozorda tovarlar miqdori talab miqdoridan oshib ketsa, narxlar pasayib ketib, sotuvchilar zarar ko‘radilar. Buning ustiga ishlab chiqarish jarayonida sustkashlik, no‘noqlik va xo‘jasizlik yuz berib, ortiqcha xarajatlarga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa, zarar yanada oshib ketadi, chunki bozor bunday ortiqcha behuda sarflarni hisobga olmaydi.
Bozor sub’ektlari ikki guruhga – sotuvchi va xaridorlarga bo‘linib, ular bozor munosabatlarining turli vazifalarini bajaradi. Sotuvchilar bozorga tovar va xizmatlarni taklif etadi, xaridorlar esa ularga talab bildiradi. Bozor o‘z sub’ektlari manfaatini bir-biriga bog‘lab, ularni muvofiqlashtiradi.
Bozorning asosiy vazifasi ishlab chiqaruvchilar tomonidan yaratilgan tovar va xizmatlarni, iqtisodiy resurslarni iste’molchilarga etkazib berishdan iboratdir. Bu yerda bozor ishlab chiqarish bilan iste’molni bir-biriga bog‘laydi, ishlab chiqarilgan tovar yoki xizmat o‘z iste’molchisini topadi.
Bozor ayirboshlash kategoriyasi bo‘lib, ishlab chiqarishning uzluksiz takrorlanib turishiga yordam beradi. Ishlab chiqarish, yangidan boshlanishi uchun yaratilgan tovarlar sotilishi va ularning pulga aylanishi, puldan esa kerakli iqtisodiy resurslar xarid qilinishi zarur.


Yüklə 241,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə