I bob. Elektronika va sxemalar1 faniga kirish fanning maqsad va vazifalari reja


§. Elektr zanjirlar nazariyasi, ularning xarakteristikalari



Yüklə 29,67 Kb.
səhifə3/3
tarix07.10.2023
ölçüsü29,67 Kb.
#126025
1   2   3
1-ma\'ruza

1.3. §. Elektr zanjirlar nazariyasi, ularning xarakteristikalari
Elektronika va sxemalar fanining asosida Elektr zanjirlar nazariyasi fani turadi. Elektr zanjir— elektr energiyasi manbalari, qabul qilgichlari (isteʼmolchilari) va ularni bir-biriga tutashtiruvchi oʻtkazgichlar (simlar) majmui. Elektr zanjiri tarkibiga ulab uzgichlar (viklyuchatellar), qayta ulagichlar (pereklyuchatellar), saqlagichlar, himoyalash va kommutatsiya (uzibulash) apparatlari, oʻlchash va nazorat asboblari va boshqalar ham kiradi. Elektr zanjiri yordamida elektr energiyasi (elektromagnit energiya yoki zanjirida elektr toki, elektr yurituvchi kuch EYUK, potensiallar farqi mavjud boʻlgan boshqa tur energiya) uzatiladi, tarqatiladi hamda kuchlanishi pasaytiriladi yoki oshiriladi. Elekt energiyasi manbalarida biror turda gi energiya (suv, issiqlik va boshqalar energiyasi) elektr energiyasiga, qabul qilgichlar (isteʼmolchilar)da elektr energiyasi issiqlik, mexanik va boshqa tur energiyaga aylantiriladi. Elektr zanjiri rejim (ish maromi) barcha qismalardagi tok va kuchlanish qiymatiga bogʻliq boʻladi. Elektr zanjiridagi tok, EYUK va kuchlanish oʻrtasidagi munosabat Kirxgof qonunlari bilan tushuntiriladi. Elektr zanjiri oʻzgaruvchan va oʻzgarmas tok zanjirlariga boʻlinadi. Elektr zanjirining asosiy elementlari: rezistor, induktivlik gʻaltagi, elektr kondensator va boshqalar hisoblanadi.
Elektr zanjirlarini hisoblashdagi asosiy vazifa tokning zanjir tarmoqlarida shunday taqsimlanganligini anitqlashdir. Bu vazifa elektr zanjiri uchun asosiy bulgan Om va Kirxgof qonunlaridan foydalanib hal etiladi. Murakkab elektr zanjirlarining ishlashini tahlil qilish va hisoblash uchun Kirxgofning ikkala qonuniga asoslangan bir nechta usullar ishlab kiritilgan. Ammo konkret sharoitda berilgan elektr zanjiri sxemasidagi elementlarning joylashuviga (konfiguratsiyasi) ko'ra va masalada qo'yilgan sharoitlarga binoan uni qaysi usul bilan yechish
samarali bo'lsa, o'sha usuldan foydalanish tavsiya etiladi. Quyida elektr zanjirlarini
hisoblashning amalda keng tarqalgan usullari bilan tanishib chiqamiz.
Kirxgofning birinchi va ikkinchi qonunlaridan foydalanib, har qanday murakkablikdagi taqsimlangan elektr zanjiri uchun kerakli tenglamalarni tuzgandan so'ng ularni birgalikda yechib, zarur kattaliklarni kiritib olish. Kirxgof qonunlariga asoslanib tenglamalar tuzishdan avval quyidagi tartib va qoidalarga
rioya qilish lozim:

  1. Berilgan elektr zanjiri sxemasini iloji boricha soddalashtirish.

  2. Berilgan elektr zanjiri sxemasini mustaqil konturlarga ajratish.

  3. Sxemada avvaldan berilgan EYUK kuchlanish va toklarning hamda avvaldan noma'lum bo'lgan toklarning ixtiyoriy shartli musbat yo'nalishini ko'rsatish (tanlash).

  4. Sxemadagi har bir berk konturni aylanib chiqishning ixtiyoriy yo'nalishini ko'rsatish (tanlangan yo'nalish bo'yicha tuzilgan tenglamalar o'zaro bog’liq bo'lmasin).

  5. Kirxgofning birinchi qonuni bo'yicha r — 1 (r — sxemadagi tugunlar soni) hol uchun toklar tenglamasini tuzish, aks holda oxirgi tugun uchun tuzilgan tenglama avvalgilariga bog'liq bo'lib qoladi.

  6. Kirxgofning ikkinchi qonuniga ko'ra (o'zaro bog'liq bo’lmagan) K — (r — 1) yetishmovchi tenglamalarni tuzish, 2) noma'lum toklar sonini aniqlash.

  7. Kirxgof qonunlari bo'yicha tuzilgan tenglamalar soni sxemadagi tarmoqlar soniga teng bo'lishi kerak.



Mustаhkаmlаsh uchun sаvollаr

  1. Elektronikaning rivojlanish bosqichlari, har bir bosqida qanday yangi ixtirolar qilingan?

  2. Elektronika va sxemalar fanining rivojida xorijiy yetuk olimlarining hissalari nimalardan iborat?

  3. Elektronika va sxemalar fanining rivojida o’zbek yetuk olimlarining qo‘shgan hissalari?

  4. Elektr zanjirlar nazariyasi, ularning xarakteristikalari qanday?

  5. Elektronika va sxemalarda tenglama tuzishda qanday qoidalar mavjud?

Yüklə 29,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə