I bob. Maktabgacha ta'lim tashkilotida "ilk qadam" davlat o'quv dasturini bajarilishi va rahbar nazorati



Yüklə 190,41 Kb.
tarix25.12.2023
ölçüsü190,41 Kb.
#161253
Mavzu “ilk qadam”davlat o’quv dasturi asosida maktabgacha ta’li-fayllar.org


Mundarija
KIRISH
I BOB. MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTIDA “ILK QADAM” DAVLAT O'QUV DASTURINI BAJARILISHI VA RAHBAR NAZORATI
1.1. Maktabgacha ta'lim tashkilotida “Ilk qadam” davlat o'quv dasturini bajarilishi.
1.3. Ta'lim sohasidagi qonun hujjatlarida ta'lim tizimini boshqarish.
II.BOB. “ILK QADAM”DAVLAT O‘QUV DASTURI ASOSIDA MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA FAOLIYAT MARKAZLARIDA TA’LIM JARAYONLARINI TASHKIL QILISH.
2.1.Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim shakli.
2.2.Mashg‘ulotda tarbiyachining yetakchilik roli va innovatsion yondashuvi.
XULOSA.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI.
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5712-son Farmonida ta’lim sifatiga mas’ul idora, tashkilotlar oldiga “uzluksiz ta’lim tizimini mazmunini sifat jihatidan yaxshilash, shuningdek, professional kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, o‘qitish metodikasini takomillashtirish, ta’lim-tarbiya jarayoniga individuallashtirish tamoyillarini bosqichma-bosqich tatbiq etish” kabi qator muhim vazifalar qo‘yildi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida “jismonan sog‘lom, ruhan va aqlan rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, Vatanga sodiq, qat’iy hayotiy nuqtayi nazarga ega yoshlarni tarbiyalash” masalalari ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilandi. Bu vazifalarni amalga oshirishda maktabgacha ta’limning o‘rni alohida ahamiyatga ega. Bolalarni maktab ta'limiga ruhiy jihatdan tayyorlashni ularning boshlang'ich sinflarda dastur materialni yaxshi o'zlashtirib olishlarini ta'minlovchi bilim va malakalar mashg'ulotlar jarayonida xosil qilinadi. Mashg'ulotlarda bolalarda mustaqil fikr yuritish, malakasi tarkib toptiriladi, tarbiyachilarga quloq solish, ularning fikriga ergashish, hikoya qilinayotgan hikoyalardan voqeadagi asosiy g'oyalarni ajrata olish, qisqacha umumlashtirish kabi malakalarni rivojlantirishga katta e'tibor beriladi.
Mashg'ulotlarda ta'lim berish bolalardan aqliy va jismoniy zo'r berishni talab etadi, ya'ni u bolani aktiv faoliyati bilan bog'liq bo'lib bola ma'lum natijaga erishish uchun intiladi, bu esa boladan uzoq davomli ixtiyoriy diqqatni talab etadi. Shuning uchun mashg'ulotga tayyorlanishda bolalar yoshini, imkoniyatini e'tiborga olish zarur: mashg'ulotning vaqtini, kun tartibidagi o'rnini dasturning har xil bo'limlarini to'g'ri almashtirib turishni oldindan o'ylab, aniq belgilab olish zarur.

I BOB. MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTIDA “ILK QADAM” DAVLAT O'QUV DASTURINI BAJARILISHI VA RAHBAR NAZORATI.


1.1. Maktabgacha ta'lim tashkilotida “Ilk qadam” davlat o'quv dasturini bajarilishi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev “Zamonaviy maktabgacha ta’lim sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazishda muhim o‘rin tutadi” deya ta’kidlaydi.
Respublika Prezidentining 2017-yil 30-sentabrdagi PQ-3305-son “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori hamda, 2016-yil 29-dekabrdagi PQ-2707-son “2017-2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-noyabrdagi 929-son “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi to‘g‘risidagi nizomi maktabgacha ta’limga bolalarni sifatli tayyorlash, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida moddiy texnika bazasini mustahkamlash, maktabgacha ta’lim tashkilotlarining davlat va nodavlat tarmog‘ini kengaytirish va shu orqali maktabgacha ta’limga bola qamrovini oshirish va sohaga ilg‘or xorij tajribalarini tadbiq qilish imkononi beradi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya jarayoni ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari va “Ilk qadam” davlat dasturi asosida rejalashtiriladi.
Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi tasarrufidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni sifatli maktab ta’limiga tayyorlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
umladan,
1. “Ilk qadam”
asturini ta’lim-tarbiya jarayonga tadbiq etish, dasturni to‘laqonli ishlab ketishida metodik ta’minot va metodik yordamning o‘rni belgilab
lindi. 2. “Ilk qadam” dasturi asosida barcha yosh guruhlarida mavjud markazlar hamda umumiy guruhda ishlashni tashkil etishda tarbiyachining o‘rniga alohida e’tibor qaratildi. Ta’lim tashkilotining ishchi o‘quv dasturi tashkilot pedagoglari tomonidan ota-onalarni jalb etgan holda tuziladigan va amaldagi qonunchilik tartibida tasdiqlanadigan qilib belgilandi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi asosida 5 ta markazda faoliyat yuritadilar. Bular quyidagilardir:
1. Til va nutq markazi. (Nutq o‘stirish, tabiat, atrof-olam va badiiy adabiyot bilan bog‘liq mashg’ulotlar)
2. Qurish-yasash, konstruksiyalash va matematika markazi. (Qurish yasash va matematika mashg‘ulotlari)
3. San’at markazi (Rasm, applikatsiya, loy qurish, yasash mashg‘ulotlari va origami)
4. Syujetli-rolli o‘yinlar va dramalashtirilgan markaz. (Guruh yoshiga mos bo‘lgan syujetli qoidali o‘yinlar)
5. Ilm-fan va tabiat markazi. (Tabiat, atrofi olam bilan tanishtirish mashg‘ulotlari)
Markazlardagi faoliyatlar tahliliga to‘xtaladigan bo‘lsak, til va nutq markazida bolalarning do‘stlari orasida o‘z fikrlarini bera olishlari, mavzu asosida hikoyalar tuzish, savol-javoblar qilish, bolalarga suhbatlar tashkil etish imkoniyati mavjud bo‘ladi. Bola markazda o‘zi xohlagan mavzusida hikoyalar tuzishi ham mumkin.
Qurish-yasash, konstruksiyalash va matematika markazida bolalarda sensor tarbiya, ijodkorlik rivojlanadi. Bola bir vazifani bajarishi orqali ham qurish –yasash ham matematika bilan shug‘ullanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bolalarni o‘yin jarayonida tinglansa “Menga yashil rang kerak”, “Men yasagan uycha ikki qavatli”, “Seniki kichkina, meniki esa kattakon”, “Meni mashinamga 10 ta odam sig‘adi” degan jumlalarni eshitasiz. Demak bolalarning muloqatida qo‘shish, ayirish, taqqoslash, kattalik kabi ilk matematik tasavvurlar kengayib boradi.
San’at markazida bolalarni kayfiyatini ko‘tarish imkoni mavjud. Bolalarning ijodiy qobiliyatlari qo‘llab-quvvatlanadi. San’atning rassomlik, haykaltaroshlik, turlariga hammaga ham bir xil iqtidor berilmagan. Shu sababli bunda faqat iqtidorli bolalar ishtirok etadi. Markaz kerakli jihozlar bilan to‘liq ta’minlansa, yasash, chizish texnologiyalari ertalabki, kechki soatlarda o‘rgatilsa, markaz ishi rivojlanadi. Oilada bolaga bunday sharoit har doim ham yaratib berilmaydi. Markazda ishlasa bolaning mayda motorikasi rivojlanadi. Mayda motorikaning rivojlanishi esa, bola nutqining rivojlanishiga sabab bo‘ladi.
Syujetli-rolli o‘yinlar va dramalashtirilgan markaz bolalar iqtidorini namoyon bo‘lishi, o‘z mahoratini ko‘rsatishi uchun juda qulay muhitdir. Bu markazni bolaning “Men”ini shakllantiruvchi markaz deb ham atash mumkin. Markazdagi barcha jihozlar bolalar hayotida uchraydigan jihozlar bo‘lib, o‘yin jarayonida bola ulardan foydalanishni o‘rganadi, kasblar bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ladi. O‘yinda oila a’zolarining o‘zaro munosabatlari aks etadi va ular orqali ahloqiy tarbiya olish (tarbiyachi uchun esa oiladagi muhitni o‘rganish) imkoni yaratiladi.
Ilm-fan va tabiat markazida tajriba sinov maydonchasida o‘tkazilayotgan tajribalar bolalarda qiziqish uyg‘otadi va ularni yangi ixtirolar qilishga undaydi. Bu markaz bolalarni tabiat va undagi hodisalarni bilish uchun eng katta imkoniyat markazi hamdir. Markaz faoliyati to‘g‘ri tashkil etilsa bolalar tabiat haqidagi bilimlarning 90%ini o‘zlashtiradi. Markaz nafaqat bolalarda balki pedagoglarda ham qiziqish uyg’otadi. Hayotimiz davomida ishlatiladigan narsalarni qayerdan kelganligini, ulardan nimalar olinganligi haqidagi ma’lumotlar bolalarning o’z qo‘llari bilan urug‘larni tuvaklarga sepish orqali unga suv qo‘yishi va urug‘ unib chiqishi bola uchun juda qiziqarli holatlar sanaldi.
Yuqorida izohi keltirib o‘tilgan markazlar faoliyati bolani maktab ta’limiga tayyorlashda rivojlantiruvchi muhit vazifasini bajarib, shu o‘rinda 6-7 yoshli bolalarning maktabga tayyorgarlik xaritasini ilova qilib o‘tishni joiz deb bildik. Zero, mazkur yoshdagi bolaning rivojlanish xaritasi ta’lim jarayonining muvaffaqiyatliligi va samaradorligini aniqlaydi. Masalan boladagi,
1. Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish
2. Ijtimoiy-hissiy rivojlanish
3. Nutq, muloqot, o‘qish va yozish ko‘nikmalari
4. Bilim olish (anglash orqali rivojlanish)
5. Ijodiy rivojlanish kabilar uni maktab muhitiga tayyorlovchi asosiy me’zonlar sanaladi.
O‘quv yili yakuniga yetgandan so‘ng maktabga tayyorlov guruhi bo‘yicha o‘tkazilgan monitoringa asosan amalga oshirilgan ishlarni kutilayotgan natijalar bilan taqqoslash ishlari o‘tkaziladi va bu orqali MTTning keyingi o‘quv yiliga mo‘ljallangan ustivor vazifalarini belgilaydi.
Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash kerakki, bolalarni rivojlantiruvchi markazlarda faoliyat yuritishlari ularni maktab ta’limiga tayyorlashda har tomonlama yetuk aqliy va jismoniy barkamol bo‘lib ulg‘ayishlariga, ularda milliy qadriyatlar va urf-odatlarga sodiq bo‘lib shakllanishlari uchun zamin yaratadi, ularning kasb-hunarga bo‘lgan qiziqishlarini orttiradi.
“Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi Maktabgacha Ta’lim tashkilotining davlat o‘quv dasturi “O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshidagi bolalarni rivojlantirish borasidagi Davlat talablari”ga muvofiq ishlab chiqilgan me’yoriy-huquqiy hujjat bo‘lib, unda maktabgacha Ta’lim tashkilotining maqsad va vazifalari, o‘quv-tarbiyaviy faoliyatning asosiy g‘oyalari, maktabgachayoshdagi bolalarni ta’limning keyingi bosqichiga o‘tishidagi asosiy kompetensiyalari belgilab berilgan. O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan quyidagi ta’lim muassasalarida:
- davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari; - maktabgacha ta’lim sohasida xizmat ko‘rsatuvchi nodavlat muassasalari; - maktabgacha guruhlarga ega bo‘lgan «Mehribonlik» bolalar uylari; - maktabgacha va boshlang‘ich ta’limni nazorat qiluvchi boshqaruv organlarida – ushbu davlat o‘quv dasturini qo‘llash majburiydur.
Davlat o‘quv dasturi 7bobdan iborat bo‘lib, I-bobda MTT davlat o‘quv dasturini qo‘llash va MTTning maqsad va vazifalari aks ettirilgan.
Davlat o‘quv dasturi variativ o‘quv dasturlarini yaratishda majburiy tayanch hujjat hisoblanadi.
Ta’lim muassasalari Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan variativ o‘quv dasturlaridan foydalanish huquqiga ega. Ta’lim tashkiloti Davlat o‘quv dasturi asosida o‘zining MTT ishchi o‘quv dasturini ishlab chiqish huquqiga ega. Ta’lim tashkilotining ishchi o‘quv dasturi muassasa pedagoglari tomonidan ota-onalarni jalb etgan holda tuziladi va amaldagi qonunchilik tartibida tasdiqlanadi1. Davlat o‘quv dasturidaMTTningquydagi maqsad va vazifalari belgilab berilgan.
- bolaning individual ehtiyojlarini hisobga olgan holda ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlanishiga oid Davlat talablari asosida hamda Davlat o‘quv dasturiga muvofiq uning har tomonlama va barkamol rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish; - maktabgacha yoshdagi bolalarning o‘quv-tarbiyaviy faoliyatini tashkil qilish va amalga oshirish;
- bolalarning ilk rivojlanishi masalalarida ota-onalar va jamiyatga tegishli bilimlar berishni tashkil etish va amalga oshirish; - bolalarning ilk rivojlanishi masalalarida oila va jamiyat bilan o‘zaro hamkorlikni tashkil qilish va amalga oshirish. II-bob:- MTT ta’lim jarayonining maqsad va tamoyillari deb nomlanib, u quydagilarni: -MTT ta’lim jarayonining maqsadlari -MTTda ta’lim jarayonini tashkil qilish tamoyillari -Qo‘shimcha ta’lim xizmatlarini tashkil qilish -Alohida ehtiyojga ega bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan ta’lim faoliyati -Ota-onalar bilan hamkorlikni o‘z ichiga oladi.
Davlat dasturida MTT ta’lim jarayonining maqsad va tamoyillari aks ettirilgan bo‘lib:
-O‘quv-tarbiyaviy jarayonning maqsadi bolalarda umumiy kompetensiyalar va rivojlanish sohalari kompetensiyalarini shakllantirish uchun tegishli sharoitlar yaratishdan iboratdir. MTTda ta’lim jarayonini tashkil qilish tamoyillari: - bola huquqlari, o‘ziga xos rivojlanish xususiyat va salohiyatlarini hisobga olish;
- ta’lim jarayonida barcha turdagi rivojlanish sohalarining o‘zaro bog‘liqligi; - bola salomatligini asrash va mustahkamlash, uning ehtiyojlari, shu jumladan, uning harakatlanish ehtiyojlarini qondirish; - bolaning ijodiy qobiliyatlarini qo‘llab-quvvatlash; - o‘yin orqali ta’lim berish va rivojlantirish; - bolaning rivojlanishi va ijtimoiy moslashishi uchun qulay muhit yaratish; - bola uchun xavfsiz muhitni ta’minlash; - MTTning oila, mahalla va maktab bilan hamkorligi; - milliy madaniy an’analar qadriyatini oshirish va boshqa millatlar madaniyatiga hurmat, boshqa millatlar madaniyatining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish;
Alohida ehtiyojga ega bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan ta’lim faoliyati Maktabgacha Ta’lim tashkilotida alohida ehtiyojga ega bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamoaviy ish hisoblanadi va uni amalga oshirish uchun maktabgacha Ta’lim tashkiloti rahbari javobgar bo‘ladi. Zarurat tug‘ilganda, pedagoglar tarkibi va maktabgacha Ta’lim tashkiloti rahbariyati, tor ixtisosdagi mutaxassislarni jalb etgan holda, bola (uning rivojlanishi) uchun o‘quv-tarbiyaviy faoliyatning individual rejasini tuzadi.
Ota-onalar bilan hamkorlik Bolaning har tomonlama rivojlanishini ta’minlash uchun maktabgacha Ta’lim tashkiloti ota-onalar bilan o‘zaro hamkorlikning quyidagi shakllarini tashkil qilishi mumkin:
- ota-onalarning maktabgacha Ta’lim tashkiloti borasidagi fikrlarini hisobga olish;
- ilk rivojlanish masalalarida ota-onalarga bilim berish; - ota-onalarni o‘quv-tarbiyaviy jarayonda faol qatnashishga jalb etish; - ota-onalarning muassasa hayotida ishtirok etish borasidagi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash.
III-bob:- Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berishda kompetensiyaviy yondashuv deb nomlanib, dasturning majburiy 5ta ta’lim soxasini o‘z ichiga oladi.
- «Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish» sohasi kompetensiyalari - «Ijtimoiy-hissiy rivojlanish» sohasi kompetensiyalari - «Nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari» sohasi kompetensiyalari - «Bilish jarayonining rivojlanishi» sohasi kompetensiyalari - «Ijodiy rivojlanish» sohasi kompetensiyalari
Maktabgacha yoshdagi (6-7 yosh) bolaning umumiy muhim kompetensiyalari Kompetensiya bolaning bilim, ko‘nikma, malaka va qadriyatlari majmuidir.Boshlang‘ich kompetensiyalar, rivojlanish sohasidan qat’i nazar, bola shaxsi shakllanishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Kommunikativ kompetensiya – muloqot vositalaridan turli vaziyatlarda foydalana bilish ko‘nikmasi.
O‘yin kompetensiyasi – bolaning o‘yin jarayoni va uni tashkil qilishda tajriba, bilim va ko‘nikmalardan ijodiy foydalanishi. O‘quv-tarbiyaviy faoliyat uchun asos hisoblanadi.
Ijtimoiy kompetensiya – hayotiy vaziyatlarda kattalar va tengdoshlar bilan muloqotda axloq qoidalari va me’yorlariga rioya qilgan holda o‘zini tutish mahorati.
Bilish kompetensiyasi – atrofdagi olamni ongli ravishda idrok qilish va olingan bilim, ko‘nikma, malaka va qadriyatlardan o‘quv va amaliy vazifalarni hal qilish uchun foydalanish.
VI- O‘quv-tarbiyaviy faoliyat bobida O‘zbekiston Respublikasidagi barcha MTTlarda tashkil etiladigan o‘quv va tarbiyaviy ishlarini tashkil etish masalalarini o‘z ichiga oladi.
Bunda:- MTTlarda o‘quv-tarbiyaviy faoliyatni rejalashtirish turlari yillik mavzuviy va haftalik ish rejalari va tarbiyachi tomonidan rejalashtirishni amalga oshirish yoritib beriladi.
O‘quv-tarbiyaviy faoliyat «O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktab yoshidagi bolalarni rivojlantirishga oid davlat talablari» asosida amalga oshiriladi. V-bob Bolaning rivojlanish sohalari bo‘yicha yutuqlari MTT pedagoklari tomonidan:- bolaning rivojlanishini kuzatib borish xaritasiyiliga uch marta to‘ldiriladi2(3 dan 7 yoshgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga olgan) shuninkdek 6-7 yoshdagi bolaning maktabga tayyorlik xaritasi xam to‘ldiriladi. Buxarita Davlat dasturiga muvofiq bolarivojlanishning beshta sohasi kompetensiyalari bo‘yicha kutilayotgan natijalar ifodalanadi.
1.2. Ta'lim sohasidagi qonun hujjatlarida ta'lim tizimini boshqarish
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ta'lim sohasidagi vakolatlari. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ta'lim sohasidagi vakolatlariga quyidagilar kiradi: ta'lim sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;ta'lim sohasidagi davlat boshqaruvi organlariga rahbarlik qilish; ta'limni rivojlantirish dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
ta'lim tashkilotlarini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish tartibini belgilash;
ta'lim tashkilotlarini akkreditatsiyadan, pedagog, ilmiy kadrlarni attestatsiyadan o'tkazish tartibini belgilash;
boshqa davlatning ta'lim tashkilotlariga O'zbekiston Respublikasining hududida ta'lim faoliyati bilan shug'ullanish huquqini beruvchi ruxsatnomalar berish;
qonun hujjatlariga muvofiq xorijiy davlatlarning ta'lim to'g'risidagi hujjatlarini tan olish va bu hujjatlarning ekvivalent ekanligini qayd etish tartibini belgilash;
davlat ta'lim standartlarini tasdiqlash;
davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi ma'lumot to'g'risidagi hujjatlarni tasdiqlash va ularni berish tartibini belgilash;
davlat grantlari miqdorini va ta'lim tashkilotlariga qabul qilish tartibini belgilash;
davlat oliy ta'lim tashkilotining rektorlarini tayinlash;
ta'lim oluvchilarni akkreditatsiya qilingan bir ta'lim tashkilotidan boshqasiga o'tkazish tartibini belgilash;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlar.
Ta'limni boshqarish bo'yicha vakolatli davlat organlarining huquq doirasiga quyidagilar kiradi: ta'lim sohasida yagona davlat siyosatini ro'yobga chiqarish; ta'lim tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va uslub masalalarida ularga rahbarlik qilish; davlat ta'lim standartlari, mutaxassislarning bilim saviyasi va kasb tayyorgarligiga bo'lgan talablar bajarilishini ta'minlash;o'qitishning ilg'or shakllari va yangi pedagogik texnologiyalarni, ta'limning texnik va axborot vositalarini o'quv jarayoniga joriy etish;o'quv va o'quv-uslubiy adabiyotlarni yaratish va nashr etishni tashkil qilish; ta'lim oluvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi va davlat ta'lim tashkilotlarida eksternat to'g'risidagi nizomlarni tasdiqlash;davlat oliy ta'lim tashkilotining rektorini tayinlash to'g'risidagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish; pedagog xodimlarni tayyorlashni, ularning malakasini oshirishni va qayta tayyorlashni tashkil etish; qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlar.
Ta'lim tashkilotini boshqarish. Ta'lim tashkilotini uning rahbari boshqaradi. Ta'lim tashkilotlarida qonun hujjatlariga muvofiq faoliyat ko'rsatadigan jamoat boshqaruvi organlari tashkil etilishi mumkin.
II.BOB. “Ilk qadam”davlat o‘quv dasturi asosida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat markazlarida ta’lim jarayonlarini tashkil qilish.
2.1.Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim shakli.
Maktabgacha ta'lim tashkilotlarining davlat o'quv dasturi "O'zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirish borasidagi Davlat talablariga muvofiq ishlab chiqilgan me'yoriy-huquqiy hujjat bo'lib, unda maktabgacha ta'lim tashkilotlarining maqsad va vazifalari, o'quv-tarbiyaviy faoliyatning asosiy g'oyalari, maktabgacha yoshdagi bolalarni ta'limning keyingi bosqichiga o'tishidagi asosiy kompetensiyalari belgilab berilgan1.
Mashg'ulot ta'lim tashkilotda bolalarga ta'lim berishning asosiy shaklidir. Mashg'ulot - pedagogning bolalarni kerakli bilim va malakalardan frontal holda xabardor qilishidir. Tarbiyachi bolalarga ta'lim berishni kun davomida amalga oshiradi: ularning bilimlarini boyitadi, madaniy, gigenik, xulq madaniyati, gaplashish nutqi, sanoq-hisob harakatlari kabi turli tuman malaka va ko'nikmalarini shakllantirib boradi. Ammo ta'lim berishda bosh rolni mashg'ulot egalaydi. Mashg'ulotlar maktabgacha ta'lim tashkilotida ta'limni tashkil etish shaklidir.
Ta'lim shakli deganda ta'lim beruvchi pedagog va bolalarning maxsus tashkil etilgan faoliyati tushuniladi va kun tartibida ma'lum bir vaqtda o'tkaziladi.
Ta'lim shakli bolalar soni, pedagog va bolalar o'rtasidagi o'zaro ta'sir xususiyatiga, o'tkazish joyiga shuningdek kun tartibida egallagan o'rniga qarab bir-biridan farq qiladi.
Maktabgacha ta'lim tashkilotida ta'limning frontal (umumiy), jamoaviy va yakka tartibdagi shakllaridan foydalaniladi. Bundan tashqari, bolalarga ta'lim berish ishlari ekskursiya, talimiy o'yinlar orqali, kun davomida bolalarning mashg'ulotdan tashqari har xil faoliyatlarida, ularning o'yinlariga rahbarlik qilish jarayonida amalga oshirilib boriladi.
Mashg'ulot maktabgacha ta'lim yoshidagi hamma bolalar uchun majburiydir: unda dastur mazmuni belgilab berilgan, kun tartibida unga ma'lum o'rin va vaqt ajratilgan. Mashg'ulot tarbiyachi rahbarligida o'tkaziladi, tarbiyachi mashg'ulotda bolalarni yangi bilimlardan xabardor qiladi, bolalarning amaliy mashg'ulotlarini tashkil etadi. O'quv materialining mazmuni asta-sekin murakkablashtirilib boriladi.
Mashg'ulot bolalarni maktabga tayyorlashda katta ahamiyatga ega. Mashg'ulot orqali bolalar o'quv malakasini egallab oladilar. Ularda barqaror diqqat, irodani, diqqatni jalb eta olish kabi qobiliyatlar rivojlanadi. Izchillik bilan ta'lim berish natijasida bilimga qiziqishlar rivojlana boradi.
Bolalarga bilim berishning jamoa usulida olib borish katta ahamiyatga ega: birgalikdagi faoliyatda bolalar bir-birlariga faol ta'sir etishadi, o'z tashabbusi, topog'onligini namoyon qilish imkoniyati tug'iladi. Bolalar oldiga umumiy zo'r berishning talab etuvchi vazifa qo'yilganda birgalikda qayg'urishadi, jamoatchilik xissi shakllanadi. Ekskursiyalar, rasm qirqib yopishtirish, qurish yasash ishlarini birgalikda bajarish, umumiy raqs-o'yinlarini ijro etish, badiiy asarlarni eshitish, o'qishda paydo bo'lgan birgalikdagi kechinmalar bolalarning birlashgan do'stona jamoasini yaratishga yordam beradi. Mashg'ulotda ta'lim berish orqali bolalarda maktabdagi o'qishga qiziqish tarbiyalanadi, javobgarlik xissi, o'zini tuta olish, mehnat qilishga intilish odati, topshirilgan ishni bajarish kabi to'g'ri sifatlar hosil qilinadi.
Bolalarni maktab ta'limiga ruhiy jihatdan tayyorlashni ularning boshlang'ich sinflarda dastur materialni yaxshi o'zlashtirib olishlarini ta'minlovchi bilim va malakalar mashg'ulotlar jarayonida xosil qilinadi. Mashg'ulotlarda bolalarda mustaqil fikr yuritish, malakasi tarkib toptiriladi, tarbiyachilarga quloq solish, ularning fikriga ergashish, hikoya qilinayotgan hikoyalardan voqeadagi asosiy g'oyalarni ajrata olish, qisqacha umumlashtirish kabi malakalarni rivojlantirishga katta e'tibor beriladi.
Mashg'ulotlarda ta'lim berish bolalardan aqliy va jismoniy zo'r berishni talab etadi, ya'ni u bolani aktiv faoliyati bilan bog'liq bo'lib bola ma'lum natijaga erishish uchun intiladi, bu esa boladan uzoq davomli ixtiyoriy diqqatni talab etadi. Shuning uchun mashg'ulotga tayyorlanishda bolalar yoshini, imkoniyatini e'tiborga olish zarur: mashg'ulotning vaqtini, kun tartibidagi o'rnini dasturning har xil bo'limlarini to'g'ri almashtirib turishni oldindan o'ylab, aniq belgilab olish zarur.
2.2.Mashg‘ulotda tarbiyachining yetakchilik roli va innovatsion yondashuvi.
Mashg`ulot jarayonida bolalarda mustaqil fikrlash ko’nikmalari
hosil qilinadi, tarbiyachining so`zini tinglash, o`rtoqlari bilan gaplashmaslik har bir
tarbiyachi tomonidan bеrilgan savollarga javob bеrishga harakat qilish tarbiyachi
tomonidan aytilgan fikrlarni takrorlashga o`rganib boriladi. Mashg`ulotga tayyorlanish mazmuni ham mavjud bo`lib, ushbu mazmunga
Quyidagilarni kiritishimiz mumkin:
Mashgulotni rеjalashtirish.
Kеrakli jihozlarni oldindan tayyorlash.
Bolalarni mashg`ulotga tayyorlash.
Bolalarni maktabga tayyorlashda tarbiyachi mashgulotni bir bo`limidan bitta emas, balki butun bir mashgulotni sistеmasini rеjalashtirib olib borilsa ijobiy natijani qo`lga kiritladi. Tarbiyachi mashgulotlar jarayonida mеtodik kullanmalardan foydalanib mashgulot o`tishi tavsiya etiladi. Har bir bog`chada mеtodik xonalar mavjuddir. Unda bolalar bogchasi ta`lim-tarbiya dasturining, xamda xamma bulimlari buyicha mеtodik qo`llanmalar bo`ladi.
Mashg’ulot quyidagi tuzilishga ega: bolalarni uyushtirish, asosiy qism, yakunlovchi qism.
Bolalar mashg’ulotga qiziqib qatnashishlari va unda faol ishtirok etishlari uchun uning mazmuni va metodikasi yaxshilab puxta o’ylanib olinishi kerak. Bolalar o’quv faoliyatini qanchalik puxta egallab olsalar, tarbiyachining e`tibor bilan tinglab, o’yindan mashg’ulotga osonlik bilan o’tadilar.
Bolalarni uyushtirish. Tarbiyachi bolalarni yig’ib, ularning mashg’ulotga tayyorligini tekshiradi: tashqi ko’rinishi, joy-joyiga to’g’ri o’tirishganligi, diqqatini to’plaganini sinab ko’radi. Mashg’ulot muvaffaqiyatli o’tishi uchun bolalar oldida turgan faoliyatga qiziqish uyg’otishi, buning uchun bolalarning yoshi, qiziqishi, faoliyatiga mos har xil usullarni qo’llashi kerak.
Kichik guruh bolalarida mashg’ulotga qiziqish uyg’otish uchun bolalarni qiziqtiradigan mazmundagi, kutilmagan, topishmoqli usullardan foydalanadi. «Quloq solinglar-chi, kimdir eshik qoqyapti! Bu qo’g’irchoq biznikiga mehmonga kelibdi», - deb mashg’ulotni boshlash mumkin. Bolalarning narsalar va ularning nimaga ishlatilishi to’g’risidagi tasavvurini tartibga soluvchi mashg’ulot mana shunday boshlanadi.
Katta guruhlarda qanday mashg’ulot bo’lishini tarbiyachi bolalarga oldindan aytib qo’yadi. Bu bolalarning bo’lajak mashg’ulotga qiziqishini orttiradi. Masalan, mustaqillik maydoniga ekskursiyaga borishni bolalarga bir hafta oldin aytib o’tadi va ularga rasmlarni ko’rishni, ota-onasi bilan sayr qilganda nimalarni ko’rganini eslashni taqlif etadi. Bolalar bu kunni zo’r qiziqish bilan kutishadi.
Katta va tayyorlov guruhlaridagi bolalar mashg’ulotning zarurligi va majburiyligini tushunishlari, unga ongli ravishda tayyorlanishlari zarur.
Asosiy qism. Mashg’ulotda bolalarga yangi bilim beriladi, topshiriqni bajarish yuzasidan yo’l-yo’riq, ko’rsatiladi, qiynalgan bolalarga yordam beriladi. Bolalar bilan bo’ladigan jamoachilik munosabatlarini alohida munosabat bilan qo’shib olib boriladi. Topshiriqni bajarishni hamma bolalar uddalay olishlari uchun tarbiyachi har xil metod va usullarni qo’llaydi.
Mashg’ulotning boshlanishidanoq bolalarning diqqatini tashkil eta bilish kerak. Bu bolalar oldiga qo’yilgan aqliy vazifaga bog’liq. Bolalarga qanday ishlar olib borish zarur­ligi ko’rsatiladi va tushuntiriladi, ularni ayrim bolalarga alohida takrorlash shart emas, balki hamma bolalarni e`ti­bor bilan eshitib o’tirishga o’rgatish kerak, zarurat tug’ilsagina takrorlash mumkin. Bog’chadagi bolalar o’qish, yozishni bilmaganlari uchun o’tilgan materialni qaytarib mustaxkamlay olmaydilar, shuning uchun bolalarga berilgan bilimni mustahkamlash uchun tar­biyachi takrorlash va mashq qildirish usullaridan foydala­nadi. Mexanik qaytarish, yodlatishdan qochish kerak, chunki anglab olinmagan material tezda esdan chiqadi. Qaytarish, mashq qildirishda tarbiyachi fikrlarni to’ldi­rib, tartibga solib boradi, bu bolalarda bilimga qiziqish uyg’otadi va shu narsa to’g’risidagi tasavvur va tushunchalarini chuqurlashtiradi. Mashg’ulotni dastur maqsadi va bolalar yoshiga qarab mustahkamlashning har xil usullari qo’llaniladi. Bolalar o’zlashtirib olishi va javob qilishi kerak bo’lgan material so’z orqali amalga oshiriladi. Shuning uchun u yoki bu ishni bajarishda bolalardan uni qanday amalga oshirmoqchi ekanini so’z bilan tushuntirib berish talab etiladi (masalan, son-sanoqga o’rgatishda, qurish-yasashda, rasm chizganda qanday qilishi, qanday tartib bilan bajarishi, buning uchun qanday materialdan foydalanishni tushuntirib berishi talab etiladi).
Mustahkamlash jarayonida didaktik material bilan bajariladigan mashq aqliy vazifani o’z ichiga olsa, bolalarda mustaqillikni tarbiyalashda katta ahamiyatga ega bo’ladi. Masalan, son-sanoq mashg’ulotida bolalar sanash material bilan o’zlari mashqlarni mustaqil bajarishadi: tarbiyachining topshirig’iga qarab narsalar sonini kamaytirishadi yoki ko’paytirishadi. Buning uchun o’yinchoqlardan ham foydalanish mumkin.
Mashg’ulot davomida pedagog hamma bolalar faol qatnashishini va ishni o’z vaqtida puxta amalga oshirishlarini nazorat qilib boradi. Agar mashg’ulot yakka tartibda olib boriladigan bo’lsa (rasm, loy va plastilindan narsalar yasash, qurish-yasash, konstruktsiyalash), bolalar ishni har xil vaqtda bajarganliklari uchun tarbiyachi mashg’ulot tugashiga bir necha daqiqa qolganda mashg’ulotni tugatish kerakligi to’g’risida ularni ogohlantiradi.
Mashg’ulotni tugatayotib, tarbiyachi o’tkazilgan mashg’ulotga yakun yasaydi: bajarilgan ishni bolalar bilan birgalikda baholaydi, bolalarning mashg’ulotda qatnashganini gapiradi, ba`zan kelgusi mashg’ulotda nimalar o’tishlarini aytadi. Bolalarning o’quv faoliyatini yaxshi egallab olishlari ular bilimini to’g’ri baholashga bog’liq.
Tarbiyachi MTTda asosiy shaxs hisoblanadi. Bolaning o'quv faoliyatiga bo'lgan munosabati ko'proq uning tarbiyachi shaxsiga munosabati bilan belgilanadi. Tarbiyachining o'ziga xos xususiyati - uning yuksak kasb mahoratidir. Eng muhimi - bolaning ruhiyati- ni, yosh va o'ziga xos ruhiy-fiziologik xususiyatlari­ni bilishdir.
Bolalar bog'chasi dasturi bolalarning yoshini, jis­moniy va ruhiy xususiyatlarini hisobga olib tuzil- gani bilan har bir boladagi alohida ruhiy xususiyat- ning qay vaqtda va qanday namoyon boiishini oldin­dan ko'ra olmaydi, bu ish dasturda yaxshi tayyorlan- gan tarbiyachining zimmasiga yuklanadi. Tarbiyachi o'z guruhidagi har bir bolaning jismoniy tomondan yaxshi rivojlanishi, uning oliy nerv faoli­yati yaxshi ishlashi, shuningdek aqliy, axloqiy, mehnat, estetik tomondan normal tarbiyalanishi uc­hun yaxshi shart-sharoit yaratadi, Tarbiyachi har bir boladagi o'ziga xos xususiyatlarni yaxshi bilgan hol­da undagi o'ziga xos xususiyatlarni (zararli boisa] yo'qota borib, bolaga nisbatan qulay talab qo'yadi. Tarbiyachi har bir bolaning kelajakda haqiqiy inson bo'lishiga yordam beradigan sifatlarini va imkoni- yatini rivojlantirishi lozim. Maktabgacha taiim yo­shi davrida tarbiyachining bolaga shaxsiy ta'siri ju­da katta boiadi. Chunki, bu davrdagi har bir taassurot bolaning xotirasida bir umrga saqlanib qoladi.
Bolani tushuna bilish va uning ma’naviy dunyosiga ki­ra olish tarbiyachidan zo'r kasb tayyorgarligini talab eta­di. Bola bilan jonli munosabatda bo'lish - fikrlar manbayi, pedagogik innovatsiyalar, quvonch va tashvishlardirki, busiz tarbiyachining ijodiy mehnatini tasavvur etib boimaydi. Mashg'ulotda tarbiyachi o'z ovozidan qurol sifatida foydalanishi mumkin. Sekin, tinch ovoz bolaga yaxshiroq ta’sir etishini pedagog bilishi zarur, Bolaga qattiqroq va qat’iy gapirish mumkin, ammo bunda so'z ohangi bolaga tinchlantiruvchi ta'sir etishi lozim.
Maktabgacha ta'lim tashkilotsi tarbiyachisining innovatsion madaniyatining asosiy strukturaviy komponеntlariga pеdagogning mеtodologik madaniyati, uning axborot madaniyati, innovatsion faoliyatini kiritish mumkin, zеro mazkur tushunchalar va mazmuni strukturasi taxlili ularning uzaro alokadorligini kursatadi. Bu aloqadorlik ularning pеdagogik kasbiy amaliyotining motivatsion, intеllеktual va faoliyatli-amaliy sohalarini tavsiflashi; tarbiyachi o`z kasbiy faoliyati asosi va uni amalga oshirish darajasi sifatida innovatsiyalarning ahamiyatini anglab yеtishning ko`rsatkichi sanalishida namoyon bo`ladi.

Ekskursiyaning asosiy maqsadi – bolalarga berilayotgan ta`limiy va tarbiyaviy ma`lumotlarning hayotimizdagi faoliyatda aks etishini obyektlarga sayr qilish jarayonida ko'rsatib berish. MTTda ekskursiyalar reja asosida amalga oshiriladi. Ekskursiyani ishlab chiqishda ta'limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi xarakterdagi bir qator vazifalarni belgilash va hal qilish muhimdir.


Ekskursiyalarning rivojlantiruvchi komponenti sezuvchanlik qobiliyatlari (ob'ektlarning turli xil belgilarini ko'rish qobiliyati: rang va uning soyalari, fazoviy joylashuvi, xilma-xil shakllari, to'qimalari va boshqalar) kabi fikrlash jarayonlari (tahlil, taqqoslash, umumlashtirish, tasniflash, tabiat va murakkablik darajasi, tasavvur va ijodkorlik bilan har xil bo'lgan aloqalarni o'rnatish qobiliyati.
Ekskursiyani ishlab chiqishda ta'limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi xarakterdagi kompleks vazifalarni belgilash va hal qilish muhimdir. Hal qilinayotgan pedagogik vazifalarning mohiyati bo'yicha ekskursiyalar tasnifini ajratish mumkin: tabiiy, tarixiy, ekologik, qishloq xo'jaligi ob'ektlariga, estetik ekskursiya.
Ekskursiyaning tarkibi: kirish suhbati, jamoaviy kuzatuv, bolalarni individual ravishda mustaqil kuzatish, material to'plash, to'plangan materiallar bilan o'ynayotgan bolalar, yakuniy qism, bu vaqtda o'qituvchi ekskursiyani umumlashtiradi va tabiatni hurmat qilish zarurligini eslatadi.
Sensorli tasvirlarni anglash uchun tabiatning kuzatilgan ob'ektlarini chizmalar yoki piktogrammalar yordamida mahkamlash katta ahamiyatga ega, ayniqsa ular o'zgartirilgan bo'lsa, bir holatdan ikkinchi holatga o'tadi. Bu holda o'zgaruvchan tabiat ob'ektlari vaqt parametriga muvofiq qayd etiladigan taqvimlar tomonidan katta yordam ko'rsatiladi. Kuzatuvlar ketma-ketligi yozilgan taqvim o'zgarishlarning mohiyati, ularning o'tishi shartlari va ular sodir bo'lgan vaqt haqida izchil va batafsil fikr beradi.

Xulosa
Maktabgacha ta'lim tashkiloti - murakkab tarmoq bo'lib,


mudiraning undagi roli, faoliyati ko'p qirralidir. Mudira maktabgacha ta'lim tashkilotining tashkilotchisi, rahbari, malakali pedagog, uning faoliyati maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarni komil inson qilib tarbiyalash vazifalarini to'laqonli
hal etishga qaratilgan. U maktabgacha ta'lim tashkilotlaridagi ta'lim-tarbiyaviy, pedagogik va gigiyenik talablarga muvofiq ravishda amalga oshirilishi uchun zarur lozim-sharoitlarni ta'minlaydi. O'z jamoasida ishchanlik, maqsadga qaratilgan inoqlik vaziyatini yaratadi. Ularga umumiy rahbarlik qiladi. Mudira o'z ishida davlatimiz va Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan qabul qilingan qaror, qonunlarga amal qiladi va o'z ustida ijodiy ravishda ishlashni amalga oshiradi. Yuksak onglilik va siyosiy yetuklik, tamoyillilik, o'ziga va qo'l ostidagilarga talabchanlik - bu mudiraga qo'yiladigan asosiy talablardir.
Davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti muassis tomonidan tashkil etiladi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro'yxatdan o'tkaziladi. Davlat organlari, shu jumladan mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda qonun hujjatlariga muvofiq davlat maktabgacha ta'lim tashkilotining muassislari bo'lishi mumkin. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga bevosita rahbarlik qilish O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda tegishlicha Qoraqalpog'iston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi, viloyatlar maktabgacha ta'lim boshqarmalari hamda Toshkent shahar maktabgacha ta'lim bosh boshqarmasi tomonidan tayinlanadigan mudir tomonidan amalga oshiriladi. Davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti mudiri bilan mehnat shartnomasi bir yil muddatga tuziladi. Davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti mudiri lavozimiga qo'yiladigan malaka talablari O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan belgilanadi.
Davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti mudiri:
davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi;
bolalar hayoti va sog'lig'ini muhofaza qilish hamda ta'limtarbiya jarayonining samarali tashkil etilishini ta'minlaydi;
davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti nomidan faoliyat ko'rsatadi va barcha tashkilotlarda uning manfaatlarini ifodalaydi;
davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti mol-mulkini o'ziga berilgan vakolatlar doirasida tasarruf etadi;
davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti xodimlarini mehnat to'g'risidagi qonun hujjatlariga muvofiq ishga qabul qiladi va ular bilan tuzilgan mehnat shartnomalarini bekor qiladi;
davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti xodimlarini moddiy va ma'naviy rag'batlantiradi, ularga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo'llaydi;
o'z vakolatlari doirasida buyruqlar chiqaradi;
davlat maktabgacha ta'lim tashkilotining faoliyatini takomillashtirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, xodimlarni ijtimoiy muhofaza qilishni ta'minlash bo'yicha takliflarni ko'rib chiqish uchun maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo'limiga kiritadi;
davlat maktabgacha ta'lim tashkilotining moddiytexnika bazasini mustahkamlash, zamonaviy talablarga javob beradigan inventar, jihoz, o'quv-metodik qo'llanmalar va
multimediali vositalar bilan ta'minlash ishlarini tashkil etadi;
davlat maktabgacha ta'lim tashkilotining moliya-xo'jalik faoliyatiga javob beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati.


1. Mirziyoev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo'lishi kerak. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016yil yakunlari va 2017 yil istiqbollariga bagishlangan majlisidagi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining nutqi. Xalq so'zi gazetasi.2017 yil 16 yanvar, №11.
2.Mirziyoev Sh.M. “Maktabgacha ta'lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" 2017-yil 30 sentabrdagi PF-5198-soili Farmoni
3.Mirziyoev SH.M. “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz”. -T.: O'zbekiston, 2017. - 488 b.
4.Mirziyoev Sh.M. “O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi to'g'risida’’gi Farmoni. 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli farmoni.
5.Mirziyoev Sh.M. O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustivor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasini’ Faol tadbirkorlik, inovattsion g'oyalar va texnologiyalarni qo'llab quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi. 2018 yil 22 yanvardagi PF-5308-sonli farmoni.
6.S.S.G’ulomov. “Menejmet asoslari”. T.: “Fan” 2002y.
7.A.To’xtaboev. “ Ma`muriy menejment”. T.: «Moliya» 2003y.
8..M.Sharifxo’jaev. Y.Abdullaev “Menejment”. T.: «O’qituvchi» 2001y
9.Sh.Qurbonov,E.Seytxalilov. Ta’lim sifatini boshqarish. T.:«Turon-Iqbol»: 2006y.
10.K.M.Qosimov “Tashkilot va tashkiliy boshqarish nazariyasi”. T.:- A.Qodiriy 2004
11. Fotima Qodirova “Maktabgacha ta’lim pedagogikasi” “Tafakkur ” nashiyoti 2019
12.П.Юсупова. Мактабгача тарбия педагогикаси. -Т., «Ўқитувчи» 1993.
13.О.У.Хасанбоева ва бошкалар. «Мактабгача таълим педагогикаси».
Т,«Илм зиѐ» 2006.
14.У,Отавалиева. Бола тарбиясида боғча ва оила хамкорлиги. «Ўқитувчи»
Т.,1994 й.
15.Н.У.Бикбаев, Х.Н.Косимова, З.Ибрагимова. Мактабгача ѐшдаги
болаларда математик тасаввурларни шакллантириш. «Ўқитувчи»Т., 1995 й.
Elektron ta’lim resurslari.
1.www.lex.uz
2.www.mehnat.uz
3.www.mdo.uz
4.www.stat.uz
5.www.ima.uz
6.www.ziyonet.uz

1 "Hk qadam" Davlat o'quv dasturi. - T., 2018.




http://fayllar.org
Yüklə 190,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə