I bob. Neytronlar fizikasi tarixi



Yüklə 99,16 Kb.
səhifə1/13
tarix27.12.2023
ölçüsü99,16 Kb.
#163935
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
NEYTRONLAR QANDAY BASHORAT QILINGAN VA KASHF ETILGAN.


MAVZU: NEYTRONLAR QANDAY BASHORAT QILINGAN VA KASHF ETILGAN.


KIRISH
I BOB. NEYTRONLAR FIZIKASI TARIXI.
1.1 Neytron.Neytronning kashf etilishi.
1.2 Neytronning elementar zarrachalar fizikasi tomonidan yemirilishi.
II BOB. ZAMONAVIY TADQIQOTLARDA NEYTRONLARNING QO’LLANISHI.
2.1 Neytronning yulduzlardagi tortishish kuchi.Neytron yulduzi oq mitti yulduz, qora tuynuk.
2.2 Neytronning aniqlanishi.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.


KIRISH
Mustaqil respublikamiz xalq ta’limi tizimini jamiyatimiz qo’yayotgan talab va ehtiyojlarga mos keladigan, yangi sifat darajasiga ko’tarish yosh avlodga fan asoslarini o’rgatish ularning g’oyaviy tayyorgarligini oshirish iqtisodiy va sotsial jarayonda, davlatni barcha ishlab chiqarish va jamoat ishlarini boshqarishda aktiv, ijodiy ishtirokini ta’minlaydigan sifat jihatidan yanada ko’tarish davrimizning asosiy talabidir.
2017 - 2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi ishlab chiqilgan bo’lib, ular
quyidagicha:
I. Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yo’nalishlari.
II. Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yo’nalishlari.
III. Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo’nalishlari
IV. Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlari.
V. Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglikni ta’minlash hamda chuqur o’ylangan, o’zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor
yo’nalishlar. Ko’rib turganimizdek hozirda amalga oshirilayotgan ushbu Harakatlar strategiyasi hamma sohalarni o’z ichiga olgan. Jumladan ta’lim va fan sohasini rivojlantirishga katta e’tibor berilgan bo’lib, unda quyidagi vazifalar belgilab berilgan:
-uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish;
- ta’lim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash, ularni zamonaviy o’quv va laboratoriya asboblari, kompyuter texnikasi va o’quv-metodik qo’llanmalar bilan jihozlash orqali ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash yuzasidan maqsadli chora-tadbirlarni ko’rish;
- maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog’ini kengaytirish va ushbu muassasalarda bolalarning har tomonlama intellektual, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash, bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinishini jiddiy oshirish va foydalanish imkoniyatlarini ta’minlash, pedagog va mutaxassislarning malaka darajasini yuksaltirish;
- umumiy o’rta ta’lim sifatini tubdan oshirish, chet tillar, informatika hamda matematika, fizika, kimyo, biologiya kabi boshqa muhim va talab yuqori bo’lgan fanlarni chuqurlashtirilgan tarzda o’rganish;
- bolalarni sport bilan ommaviy tarzda shug’ullanishga, ularni musiqa hamda san’at dunyosiga jalb qilish maqsadida yangi bolalar sporti obyektlarini, bolalar musiqa va san’at maktablarini qurish, mavjudlarini rekonstruksiya qilish;
- kasb-hunar kollejlari o’quvchilarini bozor iqtisodiyoti va ish beruvchilarning ehtiyojlariga javob beradigan mutaxassisliklar bo’yicha tayyorlash hamda ishga joylashtirish borasidagi ishlarni takomillashtirish;
- ta’lim va o’qitish sifatini baholashning xalqaro standartlarini joriy etish asosida oliy ta’lim muassasalari faoliyatining sifati hamda samaradorligini oshirish, oliy ta’lim muassasalariga qabul kvotalarini bosqichma-bosqich ko’paytirish;
- ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini rag’batlantirish, ilmiy va innovatsiya yutuqlarini amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish, oliy o’quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot institutlari huzurida ixtisoslashtirilgan ilmiy-eksperimental laboratoriyalar, yuqori texnologiya markazlari va texnoparklarni tashkil etish.
Yuqorida ta’kidlanganidek biz yosh mutaxassislarning oldida ta’lim va o’qitish sifatini yanada yaxshilashda fizika fanini chuqurlashtirilgan tarzda o’rganish va o’quvchilarga o’rgatish kabi yuksak vazifalar oldimizda turibdi. Yadro fizikasi umumiy fizikaning asosiy bo‘limlaridan biri bo‘lib, keng ko’lamda rivojlanmoqda. Yadro fizikasi atom yadrosining tuzilishi, uning xususiyatlari, yadro kuchlarining tabiati, yadro tarkibiga kiruvchi zarralarning o‘zaro ta’sirlari, yadrolarning yemirilish qonunlarini o‘rganadi. Yadro fizikasining rivojlanish jarayonining asosiy qismi yadro fizikasi tajriba usullari va ularning amalda qo‘llanilishi bilan bog‘liq. Bu esa, juda chuqur va keng masalalarni, jumladan yadro fizikaviy ko‘rsatkichlarini o‘lchashdan tortib, to o‘ta yuqori energiyali zarralarda yadro reaksiyalarini amalga oshirib, ularning mahsullarini o‘rganishgacha qaratilgan ishlar, termoyadro sintezini boshqarish, lazerli yuqori
neytron oqimi zichligiga ega bo‘lgan uskunalardagi zamonaviy tajribalar va shularga o‘xshash ko‘p tadqiqotlarni o‘z ichiga oladi.

Yüklə 99,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə