I bob. Psixologiya predmeti va uning dolzarb vaziаalari



Yüklə 88,12 Kb.
səhifə22/29
tarix29.11.2023
ölçüsü88,12 Kb.
#140749
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   29
86.Diqqatning asosiy turlari

Diqqat psixik faoliyatning yo‘naltirilishi va shaxs uchun ma’lum ahamiyatga ega bo‘lgan obyekt ustida to‘planishidan iborat bilish jarayonidir. Yo‘naltirilish deganda, psixik faoliyatning tanlovchilik tabiati, obyektni ixtiyoriy va beixtiyoriy tanlash tushuniladi. O‘quvchi maktabda o‘qituvchi gapirayotgan gaplarni eshitib o‘tirganda, u mana shu eshitib o‘tirish faoliyatini ongli ravishda tanlab olgan, uning diqqati ongli ravishda qo‘zg’algan, shu maqsadga bo‘ysundirilgan bo‘ladi. O‘quvchining biron boshqa narsaga chalg’imasdan o‘quv materialining mazmuniga zehn qo‘yib o‘tirishida uning psixik faoliyatining yo‘nalishi ifodalanadi.


Psixik faoliyatning yo‘naltirilishi deganda ana shu faoliyatning tanlashgina tushunilib kelmay, balki ana shu tanlanganni saqlab va qo‘llab-quvvatlash tushuniladi. O‘quvchilar diqqatini jalb qilish qiyinligini har qanday pedagog biladi. Buning uchun maxsus pedagogik usullardan foydalanish zarur bo‘ladi. Diqqatda psixik faoliyatningyo‘naltirilishi bilan birga uning to‘planishi mazkur faoliyatga hech qanday aloqasi bo‘lmagan boshqa narsalardek, hamma faoliyatdan diqqatni chalg’itish demakdir. Diqqatning bir joyga to‘planishi deganda mazkur faoliyatga butunlay berilish, unga ozmi –ko‘pmi chuqur e’tibor berish tushuniladi. Qandaydir bir suratli kitobni tez ko‘rib chiqish maqsadida uni varaqlab chiqish mumkin. Bunday holda diqqatning to‘planishi kuchli bo‘lmaydi. Birorta qiyinroq kitobni undagi har bir bayon qilingan fikrni tushunib olishga intilib va undagi murakkab masalani boshidan oxirigacha tushunib olish har tomonlama o‘zaro munosabatlarni qarab chiqish maqsadida o‘qish mumkin. Bu holatdagi diqqatning to‘planishi juda kuchli bo`ladi. Masalan: Uyga topshiriq berilgan inshoni yozib o‘tirgan o‘quvchi ba’zan uyda boshqalarning gapini, radioning ovozini eshitmaydi. Unda diqqatniing to‘planishi kuchli bo‘ladi.

Diqqatning buzilishi. Diqqatning salbiy jihatlaridan biri parishonxotirlikdir. Parishonxotirlikbu diqqatning kеrak bo‘lganida boshqa obyеktga tеz ko‘chmasligidir. Parishonxotirlik holatida odamning ongi muayyan yo‘nalishga ega bo‘lmaydi, balki bir predmetdan boshqasiga ko‘chib turadi, ya’ni tarqoq bo‘ladi.

Pari shonxotirlikni 2 xil ma’noda qo‘llashmumkin:

  1. Diqqat umumiy barqarorlikning natijasidir. Ixtiyoriy diqqatning sustligi, noto‘g‘ri tarbiya (bolani erkalatib yuborish, jazolanmasdan qolishi va h.k.) shakli bo‘lishi mumkin. Bu kichik yoshdagi bolalarga xos bo‘lib nerv sistemasining zaif lashuvi yoki qattiq toliqish, qoniqib uxlamaslik va shu kabilar natijasidir. Katta yoshdagi kishilarda ham parishonxo tirlikning bu xili yuz be rishi mumkin. Qunt bilan ishlashga odatlanmagan odamda ham bu xildagi parishonxotirlik paydo bo‘ladi

  2. Kishi diqqati biron narsa bilan band bo‘lib boshqa narsani sezmagan paytda sodir bo‘ladigan parishonxotirlik. Bu ko‘proq yozuv chilarda, olimlarda uchraydi. Masalan, yozuvchi o‘z fikriga astoydil bеrilganligi sababli atrofidagi narsalarni, hatto yonidagi odam unga murojaat qilayotganini ham sеzmaydi.

Ta’lim jarayonini puxta uyushtirish bolalar diqqatini shakllantirish ning muhim shartidir. Diqqat ta’limning muvaffaqiyatli shartlaridan biri bo‘lgani uchun ham uni shakllantirish shu jarayonning o‘zida yuz bera di. Bolalar diqqatining jalb etilishi tarbiyachi nutqining xususiyatlariga, uning aniqligi, ifodaliligi, sur’ati, intonatsiyasi va boshqalarga bog‘liqdir. Ovozning me’yordagi baland-pastligi, mashg‘ulot davomida mazmunga qarab o‘zgarib turishi diqqatning bir narsaga qaratilishiga yordam beradi. Baland ovoz tinglovchilarni zo‘riqtirgani kabi o‘ta ohista nutq ham bolalarni toliqtiradi.Diqqatni jalb etishda ko‘rgazmali va texnik vositalarni qo‘llash (rasmlar, tabiiy va mum nusxalar, jadvallar, texnika vositalari, slayd-shou va h.k.) katta ahamiyat kasb etadi. Bir xildagi ijodiy bo‘lmagan ish diqqatning to‘planishini susaytiradi, barqarorligini pasaytiradi. Mashg‘ulotlarni to‘g‘ri tashkil etish, zarur shart-sharoitlar mavjudligi barqaror diqqatni saqlaydi, sinchkovlik va ziy raklik odatlarini hosil qiladi. Jonli, jadal suratli mashg‘ulotlar diqqatni yaxshiroq safarbar etadi. Haddan ziyod tez sur’at chog‘ida, shoshish oqibatida «diqqatning noto‘g‘ri jalb etilishi» sodir bo‘ladi, sekin sur’atlar bolani chalg‘itadi. Bolalar diqqatini barqaror saqlashda tarbiyachining izchil va muntazam talabchanligi muhim rol o‘ynaydi.Diqqatni ma’lum obyektga yo‘naltirishda ko‘rishga nisbatan eshitish qiyinchilik tug‘diradi. Bolalar diqqatining yosh va individual xususiyatlarini hisobga olish ta’lim-tarbiya jarayonini muvaffaqiyatli amalga oshirishning muhim shartidir. Masalan, diqqatni yetarli darajada obyektga to‘play olmaslik aqliy faoliyatning yetarli emasligiga, o‘qish faoliyatida ko‘nikma, malakalarning shakllanmaganligiga bola irodasi ning kuchsizligi sabab bo‘ladi. Tashqi belgilar –yuz ko‘rinishining o‘zgacha ifodasi, ni gohning qaratilganligi, gavdaning biroz oldinga intilganligi, peshona salgina tirishgan, lablar birbiriga yopishganligiga qarab bola diqqatining yo‘nalganlik va to‘planganligini aniq lash mumkin. Bolaning mashg‘ulotga nis batan loqaydligini ham tashqi ko‘rinishiga qarab ahiqlash mumkin. Ba’zan bola tarbiyachi nazarida chalg‘igan bo‘lib tuyilsa ham, lekin savollarga erkin javob berishi mumkin.


Yüklə 88,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə