I bob. Psixologiya predmeti va uning dolzarb vaziаalari


 Oila va nikox borasidagi tadbiqiy ishlar



Yüklə 88,12 Kb.
səhifə18/29
tarix29.11.2023
ölçüsü88,12 Kb.
#140749
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   29
86.Diqqatning asosiy turlari

 

2.3.. Oila va nikox borasidagi tadbiqiy ishlar 
O’zbekistonda endi shakllanayotgan, lekin nazariy nuqtai nazardan ma’lum an’analarga ega bo’lgan 

sohadir. 1998 yilning Prezidentimiz tomonidan «Oila yili» deb e’lon qilinishi joylarda psixologik xizmat


o’choqlarining paydo bo’lishiga va u yerlarda psixologik xizmatidan foydalanishni anglashga turtki bo’ldi. 
SHuning uchun Respublikamizda oila muamolarini maxsus tadqiq etadigan ilmiy-amaliy “Oila” markazi
ham tashkil etilganki, bu markazda turli sohaga aloqador mutaxassislar oilani shaxs ijtimoiylashuvining 
asosiy maskanlaridan biri sifatida o’rganib kelmoqdalar. Oila va unga bog’liq muammolarni ilmiy
o’rganishda ushbu yo’nalishlarda ishlar olib borilmoqda: oila qurish motivlari, oilada ota-ona va farzand 
orasidagi munosabatlar, oilada er va xotin orasidagi munosabatlar, oilalarning etnik belgilariga ko’ra
psixologik xususiyatlari, oilada ajralish va uning shaxs psixologiyasiga ta’siri, oilaning to’liq va noto’liq 
turlari, ularning shaxs o’z-o’zini baholashiga ta’siri, oila haqidagi turli yoshdagi shaxslarning tasavvurlari,
oila mustahkamligiga ta’sir etuvchi omillar. Oila bilan bog’liq muammolar doimo shaxsni 
tashvishlantirgani bois psixolog bu yerlarda yoshlardagi oila va nikoh borasidagi tasavvurlarning to’g’ri
shakllanishidan tortib, toki muammoli, hattoki, ajrim bo’lgan oila a’zolariga psixologik maslahatlar berish, 
«ishonch telefonlari» orqali maslahatlar uyushtirishni o’z zimmasiga oladi.

 

2.4. Maorif sohasidagi amaliy ishlar 
Boshqa sohalarga nisbatan anchagina yaxshi tajribaga ega. Ayniqsa, O’zbekistonda kadrlar 

tayyorlashning Milliy dasturi qabul qilingandan so’ng tashkil qilingan yangi tipdagi ta’lim muassasalari -


akademik litseylar va kasb - xunar kollejlariga bir nechtadan psixologlar shtati kiritilgan va ular aynan 
tadbiqiy muammolar - bolaning o’quv jarayoniga psixologik jihatdan tayyorligini diagnostika qilishdan
tortib, professional va kasb mahoratini rivojlantirishgacha bo’lgan barcha muammolarni hal qilishga 
«aralashadi». SHuning uchun respublikamizda shaxsni bolalik, o’smirlik, o’spirinlik davrlarida o’qish
faoliyatiga, kasbiy faoliyatga yo’naltira olishni diagnostika qilish markazlari tashkil etilgan. Bu o’z 
navbatida har bir shaxsning o’z tug’ma va orttirilgan qobiliyatlarini to’g’ri yo’naltira olishi va namoyon eta
olishiga imkon beradi. 
Yuqorida e’tirof etilgan psixologiyaning tadbiqiy sohalari uchun umumiy narsa shuki, bu sohalarda 
21
ishlaganlar avvalo yaxshi psixodiagnost, ya’ni psixologiya metodlarini o’z o’rnida samarali ishlatishni 

bilishi va yaxshigina psixoterapevt va psixokorrektor - ya’ni, aniqlangan muammo yoki «kasallikni»


tuzatuvchi mohir professional bo’lishi kerakligini taqozo etadi. 



Yüklə 88,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə