I bob. Psixologiya predmeti va uning dolzarb vaziаalari


Diqqatning fiziologik asoslarini tushuntirib berishda buyuk rus fiziologlari I.P.Pavlovva A.A.Uxtomskiylarning olib borgan ilmiy kashfiyotlari muhim ahamiyat kasb etadi



Yüklə 88,12 Kb.
səhifə23/29
tarix29.11.2023
ölçüsü88,12 Kb.
#140749
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   29
86.Diqqatning asosiy turlari

1.2.DIQQATNING NERV-FIZIOLOGIK ASOSLARI

Diqqatning fiziologik asoslarini tushuntirib berishda buyuk rus fiziologlari I.P.Pavlovva A.A.Uxtomskiylarning olib borgan ilmiy kashfiyotlari muhim ahamiyat kasb etadi.

Oliy nerv faoliyatining alohida reaksiyalari bo’lmish orientirreflekslar to’g’risidagi I.P.Pavlov ilgari surgan ilmiy taxmin (gipoteza) psixologiya fani uchun muhim hissa bo’lib qo’shildi, chunki “bu nima”refleksisiz diqqatning tabiatini ochish mutlaqomumkin bo’lmas edi.


I.P.Pavlovning “bu nima” refleksi haqidagi g’oyasi ixtiyorsiz diqqatning g’ayri tabiiy (reflektiv) xususiyatini ochib berish uchun xizmat qildi. I.P.Pavlovning fikricha, bizpaydo bo’layotgan siymoga nigohimizni qaratamiz, eshitilgan tovushga quloq solamiz, dimoqimizga urilgan hidni zo’r berib yutamiz. Lekin ushbu mulohazalar refleks mohiyatini ilmiy jihatdan ochib berish imkoniyatiga ega emas, vaholanki uning negizini asoslash uchun bir talayomillarni keltirish zarur. Ye.N.Sokolov, A.R.Luriya, P.Ya.Galperin, Ye.I.Boyko va boshqalarning hozirgi zamon ma’lumotlariga suyanib mulohaza yuritilganda, I.P.Pavlovning orientir reflekslari juda murakkab jarayondir.

Aslini olib qaraganda, orientir kompleksiga tashqi xatti-sharakatlar, ko’zlarning va boshning qo’zqatuvchi tomonga burilishi, muayyan analizatorlarning sezuvchanligi, modda almashinuvi, nafas olish, yurak urish va qon aylanish sharakati, teri-galvanik reaksiyalari, vegetativ nerv tizimsi xususiyati va miyaning elektr faolligi o’zgarishi kabi son-sanoqsiz jarayonlar kiradi.


I.P.Pavlov va A.A.Uxtomskiylarning ta’limotlariga binoan diqqatning holatlari, sifatlari, xususiyatlari, birinchidan, qo’zg’alish va tormozlanish jarayonlarining o’zaro birgalikdagi harakati bilan, ikkinchidan, miya strukturasida hukm suruvchi qo’zg’aluvchanlik bilan uyg’unlikka egadir. I.P.Pavlovning taxminiga ko’ra, vaqtning har bir lahzasida miya qobig’ida qo’zg’alish uchun ancha qulay (senzitiv) va maqbul sharoitga ega ekanligi bilan ajralib turuvchi u yoki bu qism hukm suradi. Alohida ajratib ko’rsatiladigan mazkur qism nerv jarayonlarining induksiyasi qonuniyatiga binoan vujudga keladi. Bosh miya qobiqining biron bir qismida to’plangan (markazlashgan) nerv jarayonlari induksiya qonuniga muvofiq boshqa uchastkalarni tormozlanishga olib keladi. qo’zg’alishning eng optimal markazida yangi shartli reflekslar vujudga keladi, differensiallash esa muvaffaqiyatli amalga oshadi. qo’zg’alishning optimal o’chog’i o’zgaruvchanlik xususiyatiga ega.Bu holatni chuqurroq dalillash uchun I.P.Pavlovning ushbu fikrini keltirib o’tish joizdir: “Agar bosh suyak kosasi orqali ko’rish mumkin bo’lganda edi va agar eng optimal qo’zqaladigan katta yarim sharlar o’rni yoritilganda bormi, bu holda biz fikrlaydigan ongli odamda uning katta yarim sharlari bo’ylab doimo o’zgarib turadigan, shakli va kattaligi g’alati ko’rinishga ega bo’lgan hamda yarim sharlarning qolgan barcha bo’shlig’ida ko’proq yoki ozroq darajadagi soya bilan o’ralgan och rangli dog’ning u yoqdan bu yoqqa qay tarzda ko’chib yurishini ko’rgan bo’lardik”.
I.P.Pavlov ta’kidlab o’tgan och rangli “dog‘” optimal qo’zg’alish o’chog’i markaziga mos keladi, uning harakati to’g’risidagi fikr esa diqqatning intensivligini ta'minlashning fiziologik omili hisoblanadi. I.P.Pavlovning qo’zqalish markazining bosh miya po’sti bo’ylab harakat qilish yuzasidan ilgari surgan g’oyalari, gipotezalariva bashoratlari keyinchalik N.M.Livanovning eksperimental tadqiqotlari materiallari bilan to’la isbotlandi.

Yüklə 88,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə