I bob syujetli mantiqiy masalalar (TO’plamlar orasidagi munosabatlarga keltiriladigan masalalar)



Yüklə 0,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/56
tarix11.12.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#147107
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   56
Gorbachev(O\'zbekcha) (1)

2.8.
Rayhon bir rost gap aytdi, Sanjar uni takrorlagan edi, uning gapi 
yolg’on bo’lib qoldi. Rayhon qanaqa gap aytgan bo’lishi mumkin? 
2.9.
Samarqandda yashaydigan bir odam “Samarqandliklarning hammasi 
yolg’onchi” deb aytdi. Uning gapiga qo’shilasizmi? 
2.10.
Quyidagi gapning rost yoki yolg’on ekanligini aniqlang:
“Istisnosiz qoida yo’q” (Bu gapning o’zi ham qoida deb qabul qiling) 
2.11.
Odamxo’rlar Robinzon Kruzoni tutib olishdi. Ularning boshlig’i “Biz 
seni ko’rib turganimizdan juda xursandmiz, lekin bu seni ozod qilishimizga asos 
bo’la olmaydi. Mayli senga qanday tarzda o’lishingni tanlashga imkon beraman: 
nir gap aytasan, agar u rost bo’lsa seni o’zim yeyman, yolg’on bo’lsa seni itlarga 
yediraman”
Shunda R.Kruzo shunday gap aytibdiki, odamxo’rlar uni qo’yib yuborishga 
majbur bo’lishibdi (uning gapidan ta’sirlanib ketganliklaridan emas, albatta)
Kruzo qanday gap aytgan bo’lishi mumkin? 
2.12.
Jasur, Sanjar va Ulug’bek. Ularning har biri quyidagi 4 fanning 
qandaydir uchtasi bilan shug’ullanadi: biologiya, kimyo, tarix va matematika. 
Sanjar: -“Bizning ichimizda faqat Jasur tarixni yaxshi ko’radi, Ulug’bek va 
men bir xil fanlarni yaxshi ko’ramiz. Biz hammamiz biologiyani qiziqarli fan deb 
hisoblaymiz”
Ulug’bek: -“Biz hammamiz matematikani yaxshi ko’ramiz, Sanjar tarixni 
yaxshi ko’radi, Jasur ham Sanjar ham kimyoni yaxshi ko’radi. Biz Jasur bilan bitta 
fanni yaxshi ko’ramiz” 
Jasur: -“Faqat bitta fanni hammamiz yaxshi ko’ramiz. Matematikani faqat 
men yaxshi ko’raman. Bizlarning ichimizda aynan bir xil fanlarni yaxshi 
ko’radigan ikkita odam yo’q. Ulug’bek Sanjar va meni kimyoni yaxshi ko’radi deb 
adashayapti”
Har bir o’quvchi faqatgina ikkita rost gap aytganligi ma’lum bo’lsa, u holda 
kim qanday fanlarni yoqtirishini aniqlang.
2.13.
Jasur, Sanjar va Ulug’bek baliq ovidan qaytib nechtadan baliq 
ovlaganliklari haqida suhbatlashishdi.
Jasur: “Sanjar faqatgina ikkita baliq ovladi, Ulug’bek esa Sanjarga 
qaraganda bitta ko’p baliq ovladi. Men Ulug’bek bilan birgalikda Sanjardan 8 ta 


ko’p baliq tutdik. Mening tutgan baliqlarim soni Ulug’bek va Sanjar ikalasi 
birgalikda tutgan baliqlar sonidan ortiq.” 
Sanjar: -“Ulug’bek birorta ham baliq tuta olmadi. Jasur meni ikkita baliq 
ovladi deb adashdi. Men va Jasur turli miqdorda baliqlar tutdik. Ulug’bek va Jasur 
birgalikda 13 ta baliq tutishdi.”
Ulug’bek: -“ Bizning oramizda Sanjar hammadan ham ko’p baliq ovladi. 
Men Jasurdan uchta ko’p baliq ovladim. Sanjar meni hech narsa tuta olmadi deb 
aldayapti. Sanjar va Jasur bir xil miqdordagi baliq ovladi.” 
Agar har bir baliqchining faqat ikkita gapi rost bo’lsa, baliqchilarning har 
biri qanchadan baliq ovlaganligini aniqlang. 
2.14.
Brown, John va Smitlar bankni kim o’g’irlaganiga guvoh bo’lishdi, 
ular faqat mashinani ko’rishgandi. Ular har xil ko’rsatmalar berishdi: 
Braun: - U mashina ko’k “Byuike” edi
John: -U mashina qora “Kraysler” edi 
Smit: - U mashina “Ford Mustang” edi, ammo uning rangi ko’k emas edi. 
Ma’lum bo’lishicha ularning har biri aniq bittadan ma’lumotni xato aytishgandi. 
Mashinaning rangi va markasini aniqlang.
2.15.
Sudda jinoyatni sodir etganlikda Brown, John va Smitlar gumon deb 
ko’rilmoqda. Ular so’roqqa tutilganda quyidagicha javoblar olindi: 
Brown: -“Buni men qilmadim, bu jinoyatni Smit sodir etdi” 
John: -“Smit aybdor emas, bu ishni Brown qildi” 
Smit: -“Bu ishni men qilmadim, John ham aybdor emas” 
Agar gumondorlardan birining ikala gapi ham, yana birining ikala gapi ham 
yolg’on, qolgan birining esa bir gapi yolg’on, bir gapi rost bo’lsa aslida kim aybdor 
ekanligni aniqlang. 
2.16.
Megre uyiga qaytib kelgach komissar Orfevrga qo’ng’iroq qildi: 
-Komissar Megre gapirayapti, yangiliklar bormi? 
-Ha, komissar. Yaqinda inspektorlarimdan maktub oldim. Torrans o’z xatida 
agar jinoyat sodir bo’lgan vaqtda Fransua mast bo’lgan bo’lsa u holda Et’en qotil 


yoki Fransua yolg’on gapirgan bo’lishini yozgan. Jussening fikricha Et’en qotil 
yoki Fransua mast bo’lmagan va jinoyat yarimtundan avval sodir bo’lgan. 
Inspektor Lyuk ta’kidlashiga qaraganda jinoyat yarimtundan keyin sodir bo’lgan 
bo’lsa u holda Et’en qotil yoki Fransua yolg’on gapirgan bo’lar ekan. Bundan 
tashqari … 
- Yo’q , rahmat. Menga hammasi tushunarli bo’ldi. – komissar suhbatni 
tugatdi. Komissarga Fransua yolg’on gapirmaganligi ma’lum edi. 
Jinoyatni kim sodir etgan? 
2.17.
𝑥 −
natural son. Quyidagi mulohazalarning faqat ikkitasi rost bo’lsa bu 
sonning qiymatini aniqlang.
2𝑥 > 70 4𝑥 > 25 𝑥 > 5
𝑥 < 100 𝑥 > 10
2.18.
Bir daftarda 40 ta gap yozilgan: 
-Bu daftardagi gaplarning aniq bittasi yolg’on. 
-Bu daftardagi gaplarning aniq ikkitasi yolg’on. 
…. 
-Bu daftardagi gaplarning aniq 40 tasi yolg’on. 
Bu gaplarning qaysi birlari rost ekanligini aniqlang. 
2.19.
Quyidagi uchta mulohazaning aniq ikkitasi rost, qolgan bittasi yolg’on 
bo’ladigan natural
𝐴
sonining qiymatini toping.

(𝐴 + 51)
– to’la kvadrat 

𝐴
ning oxirgi raqami 1 ga teng 

(𝐴 − 38)
to’la kvadrat 
2.20.
𝑎
va
𝑏 
-butun musbat sonlar. Quyidagi mulohazalarning faqat bittasi 
yolg’on ekanligi ma’lum bo’lsa bu sonlarning qabul qilishi mumkin bo’lgan barcha 
qiymatlarni toping.
(𝑎 + 1) ⋮ 𝑏
𝑎 = 2𝑏 + 5
(𝑎 + 𝑏) ⋮ 3


(𝑎 + 7𝑏) − 
tub son 
2.21.
Quyidagi mulohazalarning aniq ikkitasi yolg’on bo’lsa, ikki xonali A
sonni toping.
𝐴 ⋮ 5 𝐴 ⋮ 23 (𝐴 + 7) −
to’la kvadrat
(𝐴 − 10) −
to’ la kvadrat 
2.22.
Mo’jizalar mamlakatida o’g’rilik yuzasidan tergov o’tkazilayapti. 
Sudda quyon Martovskiyning ta’kidlashicha o’g’irlikni Bolvanshik qilgan, 
Bolvanshik va Sonya esa sudga bir xil javob berishdi. Agar faqatgina o’g’rilikni 
sodir etgan sudlanuvchi rost gapirgan bo’lsa bu ishni kim qilganligini aniqlang. 
2.23.
Sudlanuvchilarning har ikalasi qolgan ikki sudlanuvchilardan birini 
aybdor ekanligini aytdi. Bunda faqat birinchi sudlanuvchining gapi rost bo’ldi. 
Agar ularning har biri boshqa gumondorni aybdor deb aytsa (o’zidan tashqari, 
albatta) u holda faqat ikkinchi sudlanuvchining gapi rost bo’lar ekan. Kim aybdor? 
2.24.
Imperatorning toji yo’qoldi. Shu ma’lumki, tojning o’g’risi har doim 
yolg’on gapirar ekan. Press-sekretar o’g’irlikni kim qilganligini bilishini ma’lum 
qildi. U aybdor bo’lishi mumkinmi? 
2.25.
Sudda birinchi sudlanuvchini ikkinchi sudlanuvchi aybdor ekanligini 
aytdi. Agar faqat aybdor rost gapirgan yoki faqat aybdor rost gapirgan bo’lsa, kim 
aybdor ekanligini aniqlang. Bunda faqat bitta aybdor bor deb hisoblang.
2.26.
To’rt gnom : Benya, Venya, Jenya va Senyalar yoki har doim yolg’on 
gapirishadi yoki har doim rost gapirishadi. Ularning suhbatidan parcha keltriamiz: 
- Benya Venyaga : “Sen yolg’onchisan” 
-Jenya Benyaga : “O’zing yolg’onchisan” 
-Senya Jenyaga: “Ularning ikalasi ham yolg’onchi, sen ham yolg’onchisan” 
Gnomlarning qaysi biri rost gapirayotganligini aniqlang. 
2.27.
Maktab o’quvchilari ikki guruhga ajratildi: “Jiddiylar” (ular doim rost 
gapiradi), “Hazilkashlar” (doim yolg’on gapirishadi). O’qituvchi Ivanovdan uning 
qaysi guruhga kirishini so’radi. Ivanovning javobini o’qituvchi eshitmay qolganligi 
uchun u ivanovning javobi qanday bo’lganligini Petrov va Sidorovdan so’radi.
-Petrov: “Ivanov jiddiy ekanligini aytdi” 
-Sidorov : “Ivanov hazilkashman dedi” 


Petrov va Sidorovlar qaysi guruhga kirishini aniqlang. 
2.28.
Lola dushanba, seshanba va chorshanba kunlari yolg’on, qolgan 
kunlari esa rost gapiradi. U quyidagi gaplarni qaysi kunlari aytishi mumkin: 
-Men kecha yolg’on gapirgan edim. 
-Men ertaga yolg’on gapiraman. 
-Men kecha yolg’on gapirgan edim, ertaga ham yolg’on gapiraman. 
2.29.
Orolda ikki o’rtoq yashashardi : Chuk va Guk. Chuk dushanba, 
seshanba va chorshanba kunlari , Guk esa seshanba, payshanba va shanba kunlari 
yolg’on gapirishadi. Qolgan kunlarda esa ular faqat rost gapirishadi. Kunlarning 
birida ulardan biri savol berdim: 
-Isming nima? 
-Chuk, -deb javob berdi u.
-Bugun haftaning qaysi kuni? 
-Kecha yakshanba edi.
-Ertaga juma, - deb qo’shimcha qildi uning o’rtog’i. Uning o’rtog’idan sen 
haqiqatan ham rost gapirayapsanmi deb savol berganimda, u “Men har chorshanba 
rost gapiraman” deb javob berdi.
Ularning qaysi biri Guk, qaysi biri Chuk va bu suhbat haftaning qaysi kunida 
bo’lib o’tgan? 
2.30.
Aylana stol atrofida 
𝑘
ta fizik va 
𝑘
ta ximik o’tiribdi. Ularning 
ba’zilari har doim rost gapiradi, qolganlari esa faqat yolg’on gapirishni odat qilib 
olgan. Fizik- yolg’onchilar qancha bo’lsa ximik-yolg’onchilar ham shuncha ekan. 
Ulardan o’ng tomoningizda kim o’tiribdi deb so’ralganida, ularning hammasi 
“Ximik” deb javob berishgan bo’lsa
𝑘 −
juft ekanligini isbotlang.

Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə