Bolalar va oits: virus tasodiflarni yaxshi ko‘radi odam immun tizimi tanqisligi sindromini «ko‘rinmas qotil»



Yüklə 20,09 Kb.
səhifə1/3
tarix25.12.2023
ölçüsü20,09 Kb.
#161149
  1   2   3
Документ Microsoft Word (2)


BOLALAR VA OITS: VIRUS TASODIFLARNI YAXSHI KO‘RADI
Odam immun tizimi tanqisligi sindromini «ko‘rinmas qotil» deb ham atashadi. Jins, irq, millat tanlamaydigan bu og‘ir sindrom ilk bor 1981 yili aniqlangan edi. 2019 yilning oxiriga kelib, butun dunyo bo‘ylab ushbu kasallikka chalinganlarning umumiy soni 75,7 millionga yetdi, ulardan 32,7 mln nafari OITS bilan bog‘liq xastaliklar tufayli vafot etgan.
Kuniga taxminan 4,7 ming kishi kasallik virusini yuqtirib olmoqda. U turli yoshdagilar, ayniqsa, 15 dan 49 yoshgacha bo‘lgan kishilar orasida ko‘p qayd etilyapti (62%).
Shuningdek, virus yuqishi natijasida OITSga chalinish holatlari bolalar orasida ham uchraydi.
OITS – odamning immun tizimini OIV (immunitet tanqisligi virusi) shikastlashi natijasida kelib chiqadigan xastalikdir. Virus qonga tushgach, dastlabki davrda kishi sog‘lig‘ida hech qanday o‘zgarish sezmaydi. Bu holat hatto 8-10 va undan ham ko‘p yillargacha davom etishi mumkin. Keyin esa klinik belgilar uzoq davom etuvchi sababsiz yo‘tal, qisqa vaqtda keskin ozish, tana harorati uzoq vaqt mobaynida sababsiz ko‘tarilishi, diareya, og‘iz bo‘shlig‘i hamda turli a'zolarning yallig‘lanishi, xavfli o‘smalar rivojlanishi bilan yuzaga chiqa boshlaydi.
Bugungi kunga qadar OIV yuqtirgan bemorni virusdan butunlay xalos qiluvchi dori topilganicha yo‘q. Jahonning ko‘plab mamlakatlarida ushbu infeksiyaga qarshi vaksina va davolovchi preparatlar yaratish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Hozircha esa faqat OIV infeksiyasini yuqtirgan bemorning umrini imkon qadar uzaytirish choralarini ko‘rish mumkin, xolos.
Buning uchun retrovirusga qarshi terapiya mavjud. Ushbu muolaja virusni to‘liq yo‘q qilolmasa-da, uning bemor organizmida ko‘payib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Shu o‘rinda kasallik infeksiyasi qanday yuqishi haqida ham qisqacha aytib o‘tish joiz. Virus parenteral yo‘l bilan, ya'ni qon orqali, shuningdek, jinsiy aloqa, kasallik yuqtirgan onadan vertikal yo‘l bilan homiladorlik davri (jarohatlangan yo‘ldosh orqali)da homilaga, tug‘uruq jarayoni (tug‘uruq yo‘lida ona qoni orqali)da va ona suti orqali chaqaloqqa yuqishi mumkin.
Quyida OIVni parenteral yo‘l bilan, ya'ni qon orqali yuqtirib olgan ikki yigitning hikoyasini keltirmoqchimiz.
Zero, qahramonlarimizning har bir so‘zi har bir kishini hushyorlikka chorlaydi, salomatlikni o‘z vaqtida, kech bo‘lmasidan qadrlashga va hayotni sevishga undaydi.

Yüklə 20,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə