Bolalar va oits: virus tasodiflarni yaxshi ko‘radi odam immun tizimi tanqisligi sindromini «ko‘rinmas qotil»


«Virus tasodiflarni yaxshi ko‘radi...»



Yüklə 20,09 Kb.
səhifə3/3
tarix25.12.2023
ölçüsü20,09 Kb.
#161149
1   2   3
Документ Microsoft Word (2)

«Virus tasodiflarni yaxshi ko‘radi...»
— 17 yoshdaman, 9 yasharligimda shifoxonada OIV yuqtirib olganman. Onamning eslashicha, o‘shanda kamqonlikning og‘ir darajasi bilan kasalxonaga tushgan ekanman. Shifokorlar zudlik bilan qon quyish kerakligini aytishgach, ota-onam menga donor qidirishgan. Tez orada shifoxonadagi ishchilardan biri menga qon beradigan bo‘ladi va uning qoni tekshirilib, donorlik qilishiga ruxsat beriladi. Shundan keyin oradan bir yil o‘tib, qayta tekshiruvga bordik. Negadir, onam mendan OITS tekshiruvi uchun ham qon olishlarini so‘radi. Chunki, menga donorlik qilgan kishi ota-onamning ko‘nglida shubha uyg‘otgan ekan. Ular doim «shu ishni bekor qildik, donorlik qilgan odamning yuzida nur yo‘q edi», deyishardi bir-birlariga. Xullas, meni tekshirishdi, natijalar ijobiy chiqdi, ya'ni OIV aniqlandi. Menga qon bergan odam ham tibbiy tahlil topshirdi va unda ham virus aniqlandi.
Ota-onam shifoxonadagilar bilan uzoq tortishishdi, holat bo‘yicha ekspertlar tayinlandi, aybdorlar qidirildi. Ammo bularning hech biri endi meni og‘ir darddan qutqara olmasdi.Oyim juda ko‘p yig‘ladi. Unga qo‘shilib, tushunib-tushunmay men ham yig‘lardim. O‘shanda nega yig‘laganimni bilmayman, axir, yosh edim, kasallik haqida hech nima bilmasdim, bilsam ham uning nima ekaniga, oqibatlarini tasavvur qilishga aqlim yetmasdi. Hammasi ulg‘ayganimdan keyin boshlandi.
Men hayotni yomon ko‘ra boshladim, kelajagimni yo‘qqa chiqardim, o‘limimni kutib yashashga odatlandim. Nazarimda, hamma mendan o‘zini olib qochayotgandek edi, o‘zimni yolg‘iz his qilardim. Tushkunlik, umidsizlik ba'zan shunchalar qiynardiki, nega aynan men deya bor ovozim bilan baqirgim kelardi, hamma narsani urib-otsam, xumorimdan chiqaman, deb o‘ylardim.
Keyinroq bu to‘g‘ri emasligini tushunib yetdim. Va qaror qildim: kasallikni yolg‘on, o‘zimni soppa-sog‘ hisoblayman! U yo‘q, men sog‘lomman, hamma qatori odamman. Boshqalardan birgina farqim – kuniga ikki mahal dorilarni qoldirmay, kechiktirmay ichish va har uch oyda tibbiy tekshiruvlardan o‘tib turish, xolos.
Maktabda hamma tengdoshlarimdan kuchliman, deb o‘ylayman. Bundan ham kuchliroq bo‘lishga harakat qilaman, hammadan yaxshi o‘qiyman. Har doim boshqalardan kam joyim yo‘qligini, aksincha, ustunligimni isbotlash menga yoqadi. To‘g‘ri, ba'zan imkoniyatlarim cheklangani esimga tushib ketib asabiylashaman. Lekin baribir o‘zimni qo‘lga olishim kerak.
O‘tgan yili bir qizni yoqtirib qoldim, undan... birinchi bo‘sa olish imkoniyatim bor edi. Lekin bunday qilolmadim. Yuqtirib qo‘ysam-chi, deb qo‘rqdim. Tibbiyot buni inkor qiladi, to‘g‘ri, shunday bo‘lsa ham uni o‘zimdan ehtiyotladim. Har ehtimolga qarshi tavakkal qilmagan ma'qul, chunki men yaxshi bilaman, virus tasodiflarni yaxshi ko‘radi.
OITS – faqat tibbiyotning muammosi emas, u, eng avvalo, ijtimoiy muammo. Bu dolzarb masalaga yechim topishda jamoatchilik hushyor tortishi, jamiyatning har bir a'zosi o‘z salomatligiga e'tibor bilan qarashi juda muhim.
Har ikki qahramonimizning ham o‘zi haqidagi hikoyalaridan sezilyaptiki, OIV yuqishining oldini olish uchun oilalarda tibbiy madaniyat darajasi yuqori bo‘lishi kerak.
Kimningdir gapiga kirib, shifokor ko‘rsatmasi va nazoratisiz o‘zbilarmonlik bilan turli tibbiy muolajalarni qo‘llash mutlaqo noto‘g‘ri.
Hatto shifoxona yoki poliklinikada biror kasallik sabab davolanayotgan bemor (yoki uning yaqinlari) ham terapevtik jarayonlarga befarq bo‘lmay, o‘z salomatligi uchun o‘zi qayg‘urishi zarur. Zero, kasallikni boshidan o‘tkazgan bemor aytganidek, virus tasodiflarni yaxshi ko‘radi va u istalgan paytda, istalgan kishiga xavf sola biladi.
Yüklə 20,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə