Bolalar va oits: virus tasodiflarni yaxshi ko‘radi odam immun tizimi tanqisligi sindromini «ko‘rinmas qotil»


«7 yoshimda OIV yuqtirib olganman»



Yüklə 20,09 Kb.
səhifə2/3
tarix25.12.2023
ölçüsü20,09 Kb.
#161149
1   2   3
Документ Microsoft Word (2)

«7 yoshimda OIV yuqtirib olganman»
— Ha, xuddi shunday bo‘lgan. Yaratgan egam menga, hali gunoh qilib ulgurmagan go‘dakka shunday sinov yubordi. Aslida, bu qanchalar og‘ir dardligini, kelajakda hayotimga qanday ta'sir etishini u paytlar bilmaganman, tushunmaganman. Yaqinda 16 yoshga to‘laman. Ikki yil oldin hammasini anglab yetdim, nima bo‘lgandi, o‘zi, 7 yosh bola infeksiyani qayerdan yuqtirib olgandi, bu kasallikning azoblari, og‘riqlari qanday, hamma-hammasiga endi aqlim yetadi. Ming afsuski, hayotda shunaqasi ham bo‘lar ekan….
Oyimning aytishicha, 6 yoshgacha nimjon, juda ko‘p kasallanadigan bola bo‘lgan ekanman. Ota-onam 5 yasharligimdayoq ajrashib ketishgan. Onam meni yolg‘iz katta qildi, har qanday qiyinchilikka men uchun chidadi. Eslashimcha, shahardagi bolalar shifoxonalarining deyarli hammasida yotib chiqqanmiz. Meni juda ko‘p davolashgan, lekin tuzalmasdim, erta kunda kasalxonaga tushaverardik. Ilojsiz qolgan onam tabiblardan najot kutgan, «o‘lim to‘shagida yotgan bemorni ham oyoqqa turg‘azvoraman» deydigan firibgarlarga ko‘p duch kelgan.
Qo‘shni mahallada uzoq yillar bolalar shifoxonasida hamshira bo‘lib ishlagan ayol bor edi. Bir kuni o‘sha ayol menga qon quyish kerakligini aytibdi. Oyim yoshligida gepatitning «V» turi bilan og‘rigani uchun qon donorini qidirgan. Keyin esa dadamni topgan va menga qon berishga uni ko‘ndirgan. Shunday qilib, hamshira xolaning uyida tomirimga dadamning qonini quyishdi. Qon quyilganidan so‘ng men yaxshi bo‘la boshladim. Kasallanmay qo‘ydim. Oradan bir yil o‘tdi. Bir kuni onam otamning giyohvand bo‘lib qolgani, og‘ir kasallikka chalingani haqida eshitib qolibdi. Bu xabar uni sarosimaga soldi, rosa asabiylashtirdi va onam meni yetaklab, shifoxonama-shifoxona yugurdi. Qonimni tekshirishdi. Afsuski, OIV tahlili ijobiy ekan. Onam bu gapga aslo ishongisi kelmasdi, meni shahardagi boshqa OITS markazlariga ham olib bordi. Hammasida bir xil javob.
Onam o‘shanda dadamni tekshiruvlardan o‘tishga majburlagan va dadamda ham natijalar ijobiy chiqqan ekan. Xullas, virus menga dadamning qonidan o‘tgan.
Bularning hammasini 14 yoshga to‘lganimda to‘liq angladim. Ungacha sog‘lig‘im haqida hech nima bilmasdim, shunchaki hammasi tabiiy tuyular, dunyodagi hamma bolalar men ichayotgan dorilarni ichishadi, deb o‘ylardim. Faqat ba'zi-ba'zida xayolimga mana bu savollar kelardi: nega oyim meni ehtiyotlayveradi? Boshqalarning onasi urishadi, hatto uradi, mening onam esa ko‘nglimga qaragani-qaragan. Boshqa bolalardan qanday farqim bor?..
Keyinchalik hammasini tushuntirgan onam mendan yig‘lab kechirim so‘radi: «Bilib-bilmay ish qildim, shifokorga bormay, tekshirtirmay qon quydirganim uchun shunday bo‘ldi, ahmoq onangni kechir, bolam», deb o‘zini aybladi. Keyin kasalligim haqida hech kimga og‘iz ochmasligimni so‘radi.
Aslida, mening tengqurlarimdan hech kam joyim yo‘q. Hamma qatori o‘qiyman, baholarim «5», ingliz tilini yaxshi bilaman. Ikki yildan beri xitoy tilini ham o‘rganyapman. Futbol o‘ynayman, xohlaganimcha yuguraman. Faqat onam ora-sira menga orzu qilishim mumkin bo‘lmagan kasblar haqida eslatib turadi. Mayli, deyman, men ham, professional sportchi bo‘lolmasman, lekin yaxshi iqtisodchi bo‘lishim mumkin-ku!
Agar kelajakda xorijga ketolsam, onamni ham olib ketish niyatim bor. Germaniyada yashab ishlamoqchiman. Keyin oilam, bolalarim bo‘lishini ham orzu qilaman. Bilmadim, bunga haqqim bormikin... Orzu qilishga qilaman-u tasavvurimda baxtim, bolalarim va ularning onasi juda ham xira ko‘rinadi.Shu kungacha biror qizni sevib qolishni o‘zimga taqiqlab keldim, bu sevgi baxtli yakun topmasligini bilaman. Bila turib, kimnidir baxsiz qilishim to‘g‘ri emas… Baribir sizni quvontirish uchun harakat qilaman, ona! O‘qiyman, zo‘r mutaxassis bo‘laman, bilimim bilan, mehnatim bilan sizga rahmatlar olib beraman! Faqat yig‘lamang, ona...


Yüklə 20,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə