I bo’lim 1 ma’ruza. Kirish. Hayot faоliyati хavfsizligini ta’minlash asоslari. Reja



Yüklə 4,8 Mb.
səhifə25/404
tarix30.12.2023
ölçüsü4,8 Mb.
#164227
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   404
I bo’lim 1 ma’ruza. Kirish. Hayot faоliyati хavfsizligini ta’min

Ish joyidagi yo’riqnoma. Bunday yo’riqnoma ishchining bir ish joyidan ikkinchi ish joyiga o’tkazilganda amalga oshiriladi. Ish joyidagi yo’riqnomada ishchilarga ishchining doimiy ish joyi, xavfli ish jarayonlari, muxofaza qurilmalari va ularning vazifalari, ishni olib borish qoidalari, uskuna, moslamalarning sozlanganligi va yerga ulanganligi, shaxsiy muxofaza vositalarining vazifalari xususida bilim beriladi. Ish joyidagi yo’riqnomadan o’tkazilgan ishchilar bilimi tekshirilgach, maxsus daftarga yoziladi va imzo chekiladi, so’ngra, mustaqil ish yuritishga ruxsat etiladi.
Rejali yoki takroriy yo’riqnoma. Bu yo’riqnomadan korxonadagi hamma ishchilar (ish staji, kasbi, malakasidan qat’i nazar) korxona kasaba uyushmasi qo’mitasi bilan kelishilgan bir vaqtda o’tkaziladi.
Rejadan tashqari yo’riqnoma. Agar mehnatni muxofaza qilish qoidalarida, texnologik jarayonda, uskuna-moslama tuzilishida, ishlatilayotgan xomashyolarda o’zgarishlar bo’lsa, ishchilar xavfli ish usullaridan foydalansa, baxtsiz xodisalar yuz bersa, mehnat intizomi va xavfsizlik texnikasi qoidalari buzilsa, avariya sababli baxtsiz xodisa ro’y bergandan keyin darxol o’tkaziladi.
Kundalik yo’riqnoma - maxsus ruxsatnoma bilan bajariladigan xavfli ish bajaruvchilarning ish boshlashlaridan oldin o’tkaziladi. Bu yo’riqnomaning o’tkazilganligi haqidagi ma’lumot maxsus-ruxsatnoma qog’ozida yozib qo’yiladi.


Mehnat muxofazasiga oid qoida va me’yorlarni buzganlik uchun javobgarlik.
Ma’lumki, ishlab chiqarish korxona rahbarlarini, ishchilarni o’z ishlariga sovuqqonlik, loqaydlik bilan qarashlari oqibatida mehnat xavfsizligi tartib qoidalari buzilib, baxtsiz xodisalar ro’y beradi. Baxtsiz xodisaning og’ir - yengilligi va oqibatlariga qarab 4 xil javobgarlik chora - tadbirlari belgilangan:

  1. lntizomiy javobgarlik. Bunda korxonada ishlab chiqilgan sog’lom va xavfsiz mehnat sharoitlarining buzilishi oqibatida ish rejasining buzilishiga, kasallik, baxtsiz xodisa, zaharlanish va boshqa salbiy xodisalar ro’y berishi mumkin. Ular uchun intizomiy javobgarlik ta’sis etilgan. Bu javobgarlik ishchilar uchun: ogohlantirish, xayfsan e’lon qilish, 3 oy muddat bilan past oylik yoki past lavozimli ishga o’tkazish, ishdan bo’shatish javobgarligi qo’llaniladi. Rahbar shaxslar uchun: ogohlantirish, hayfsan e’lon qilish, bir yilgacha lavozimni pasaytirish, ishdan bo’shatish javobgarligi qo’llaniladi.


  2. Yüklə 4,8 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   404




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə