I bo’lim 1 ma’ruza. Kirish. Hayot faоliyati хavfsizligini ta’minlash asоslari. Reja


Mehnat muxofazasini boshqarish tizimi



Yüklə 4,8 Mb.
səhifə23/404
tarix30.12.2023
ölçüsü4,8 Mb.
#164227
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   404
I bo’lim 1 ma’ruza. Kirish. Hayot faоliyati хavfsizligini ta’min

Mehnat muxofazasini boshqarish tizimi.
Mehnat muxofazasini boshqarish korxona boshqarish tizimining bir qismidir. Mehnat muxofazasini boshqarishni korxona boshlig’i o’rinbosari (yoki bosh muhandis) va bo’lim boshliqlari olib boradi. Bu tizimning asosiy e’tibori ishlab chiqarishda sog’lom va xavfsiz mehnat qilish sharoitini yaratishga qaratilgan. Mehnat muxofazasini boshqarish tizimining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  1. Mehnat muxofazasi ishlarini rejaiashtirish, amalga oshirish, baxolash ishlarini barqarorlashtirish.

  2. Ishlovchilarni mehnat xavfsizligiga o’qitish va mehnat muxofazasi masalalarini tashviqot qilish.

  3. Bino va inshoot, ishlab chiqarish jarayonlari va asbob-uskunalarining xavfsizligini ta’minlash.

  4. Mehnat sharoitining sanitar-gigiyenik xolatini me’yorlashtirish.

  5. Ishchilarni shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlash.

  6. Ishchilar uchun maqbul ish va mehnat sharoitini varatish.

  7. Ishlovchilar uchun davolash-oldini olish tadbirlarini rejaiashtirish va amalga oshirish.

  8. Alohida mutaxassisliklar bo’yicha kasb tanlovi o’tkazish.

  9. Ishlovchilarga sanitariya-maishiv xizmat ko’rsatish va xokazo.

Tizim mehnat qonunchiligi hujjatlari, davlat va kasaba uyushmasi qarori, yo’llanma va farmonlari, texnikaviy hujjatlar asosida boshqariladi. Masalan, kimyo va neft kimyosi sanoati korxonalarida mehnatni muxofaza qilishni boshqarish tizimi uchun 1989-yil iyulda tasdiqlangan 480-sonli buyruq va 1984-yil 14-noyabrdan kuchga kirgan Nizom asosiv hujjat hisoblanadi. Ishlab chiqarish korxonalarida xavfsiz va sog’lom’mehnat sharoitini ta’minlashda xavfsizlik texnikasi, sanitariya-gigiyena va yong’in xavfsizligiga bog’lik qoida, norma, yo’riqnomalar katta ahamiyatga ega. Ular umumiy, tarmoq va oraliq turlariga bo’linadi. Umumiy norma qoidalarga «Qurilish norma va qoidalari» (SNIP), «Sanoat korxonalarini loyihalash sanitar normalari» (SN-245-71), «Nurlanish xavfsizligi qoidalari» (NRB 78), «Elektrotexnik moslamalar tuzilishi qoidalari» (PUE), «Portlashdan himoyalangan elektr uskunalarini tanlash qoidalari» (PIVRE), «Bosim ostida qo’llaniladigan idishlarning tuzilishi va xavfsizligi qoidalari» va boshqalar. Vazirlik, ilmiy tekshirish, loyihalash institutlari o’zaro hamkorlikda tarmoq qoida va normalarini ishlab chiqib tasdiqlab, ularni bir yoki bir necha tarmoq korxonalarida qo’llash uchun tavsiya etadilar. Oraliq qoida va normalari korxonalarda zaruriyatga qarab bajariladigan ish va jarayonlar uchun xavfsizlikni ta’minlash maqsadida tavsiya etiladi. Mehnat muxofazasi bo’yicha muhim me’yoriy hujjatlardan biri 1974 - yil 1 - iyuldan amal qilayotgan «Mehnat xavfsizligi standartlar tizimi»dir (MXST).
MXST - bu, mehnat jarayonida insonning sog’lig’ini va ish qobiliyatini saqlashga, xavfsizligini ta’minlashga yo’naltirilgan talablar, me’yorlar va qoidalarni o’z ichiga olgan o’zaro bog’liq standartlar majmuasidir. U 5 turga bo’linadi:


  1. Yüklə 4,8 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   404




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə