I bo’lim 1 ma’ruza. Kirish. Hayot faоliyati хavfsizligini ta’minlash asоslari. Reja



Yüklə 4,8 Mb.
səhifə21/404
tarix30.12.2023
ölçüsü4,8 Mb.
#164227
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   404
I bo’lim 1 ma’ruza. Kirish. Hayot faоliyati хavfsizligini ta’min

2 - MA’RUZA.
HAYOT FAОLIYATI ХAVFSIZLIGINING HUQUQIY VA TASHKILIY ASОSLARI.


1.Mehnatni muxofaza qilishning huquqiy asoslari.
2.Mehnat muxofazasiga oid tadbirlarni rejalashtirish.
3.Mehnat muxofazasini boshqarish tizimi.
4.Ishlovchilarni mehnat xavfsizligiga o’qitish.
5.Mehnat muxofazasiga oid qoida va me’yorlarni buzganlik ucbun javobgarlik.
6.Mehnatni muxofaza qilishning Davlat nazorat tashkilotlari.
7.Mehnatni muxofaza qilishda nazorat o’tkazishning tashkil etilishi.
8.Ishlab chiqarish korxonalarida baxtsiz xodisa va kasb kasalliklarining kelib chiqishi.


1. Mehnatni muxofaza qilishning huquqiy asoslari.
Mehnatni muxofaza qilish quyidagi manbalarda ko’zda tutilgan:

  • O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi;

  • O’zbekiston Respublikasining «Mehnatni muxofaza qilish» Qonuni;

  • O’zbekiston Respublikasining «Mehnat qonunlari kodeksi»;

- Texnika xavfsizligiga oid me’yorlar, qoidalar, standartlar va yo’riqnomalar.
Mehnatni muxofaza qilishning qator masalalari Konstitutsiyada o’z aksini topgan. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining, IX bobi fuqarolarning iqtisodiy va ijtimoiv huquqlarini himoya qilishga qaratilgan bo’lib, 36-moddada «Har bir inson qonunda ko’rsatilgan tartibda mehnat qilish, erkin kasb tanlash, qulay sharoitlarda mehnat qilish va ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir» deb ko’rsatib o’tilgan. Ushbu bobning 37-moddasida «Barcha ishlayotgan fuqarolar dam olish huquqiga egadir, Ish vaqti va haq to’lanadigan mehnat ta’tilining muddati qonun bilan belgilanadi». 38-moddada esa «Har kim qariganda, mehnat layoqatini yo’qotganda, shuningdek, boquvchisini yo’qotganda va boshqa xollarda ijtimoiy ta’minot olish huquqiga egadir. Bunday nafaqalar va ijtimoiy yordamning boshqa turlarining miqdori tirikchilik uchun zarur bo’lgan maoshning eng kam miqdoridan oz bo’lishi mumkin emas» deb o’tilgan. Konstitutsiyaning 39-moddasida «Har bir inson malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega» deb belgilangan. Bu moddada tibbiyot xizmati bo’yicha hech bir cheklanishlar yo’qligi, bunda turli - tuman tibbiyot xizmati korxonalari tashkil etilishi, jumladan, malakali tibbiyot xodimlari o’z shaxsiy davolash muassasalariga ega bo’lishi, bu bilan esa davolash sohasida raqobat vujudga keladi, natijada axoli malakali tibbiyot xizmatidan foydalanish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Bu moddalar BMTning «Inson huquqlari umumiy deklaratsiyasining 3, 23-moddalariga hamohangdir. Ya’ni deklaratsiyaning 3-moddasida «Har bir inson yashash huquqiga ega...», 23-moddasida esa «Har bir inson mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli va qulay sharoitlar… huquqiga ega» deb belgilab o’tilgan. O’zbekiston Respublikasida mehnatni muxofaza qilish O’zbekiston Respublikasi «Mehnat qonunlari kodeksi» asosida olib boriladi. Bu me’yoriy hujjat 1996-yilda kuchga kirib, unda mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, hamma korxona va muassasalarga mehnat sharoitini yaxshilash, baxtsiz xodisalarning oldini olish uchun zarur choralarni ko’rish kerakligi belgilab berilgan. Shuningdek, ishchi, xizmatchilarni ishdan bo’shatish, xodimlar bilan korxona ma’muriyati o’rtasida yuzaga keladigan bahsni muxokama etishni tartibga soladi, bunda mehnatkashlar manfaatlari himoya qilinadi. Masalan, mehnat shartnomasi, ish bilan ta’minlash, ish vaqti, dam olish vaqti, ish haqi, kafolatlar va kompensatsiyalar, mehnat muxofazasi, ayollar mehnati, yoshlar melmati imtiyozlar, mehnat intizomi, nazorat, mehnat nizolari va h.k. Mehnat qonuniyatlari ish vaqtidan ortiq mehnat qilishni butunlay taqiqlaydi. Ishchilar har yili bir marta 24 kundan kam bo’lmagan miqdorda haq to’lanadigan ta’til bilan ta’minlanadilar. Bu ularning mehnat faoliyatini tiklash, sog’liqlarini mustahkamlash imkoniyatini yaratadi.
Mehnat qonuniyati o’smirlar mehnatini muxofaza qilishgaham alohida ahamiyat beradi. 16 yoshga to’lmagan o’smirlar ishga qabul qilinmaydi. Ba’zi xollarda ular korxona kasaba uyushmasi qo’mitasi ruxsati bilan ishga qabul qilinishi mumkin. 16 yoshgacha bo’lgan o’smirlar uchun 24 soatli 18 yoshgacha bo’lganlar uchun 36 soatli ish haftasi joriy qilingan. Ular uchun to’lanadigan ish haqi aynan shu kategoriyadagi ishlarda ishlaydigan balog’at yoshidagi ishchilarning o’rtacha ish haqidan kam bo’lmasligi kerak. O’smirlarning tungi ishlarda, dam olish kunlarida ishlashlariga yo’l qo’yilmaydi hamda ularning sog’liqlari uchun zararli bo’lgan ishlarni bajarishga jalb qilish taqiqlanadi. Mehnat qonuniyatlariga asosan ba’zi zararli ish sharoiti bo’lgan joylarda ishlovchilar uchun ustama haq to’lanadi yoki ish soati qisqartiriladi. Ish soatining qisqarilishi ishchining kamroq zararlanishiga olib keladi. Jumladan, kimyo sanoati korxonalarida ish soati kuniga 4 yoki 6 soat qilib belgilangan. Bundan ishlovchilarning 30 foizi foydalanadi. Shuningdek, zararli muhitda ishlovchilar uchun qo’shimcha ta’til joriy qilingan bo’lib, u 12-36 kungacha bo’lishi mumkin. Qo’shimcha ta’tildan ishlovchilarning 70 foizi foydalanadi. Zararli joylarda ishlovchilar uchun ustama haqi bir qancha sexlarda oylikning 13 foizini, o’ta zararli ishlarda esa 30-35 foizini tashkil etadi. Sog’liq uchun o’ta xavfli sharoitlarda ishlayotganlarning kasb kasalliklariga chalinmasliklarini ta’minlash va sog’liqlarini mustahkamlash maqsadida ularga bepul oziq-ovqat mahsulotlari (sut, qatiq va h.k) beriladi. Bu imtiyozdan 30 foiz ishchi va xizmatchilar foydalanadilar. Shuningdek, zararli va zaharli muhitda ishlayotganlar uchun xavfsizlikni ta’minlash, sog’liqni saqlash maqsadida mehnat qonunchiligiga asosan shaxsiy muxofaza vositalari korxona hisobidan bepul beriladi. Misol uchun, gazniqob, resperator, ko’zoynak, himoya moslamalari, dielektrik kalish, kiyimlar, xalat va qo’lqoplar. Ishlab chiqarish korxonalarida zararli va og’ir mehnat sharoitida ishlayotganlar kasb kasalliklariga uchramaslik va salomatliklarini mustahkamlash maqsadida (har 3,6,12 oyda) tibbiyot ko’rigidan o’tkaziladi, zaruriyatga qarab qo’shimcha chora-tadbirlar ko’riladi.
Mamlakatimizda axolining mehnat qilish jarayonida erkaklar bilan ayollarning teng huquqligi ta’kidlansada, ayollarning erkaklar singaii og’ir va zararli bo’lgan ishlarda ishlashlarini bildirmaydi. Chunki ayollar fiziologiyasini hamda ayollarning oiladagi tutgan o’rnini hisobga olib, qonunda ular uchun muayyan yengilliklar va maxsus qoidalar belgilangan. Shuning uchun ba’zi bir og’ir jismoniy va zaharli ta’siri bo’lgan ishlarida ayollar mehnatidan foydalanish taqiqlanadi. Masalan, zaharli moddalar ajraladigan yoki qo’llaniladigan, kimyo sanoatining ayrim tarmoqlarida, yuqori haroratli qora metall quymalar ishlab chiqarishda (quymakorlik sanoatida), og’ir yuklarni transportlarga yuklash va tushirish, yer osti ishlarida va boshqa bir qancha sohalarda ayollarning ishlashiga yo’l qo’yilmaydi. Shuningdek, qizlar va 8 yoshgacha bolalari bo’lgan ayollarning tungi ishlarda (soat 22 dan soat 6 gacha) ishlashlari, dam olish kunlaridagi ishlarga jalb qilish va xizmat safariga yuborish taqiqlanadi. O’zbekiston Respublikasining 1993-yildagi «Mehnatni muxofaza qilish to’g’risida»gi Qonunida ishlovchilaming mehnatini va sog’lig’ini ta’minlash, ishlab chiqarish tarmoqlarida mehnat muxofazasini tashkil etishning yagona tartibini o’rnatishga qaratilgan. Bu qonun 5 ta bo’lim va 29 moddadan iborat: I bo’lim. Umumiy qoidalar (7 ta modda); II bo’lim. Mehnatni muxofaza qilishni ta’minlash (8 ta modda); III bo’lim. Ishlovchilaming mehnatini muxofaza qilishga oid huquqlarni amalga oshirishdagi kafolatlar (6 ta modda); IV bo’lim. Ishlovchilaming mehnatini muxofaza qilishga doir qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarga rioya etilishi ustidan davlat va jamoatchilik nazorati (3 ta modda); V bo’lim. Mehnatni muxofaza qilish to’g’risidagi qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlami buzganlik uchun javobgarliklar (5 ta modda)



Yüklə 4,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   404




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə