I ma’ruza mashg‘ulotlari



Yüklə 436,98 Kb.
səhifə6/10
tarix22.12.2023
ölçüsü436,98 Kb.
#153885
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1-3 Ma\'ruzalar

Java dasturlash tili. Java dasturlash tili taqsimlangan ilovaning barcha komponentlari o‘rtasida dinamik maʼlumot almashishni tashkil qilish uchun barcha vositalarga ega. Shuning uchun Java masofadan monitoring, diagnostika qilish, boshqarish uchun dasturiy taʼminot ishlab chiqish uchun mos keladi.
Java texnologiyasi o‘ta sodda, xavfsizlikni yuqori darajada taʼminlab bera oladigan, kuchli, to‘la obektga yo‘naltirilgan dasturlash tili bo‘lib, muhit (platforma)ga bog‘liq bo‘lmagan holda ishlaydi. U bilan xatto yeng kichik qurilmalarga ham dasturlar yozish mumkin. Java texnologiyasi to‘laligicha Java Virtual Machine (JVM) ga asoslangan. JVM ning vazifasi tarjimonlik yaʼni, dastlab biz yozgan *.java faylni compilyator yordamida bayt kodga o‘giriladi va JVM yordamida yesa mashina tiliga o‘giriladi. Java texnologiyalari:
- Java SE – Java SE yoki Java Standart Edition, serverda, shaxsiy kompyuterda desktoplarda ishlovchi dasturlar, appletlar yaratish uchun ishlatiladi. Bu texnologiya yordamida yaratilgan dasturlar deyarli barcha Operatsion tizimlarda ishlay oladi (Windows NT, Macintosh, Linux va Solaris). Shu bilan birga Java SE boshqa Java turlarining asosi hisoblanadi.
- Java EE – Java Enterprise Edition Java texnologiyalari orasida yeng keng tarqalgan turi hisoblanib unda asosan serverda ishlovchi dasturlar yaratiladi. Masalan, ko‘p foydalanuvchilarga mo‘ljallangan web-saytlar yaratishda keng qo‘llaniladi va asosan internetda ishlovchi dasturlarda qo‘llaniladi. Java SE ni Java EE dan eng asosiy farqi Java EE o‘z tarkibiga Java SE ni olibgina qolmay shu bilan birga ko‘pgina boshqa qo‘shimcha kutubxonalarni (odatda *.jar) ham o‘z ichiga oladi yaʼni: Servlet, JavaMail, JSF(Java Server Face) va boshqa ko‘pgina internetga asoslangan qo‘shimcha kutubxonalar.
- Java ME – Java ME yoki Java Micro Edition Java SE ning baʼzi qismlarini o‘z ichiga oladi. JavaME yordamida kichik qurilmalar uchun dastrular yozish mumkin. Masalan, mobil telefon uchun o‘yinlar, dasturlar yaratish mumkin.
- Java dasturlash tiliga asoslangan yechimlar quyidagi afzalliklarga ega:
- Java nisbatan oddiyroq dasturlash tili bo‘lib hisoblanadi. Ishonchli dasturiy kodni tezda yaratishga xotiraning avtomatik boshqarilishi, ko‘p karrali vorislik va ko‘rsatkichlarning bo‘lmasligi yordam beradi;
- Java ning baytli kodi ko‘p hollarda operatsion tizim yoki protsessordan mustaqil bo‘ladi. Shu sababli Java tilidagi ilovalar boshqa platformalarga osonlik bilan o‘tkaziladi;
- JNI va CORBA texnologiyalari yordamida boshqa dasturlash tillarida yaratilgan obektlar bilan aloqani tashkil qilish mumkin.
Java dasturlash tilining sintaksisi C# dasturlash tilining sintaksisiga o‘xshab ketadi, shu sababli Java tilining sintaksisi diplom loyihasida keltirilmaydi.
Java dasturlash tilining yeng asosiy kamchiligi juda katta apparat resurslaridan foydalanishi hisoblanadi. O‘tkazilgan tajribalarga ko‘ra bir xil vazifa C, C++ dasturlash tiliga qaraganda Java tilida 1,5-2 baravar sekinroq amalga oshadi. Bunda operativ xotiraga juda katta yuklanish beriladi. Windows operatsion tizimida Java tilida ishlab chiqilgan dasturni o‘rnatish uchun Java virtual machine komponentini o‘rnatish lozim.

Yüklə 436,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə