I ma’ruza mashg‘ulotlari



Yüklə 436,98 Kb.
səhifə8/10
tarix22.12.2023
ölçüsü436,98 Kb.
#153885
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1-3 Ma\'ruzalar

C# dasturlash tili. Ob’ektga yo‘naltirilgan dasturlash tili. 1998-2001 yillarda Microsoft .NET Framework platformasi uchun ilovalani ishlab chiqish tili sifatida Microsoft kompaniyasida Andres Xeylsberg boshchiligidagi injenerlar guruhi tomonidan ishlab chiqilgan. Microsoft kompaniyasi tomonidan yangi dasturlash tilini ishlab chiqilishining sabablaridan biri – yangi .NET platformasi uchun obektga yo‘naltirilgan tilni yaratish zarurati bo‘lsa, yana bir sabab – Java dasturlash tiliga alternativ yaratish bo‘lgan.
Visual C# takomillashgan kod redaktori, qulay foydalanuvchi interfeysli konstruktor, integratsiyalangan xatoliklarni topuvchi (debugger) va boshqa bir qator vositalar C# tili va Microsoft .NET Framework asosida ilovalar yaratishni osonlashtiradi.
C# dasturlash tilida yozilgan dastur. Microsoft .NET Framework muhitida bajariladi. Bu muhit Windows operatsion tizimiga intergratsiyalangan hamda amalga oshirishning virtual tizimi (CLR muhiti) va sinflar kutubxonasiga ega. C# tilida yozilgan kod CLI tasnifiga mos oraliq til (IL) ga kompilyatsiyalanadi. IL kodi hamda satrlar va rastr tasvirlari YEXE yoki EXE kengaytmasida diskda, to‘plam deb ataladigan, bajariladigan faylda saqlanadi. C# tilida dasturi yuklanganda to‘plam CLR muhitiga yuklanadi. Keyin yesa, agar xavfsizlik talablari bajarilganligi aniqlansa, CLR muhiti IL kodini mashina kodiga o‘tkazish uchun JIT -kompilyatsiyani amalga oshiradi. CLR muhiti, shuningdek ortiqcha maʼlumotlarni avtomatik yig‘ish, resurlarni boshqarish kabi xizmatlarni ham amalga oshiradi.

3-Mavzu: O‘rnatilgan tizim qurilmalarini boshqarish ob’ekti bilan ulash vositalari
Zamonaviy boshqaruv tizimlari murakkab tuzilishga ega va ko‘plab tarkibiy qismlardan tashkil topadi. Ularning tarkibiy qismlarini hisobga olgan holda turli guruhlarga ajratilib o‘rganiladi. Boshqaruv tizimining har bir elementi alohida biri tizimni tashkil qiladi va barcha elementlari murakkab boshqaruv tizimini namoyon etadi. Shu sababli, dastlab tizimga to‘xtalamiz.
Tizim – bu ko‘plab elementlar va qurilmalardan tashkil topgan, maʼlum bir vazifani bajarishga mo‘ljallangan yaxlit kompleks hisoblanadi.
Boshqaruv tizimi – bu biror bir ob’ektni boshqarish va uning ichki holatlarini nazorat qilish uchun xizmat qiluvchi qurilma yoki qurilmalar to‘plami hisoblanadi. Zamonaviy boshqaruv tizimlari kommunikatsion texnologiyalar bazasida ishlab chiqiladi va masofaviy boshqaruv tizimlari deyiladi. Zamonaviy boshqaruv tizimlarining asosini o‘rnatilgan tizimlar, mikrokontroller tizimlari, mikroprotsessor tizimlari va zamonaviy avtomatlashtirilgan kommunikatsion tizimlar tashkil qiladi.
Boshqaruv tizimlarining umumlashgan tuzilishi sxemasi quyidagicha tasvirlanadi (3.1-rasm).

Yüklə 436,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə