I. U. Raxmonov, K. M. Reymov, N. N. Niyozov


 Elektr energiyasini hisobga olish buzilganda



Yüklə 3,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/96
tarix21.10.2023
ölçüsü3,78 Mb.
#129459
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   96
Elektr ta\'minoti tizimida energiya tejamkorligi. Raxmonov I.U.

4.2.6. Elektr energiyasini hisobga olish buzilganda
hisob-kitobni amalga oshirish tartibi
Iste’molchining (maishiy iste’molchidan tashqari) aybi bilan 
elektr energiyasini hisobga olish priboriga zarar yetkazilgan (plom- 
basi buzilsa, oynasi sinsa va boshqalar), elektr energiyasini hisobga
55


olish priborini ulash sxem asi o ‘zgartirilgan, elektr energiyasini 
hisobga olish priboridan tashqari elektr qabul qilgichlarni ulash 
yoki energiya boshqa usulda o ‘g ‘irlangan hollarda, hududiy elektr 
tarm oqlari korxonasi xodimi belgilangan shakl bo‘yicha qoidani 
buzish dalolatnomasini tuzadi. Ushbu dalolatnoma asosida hududiy 
elektr tarmoqlari korxonasi iste’molchini elektr tarm og‘idan uzib 
qo‘yadi.
H isobga olinm agan elektr energiyasi m iqdorining qiym ati 
hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan energiya ta ’minoti 
shartnomasida ko‘rsatilgan iste’molchining ish soatlari soni hisobga 
olingan holda elektr qabul qilgichlaming ulangan quvvati bo‘yicha 
quyidagi holatlarda amalga oshiriladi:
elektr energiyasini hisobga olish pribori, o ‘lchov transfor- 
m atorlarini ulash sxem alari o ‘zgartirilganda va hisobga olishni 
nazorat qilish asboblaridan tashqari elektr qabul qilgichlar ko‘z bilan 
aniqlab bo ‘lmaydigan yashirin y o ‘l bilan (yashirin elektr simlari, 
pereklyuchatellar montaj qilinishi va shu kabilar) ulanganda - elektr 
energiyani hisobga olishning nazorat asboblari oxirgi almashtirilgan 
yoki ulanish sxemalari tekshirilgan kundan boshlab, biroq d a ’vo 
muddatidan ortiq bo'lm agan muddatda;
elektr energiyasini hisobga olish priboriga iste’molchining aybi 
bilan zararyetkazilganda(plom basibuzilishigayo‘lq o ‘yilgan, oynasi 
singan va shu kabi holatlar) yoki elektr energiyasi aylanib chiqishda 
k o ‘z bilan aniqlash mumkin b o ‘lgan boshqa usulda o ‘g‘irlangan 
taqdirda - oxirgi marta aylanib chiqilgan kundan boshlab, biroq 
da’vo muddatidan ortiq boMmagan muddatda amalga oshiriladi.
Hisobga olinmagan elektr energiyasi miqdori qiymatini hisob- 
kitob qilishda qoida buzish aniqlanishidan oldingi davr uchun 
amaldagi to ‘lovlar hisobga olingan holda, qayta hisob-kitob amalga 
oshirilayotgan vaqtdagi tarif qo‘llaniladi.
Iste’m olchilar (shu jum ladan, m aishiy iste’m olchilar) elektr 
qurilm alarini hududiy elek tr tarm oqlari korxonasining elektr 
ta rm o q larig a o ‘zb o sh im ch alik bilan ulagan taq dird a, elektr
56


qurilmalari elektr tarm og‘idan darhol uzib qo‘yiladi, iste’molchidan 
esa ruxsatsiz iste ’mol qilingan elektr energiyasining qiym ati 
iste’molchi rasmiy ravishda davlat ro ‘yxatidan o ‘tkazilgan kundan 
boshlab o ‘tgan vaqt m obaynida (tasdiqlovchi hujjatlar mavjud 
bo‘lganda) yoki d a’vo muddati uchun elektr uskunalarning ulangan 
quvvat b o ‘yicha sutkasiga 24 soat davom ida ishlashi hisobidan 
undiriladi.
Hisobga olinmagan elektr energiyasi qiymatini undirish uchun 
elektr energiyasidan foydalanish qoidalari buzilishiga yo‘l qo‘ygan 
iste’molchi yoki uning vakili ishtirokida yoki uning ishtirokisiz
belgilangan tartibda qayta hisob-kitob amalga oshiriladi.
Elektr energiyasini hisobga olish iste ’m olchining aybisiz 
vaqtinchalik buzilganda yetkazib berilgan elektr energiyasi uchun 
hisob-kitob hududiy elektr tarmoqlari korxonasini xabardor qilgan 
holda, hududiy elektr tarm oqlari korxonasining qarori b o ‘yicha, 
hisobga olish buzilishiga qadar bo‘ lgan oldingi hisob-kitob davridagi 
yoki hisobga olish tiklangandan keyingi davrdagi o ‘rtacha sutkalik 
sarf bo‘yicha amalga oshiriladi.
Elektr energiyaning o ‘rtacha sutkalik sarfi bo‘yicha hisob-kitob 
qilish davri bir oydan oshmasligi kerak va shu vaqt ichida hisobga 
olish tiklanishi zarur.
Agar elektr energiyani hisobga olish priborini obyektiv sabablar- 
ga k o ‘ra, k o ‘rsatilgan m uddatda (o ‘lchash transform atorining, 
hisobga olish priborining yo‘qligi, o ‘tib boMmaydigan y o ‘llar va shu 
kabilar tufayli) tiklash imkoniyati bo‘lmasa, iste’molchiga yetkazib 
berilgan elektr energiyasi uchun hisob-kitob qilish tartibi va hisobga 
olishni tiklash muddati iste’molchi va hududiy elektr tarmoqlari 
korxonasining o‘zaro kelishuvi bilan belgilanadi.
M aishiy is te ’m olchida elek tr en erg iyasin i h iso b g a olish 
priborini ulash sxemasi o ‘zgarganda, priborga zarar yetkazilganda 
(iste’m olchining aybi bilan) yoki plom balari buzilganda, elektr 
energiyasini hisobga olish priborlaridan tashqari boshqa elektr qabul 
qilgichlar ulanganda va amalda iste’mol qilingan elektr energiyasi
57


ko‘rsatkichlarini kamaytirish maqsadida boshqa qoida buzishlarga 
yo‘l qo‘yilganda, hududiy elektr tarmoqlari korxonasi xodimi qoida 
buzilishi haqida belgilangan namunada dalolatnoma tuzadi.
Dalolatnoma asosida:
elektr energiyasini hisobga olish pribori, o ic h o v transformator- 
lari ulanishi va hisobga olishni nazorat qilish priborlaridan tashqari 
elektr qabul qilgichlar k o ‘z bilan ko‘rib aniqlanmaydigan yashirin 
yo‘l bilan (yashirin elektr simlari, o ‘zgartirish moslamalari montaj 
qilinishi va shu kabilar) ulanish sxemalari o ‘zgargan taqdirda -
hisobga olishning nazorat asboblari oxirgi almashtirilgan yoki ula­
nish sxemalari tekshirilgan kundan boshlab, biroq da’vo muddatidan 
ortiq bo‘lmagan muddatga;
elektr energiyasini hisobga olish priboriga zarar yetkazilganda 
(iste’m olchining aybi bilan) yoki pribor m avjud boMmaganda, 
plom balar buzilgan va amalda iste’mol qilingan elektr energiyasi 
ko‘rsatkichlarini kam aytirish m aqsadida aylanib chiqishda k o ‘z 
bilan ko‘rib aniqlanadigan boshqa qoida buzishlarga y o i qo‘yilgan 
taqdirda (shu jumladan, elektr energiyasini hisobga olish priboridan 
boshqa elektr qabul qilishlar ulanganda) - oxirgi m arta aylanib 
chiqilgan kundan boshlab, biroq da’vo muddatidan ortiq bo'lm agan 
muddatga hisobga olinm agan elektr energiyasi miqdori qiym ati 
hisob-kitob qilinadi.
Qoida buzilgan holda foydalanilgan elektr energiyasi qiymatini 
qayta hisob-kitob qilish ushbu qoidalarning 120-bandiga muvofiq 
m aishiy iste’m olchida shtepsel rozetkalari m avjud b o ‘lganda 
(rozetkalar va elektr energiyasi qabul qilgichlar sonidan q at’iy 
nazar) bir sutkada 24 soat 600 Vt quvvatdan foydalanish hisobidan, 
600 Vt dan ortiq quvvatli isitish asboblari yoki boshqa elektr 
asbob-uskunalari m avjud b o ‘lganda esa - m aishiy iste’m olchi 
foydalanayotgan elektr energiyasi qabul qilgichlardan bir sutkada 24 
soat foydalanish hisobidan kelib chiqib, ularning amaldagi quvvati 
bo ‘yicha am alda yoritish elektr energiyasi qabul qilgichlardan 
sutkaning yorug‘ bo‘lmagan vaqtida foydalanish hisobidan kelib
58


chiqib, yoritish elektr qabul qilgichlarning quvvati bo‘yicha amalga 
oshiriladi.
Hisobga olinm agan elektr energiyasining qayta hisob-kitobi 
belgilangan tartibda, biroq d a ’vo m uddatidan ortiq b o ‘lmagan 
muddatga, elektr energiyasidan foydalanish qoidalari buzilishiga 
y o ‘l q o ‘ygan iste’m olchi yoki uning vakili ishtirokida yoxud 
ishtirokisiz hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan qoida 
buzish aniqlanishidan oldingi davr uchun amalda to ‘langan elektr 
energiya miqdori hisobga olingan holda amalga oshiriladi.
Elektr energiyasidan foydalanishda iste’molchi tomonidan y o ‘l 
q o ‘yilgan qoida buzilishlar hududiy elektr tarm oqlari korxonasi 
xodimi va maishiy iste’molchi tomonidan imzolangan ikki nusxadagi 
dalolatnom a bilan rasm iylashtiriladi, uning bir nusxasi m aishiy 
iste’m olchiga beriladi va hududiy elektr tarm oqlari korxonasi 
tomonidan ushbu qoidalarni buzgan iste’molchi elektr qurilmalari 
tarmoqdan uzib qo‘yiladi.
Iste’molchi dalolatnomani imzolashni rad etgan taqdirda, qoida 
buzish dalolatnom asida iste’m olchini tanishtirganlik to ‘g ‘risida 
belgi qo'yiladi.
H isobga olinm agan elektr energiyasi miqdori dalolatnom a 
aso sid a an iqlan ad i va to ‘lash uchun m aishiy is te ’m o lch ig a 
qo‘shimcha toMov hujjati yozib beriladi.
Qoida buzilishi yuzasidan to ‘lov hujjatini yozishda amaldagi 
tarif qo‘llanadi.
M aishiy is te ’m olchi belgilangan ta rtib d a hududiy elektr 
tarmoqlari korxonasining qarori yuzasidan e ’tiroz bildirish huquqiga 
ega, biroq bu uni qoida buzish dalolatnom asi b o ‘yicha yozilgan 
qo'shim cha to ‘lov hujjatini belgilangan muddatda to ‘lashdan ozod 
qilmaydi.
Q o ‘shim cha to ‘lov hujjati b o ‘yicha haq 10 kun m uddatda 
to ia n m asa, hududiy elektr tarm oqlari korxonasi xodimi maishiy 
iste’m olchidan ko‘rsatilgan summani m ajburiy tartibda undirish 
to ‘g‘risida sudga d a’vo arizasi beradi.
59


A m alga oshirilgan elektr energiyasi sarfining qayta hisobi 
iste’molchini elektr energiyasidan foydalanish qoidalarini buzganlik 
uchun qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlikdan ozod etmaydi.
M aishiy iste’molchi elektr ta ’minoti korxonasining kelgusi 
q iy o slo v xizm ati uchun to ‘lovni am alg a oshirish zaru rlig i 
to ‘g ‘risidagi xabarnom asini olganidan so ‘ng (hududiy elektr 
tarmoqlari korxonalariga tegishli bo‘lgan hisobga olish asboblaridan 
tashqari) ushbu xizmat uchun to ‘lovni amalga oshirmaganda (maishiy 
xizmatchi uzrli sabablarga ko‘ra bo‘lmagan holatdan tashqari, ushbu 
holat hujjatlar asosida tasdiqlanishi lozim) yoki elektr ta’minoti 
korxonasining vakolatli vakiliga o ‘zining hisobga olish asboblariga 
tegishli ishlarni am alga oshirish uchun y o ‘l q o ‘ymaganda va bu 
uning aybi bilan qiyoslov tadbirlari olib borilishi uzilishiga olib 
kelsa, hisob-kitob am alga oshiriladigan hisobga olish priborining 
qiyoslov o ‘tkazish muddati tugagandan so‘ng maishiy iste’molchi 
elektr energiyasi uchun to ‘lovni yoritish elektr qabul qilgichlarining 
quvvatidan sutkaning qorong‘i vaqtida foydalanishdan, shtepsel 
rozetkalari mavjud boMganda (rozetkalar va elektr energiyasi qabul 
qilgichlar sonidan qat’iy nazar) bir sutkada 24 soat 600 Vt quvvatdan 
foydalanishdan kelib chiqib amalga oshiradi.
Elektr isitish asboblari va (yoki) sovutish rejim idagi 600 
Vtdan yuqori quvvatli konditsionerlardan foydalanganda, maishiy 
iste’m olchi elektr energiyasi uchun to ‘lovni ularning am aldagi 
quvvati b o ‘yicha sutkasida 24 soat, isitish m avsum ida elektr 
isitish asboblari ishlashi va yozgi m avsum da sovutish rejim ida 
konditsionerlar ishlashi hisobidan amalga oshiradi.

Yüklə 3,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə