Ibbiy etika asoslari


Temperament va uning tiplarini bemorlar bilan muloqotdagi



Yüklə 398,95 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/23
tarix30.12.2023
ölçüsü398,95 Kb.
#164641
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   23
1 dar Tbbiy etika va dеontologiyasi asoslari

 
2.Temperament va uning tiplarini bemorlar bilan muloqotdagi 
axamiyati.
Temperament odamning tevarak-atrofdagi voqealarga munosabati va 
hissiyotining ayrim xususiyatlarini belgilab beradi. Temperament ong, xotira, 
aql-zakovat va qobiliyatni aks ettirmaydi. Shu bois ham barcha temperament
vakillari orasida iqtidorli va iqtidorsiz, ilmli hamda ilmsiz, vijdonli va
vijdonsiz kishilami uchratish mumkin.
Temperamentning to‘rt tipi ma’lum: sangvinik, flegmatik, xolerik va
melanxolik. 
Sangviniklar — chaqqon, tirishqoq, mehribon, ta’sirchan kishilardir. Ular 
tevarak-atrofga tez moslashadi. Reaksiyalari yetarlicha kuchli yoki o‘rtamiyona
bo‘ladi. Ular bilimni tez va osongina o‘zlashtirsalar-da, hammavaqt ham puxta 
egallamaydilar. Muomalada ular ko‘proq shirinsuxan, gapdon odamlardir.
Sangviniklar ishga osongina berilib ketib, jadal ishlashga qodir bo‘lishadi,
lekin muntazam ravishda mehnat qilishga ancha qiynaladilar. Shu bilan birga
ular tirishqoq va faol bo‘ladilar, boshqalar bilan osongina muloqotga
kirishadilar. Flegmatiklar sangviniklarga qaraganda birmuncha vazmin 
kishilardir. Ularda shoshmaslik, vazminlik ancha barqaror boladi, murakkab 
hayotiy vaziyatlarda kamharakatlilik kuzatilsa-da, qo'yilgan maqsadga erishishda 
birmuncha barqaror, bir so‘zli va dadil bo‘Iishadi. Bilimlarni sekinroq 
o‘zlashtirsalar ham, lekin puxta egallaydilar. Agar sangvinik alangaga o‘xshatilsa 
(u tez yonib, tezda so‘nadi), flegmatikka sekin va uzoq yonadigan alanga xos 
bo‘ladi.Biror narsaga tez javob qilish kerak b o ‘lsa, flegmatiklar, ko‘pincha,
vaqtni boy beradilar. Bunda sangviniklar ulardan ustun keladi. Qat’iylik, iroda
va sabr-toqat talab qilinadigan ishlarda esa flegmatiklar ustun keladi. 
Xoleriklar his-hayajonga beriluvchi odamlardir. Ularning o‘ziga xos 
xususiyati jizzakilik va beqarorlikdir. Xoleriklar faol, ishchan va to‘xtovsiz 


reaksiyali odamlardir. Ular bir maromda ishlay olishmaydi, goh g'ayrat bilan, goh 
imillab ishlashadi. Shuning uchun ham ehtiyotkorlik, sabr-toqat va chidam talab 
qilinadigan vaziyatlarda xoleriklar qiyin ahvolga tushib qolishlari mumkin. 
Melanxoliklar g‘amgin, jur’atsiz va ma’yus kishilardir. Salga charchash, biror
ishga yetarlicha jur’at etmaslik, arzimagan qiyinchiliklarga bardosh bera
olmaydilar, ularga qarshi kurashdan voz kechadilar.

Yüklə 398,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə