Ibbiy etika asoslari


Emotsional xis tuyg’ularni muloqotdagi axamiyati



Yüklə 398,95 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/23
tarix30.12.2023
ölçüsü398,95 Kb.
#164641
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23
1 dar Tbbiy etika va dеontologiyasi asoslari

6.Emotsional xis tuyg’ularni muloqotdagi axamiyati.
Emotsiyani irodaga qanchalik bog’liqligiga va kishining faoliyatiga ta'sir 
qilishiga asoslanib xis-tuyg’ularni qarab chiqishi mumkin. Bu jixatdan xis-
tuyg’ular, stenik va astenik xis-tuyg’ularga bo‘linadi. Stenik xis-tuyg’ular ichki 
xayajonga, faollikning paydo bo‘lishiga yordam beradi va kishiga tetiklik, g’ayrat, 
xarakat qilish uchun ishonch bag’ishlaydi. Bu, masalan, extirosdir. Bordiyu, paydo 
bo‘lgan emotsional kechinmalar irodani zaiflashtirsa yoki to‘xtatsa, kishining 
faoliyatini pasaytirsa va passiv- mudofaa xarakatlariga moyil qilib qo‘ysa, ularni 
astenik xis-tuyg’ularga kiritishadi.
Emotiyalarning ijtimoiy extiyojlarini qondirish bilan bog’lik xolda bo‘linishi 
ancha katta axamiyatga egadir. Xis-tuygularni aqliy, axloqiy, estetik va amaliy xis-
tuyg’ularga bo‘lish mumkin. Amaliy xis-tuyg’ular mexnat faoliyati jarayonlari 
bilan, amaliy masalalarni xal qilish bilan bog’lik bo‘ladi. Yuksak emotsiyalar 
tegishli akliy negizda rivojlanadi, ular quyi emotsiyalarga nisbatan xukmron 
mavqega ega bo‘ladi. Quyi emotsiyalar instinktlarga(ochlik, chanqoqlik, o‘z-o‘zini 
ximoya qilish tuyg’usiga) asoslanadi, ularni yana vital emotsiyalar deb xam 
atashadi.


Odamda ob’ektlar va xodisalarga nisbatan qanday munosabat paydo bo‘lishiga 
qarab ijobiy emotsiyalar va salbiy emotsiyalar bo‘ladi. Emotsiyalar yosh krizlari 
bilan chambarchas bogliqdir. O‘smirlarning emotsional xayoti beqarordir, bu 
narsa jinsiy yetilish davrida kuzatiladi. 
Katta yoshdagi kishining xayoti mobaynida uning emotsionallik faoliyati 
o‘zgarib boradi. Sog’lom kishi o‘zining xarakatlari, ishlari, xatti-xarakatlarini 
boshqarishga qobiliyatli bo‘ladi. Kishining o‘z emotsiyalarini boshqarishi 
birmuncha qiyinroqdir. Kishi bunga yetuk yoshidagina muvaffaq bo‘ladi.
Qarilik arafasida va qarilik yoshida emotsional faoliyat keskin o‘zgaradi. 
Bunday yosh davrida emotsiyalar ancha o‘zgaruvchan bo‘lib qoladi. Kayfiyat 
ko‘p xollarda tushkun, xavotirlik elementlari mavjud bo‘ladi. Qarilik yoshida 
g‘ayratsizlik paydo bo‘ladi- ezilgan xazinlik kayfiyatidan noto‘g‘ri yoki birmuncha 
shavq- zavqli kayfiyatga tez o‘tiladi. 
Xis-tuyg‘ular shaxsni bezaydi, uni jozibaliroq, ko‘zga tashlanadiganroq qiladi. 
Emotsiyalar ijodiy yuksalishga yordam beradi, aqliy-mnestik jarayonlarni 
tezlashtiradi, diqqatning barqaror bo‘lishiga ko‘maklashadi. Ayrim kasalliklarda 
ijobiy emotsiyalar kasallikni o‘tishiga yaxshi ta'sir qiladi, salbiy emotsiyalar esa 
ayrim kasalliklarning o‘tishini og‘irlashtiradi.
10-rasm. Depressiya xolatidagi bemor (“internalar” filmidan.) 
Emotsiyalar va xis-tuyg‘ularning buzilishi. Ruxiy siqilgan va ma'yuslik 
kayfiyati, o‘tmishga va xozirgi kunga g‘amgin baxo berish, kelajakka pessimistik 


ruxda qarash depressiya (depressive- xolat) deyiladi (10-rasm). Ko‘pincha kishida 
o‘lim va o‘z-o‘zini o‘ldirishga intilish fikri paydo bo‘ladi. Yuqorida tasvirlangan 
ruxiy siqilish mayuslik kayfiyatidan tashqari yana ideator tormozlanish xarakterli 
bo‘lib, bunda bemorlarning obrazli ifodasi bilan aytganda "bosh bo‘m-bo‘sh, 
fikrlar esa juda sekinlik bilan xuddi yomg‘ir chuvalchangining xarakati bilan 
kechadi", shuningdek xarakatning tormozlanishi xarakterlidir. Depressiv bemorlar 
kam xarakat bo‘ladilar. Ko‘p xollarda boshlarini quyi egib yolg‘iz o‘tiradilar; turli 
suxbatlar ular uchun og‘ir tuyuladi. 
Eyforiya - patalogik jixatdan ko‘tarinki quvonchli kayfiyatdir. Atrofdagi 
barcha narsalar yorqin, quvonchli oxanglarda qabul qilinadi, xamma kishilar 
jozibali va saxiy bo‘lib tuyuladilar, fikrlar yengil va tez kechadi, bir assotsatsiya 
birdaniga bir necha assotsatsiyani jonlantiradi, xotirada juda ko‘p axborot paydo 
bo‘ladi, biroq diqqat barqaror bo‘lmaydi, o‘ta chalg‘igan bo‘ladi, buning natijasida 
samarali ishlash qobiliyati cheklangan bo‘ladi. 
Uchinchi alomat - xarakatning qo‘zg‘alishidir: bemorlar doimo xarakatda 
bo‘ladilar, xamma narsaga kirishib ketaveradilar, lekin xech bir narsani oxiriga 
yetkazmaydilar, o‘z xizmatlari va yordamlari bilan atrofdagilarga xalaqit beradi. 
Emotsional o‘zgaruvchanlik bir muncha kayfiyatning biror-bir arzirli sabab 
bo‘lmasa xam ko‘tarinki kayfiyatga almashinishi bilan xarakterlanadi. Bu kayfiyat 
ko‘pincha yurak-tomir kasalliklarida somatik kasalliklarni boshidan kechirgandan 
keyingi asteniya asosida kuzatiladi.
Disforiya- g‘amgin g‘azabli kayiyatli bo‘lib bunda bemor xaddan tashqari 
ta'sirchan va atrofdagi narsalardan norozi bo‘ladi, ba'zan agressiv xarakatlarga 
moyil bo‘ladi, bu xol ko‘pincha epilepsiyada ko‘zga tashlanadi. 
Loqaydlik, emotsional befarqlik - bemorning tashqi olamdagi voqealarga, o‘z 
xolatiga befarqligi, bunda biron bir faoliyatga qiziqish, xatto o‘zining tashqi 
ko‘rinishiga qiziqish butunlay yo‘qoladi. Bemorlar e'tiborsiz va irkit bo‘lib 
qoladilar.O‘z qarindoshlariga va yaqinlariga sovuq, loqayd munosabatda 
bo‘ladilar.


Bemorning quyidagi ruxiy xolatlari: tushkunlik, shok, qo‘rquv, g‘am – andux, 
o‘ziga baxo berishni pasaytirish, ipoxandriya, o‘zini aybdor sezish, suitsidal 
fikrlash, inkor qilish, yo‘qotish, aloxidalash, xayajon xolatlari kuzatilishi mumkin. 

Yüklə 398,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə