Ibbiy etika asoslari


Jarrohlik bo'limidagi bemorlar bilan muloqot



Yüklə 398,95 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/23
tarix30.12.2023
ölçüsü398,95 Kb.
#164641
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
1 dar Tbbiy etika va dеontologiyasi asoslari

6.Jarrohlik bo'limidagi bemorlar bilan muloqot 
Bu bo'limdagi bemorlarni shartli ravishda 2 guruhga bo'lish mumkin: 
1. Bo'limga reja asosida kelgan bemorlar. 
2. Bo'limga to'satdan kelgan bemorlar. 
Birinchi guruhga oid bemorlar keyingi guruhdagilarga nisbatan taqdirga tan 
bergan, bo'limda kechayotgan tibbiy jarayon va hodisalarga asabiylashmay, aql 
ko'zi bilan qaray oladigan bemorlar kiradi. Chunki ular haftalab, oylab va hatto 
yillab jarroh stoliga yotish muddatini kutib yashaydilar. Bunga kishi tanasidagi 
ba'zi fiziologik jarayonlar (hayz davri yoki donordan biron a'zoni kutish) sabab 
bo'ladi. Bemor jarrohlik jarayonini intizorlik bilan kutadi. ular bilan suhbat keyingi 
guruhga oid bemorlarning o'rtasida o'ladigan suhbatdan yengilroqdir. Donorlik 
a'zoni kutayotgan bemorni shifokor tinchlantirishi, umid baxsh etishi kerak. 
Bo'limga to'satdan kelib qolgan bemor ruhi bunday zarbaga tayyor bo'lmaydi. 
Shu sababga ko'ra, ular bilan nihoyatda ehtiyotlik bilan muomalada bo'lishi kerak. 
Shu o'rinda aytish mumkinki, bu bemorlar taqdir zarbasi tufayli jarrohlik bo'limiga 
kelib qolganlar. 
Demak, jarrohlik bo'limida shifokor bemorning ham jismoniy, ham ruhiy 
iztiroblarini tushungan holda muomala qilgani ma'quldir. 
 
7.Ginekologiya va tug 'riq bo 'limidagi bemorlar bilan muloqot. 
Bemorlar bu bo'limga (jarrohlik bo'limidagi kabi) reja asosida va to'satdan 
kelib qoladilar. Bemorlarni asosan, kamqonlik, toksikoz, bola tushish tahdidi kabi 


holatlar bezovta qiladi. Ba'zilari kutilmagan tashvishga duchor bo'ladilar, ya'ni bu 
onalar o'z rahmi (bachadoni)dagi farzandlaridan bevaqt judo bo'ladilar. Aks hollar 
ham bo'ladi - ayollar istalmagan homiladan xalos bo'lishni so'rab keladilar. 
Shifokor turli niyatlar, turli orzular, aytish kerakki, bir- biriga zid maqsadlar bilan 
bo'limga kelgan ayollar ko'nglini topib muomala qila bilishi kerak. 
Ijobiy va salbiy, ya'ni qarama-qarshi tuyg'ular ummoni mavjud muhitda xizmat 
qiluvchi tibbiyot xodimlaridan ziyraklikning talab etilishi tabiiydir. 
Ginekologiya bo'limidagi ayollarni tekshinsh jarayonida ular tabiatiga xos 
bo'lgan uyatchanlikni hisobga olib, muomala qilish kerak. Ayniqsa, befarzand va 
klimaks davridagi ayollar fe'li juda ta'sirchandir. Bemor ayollarni imkon qadar 
begona nigohlardan xalos etgan ma'qul. Tug'ish jarayonida ayollarga muloyim 
so'zlash, qo'pol xatti-harakat qilmaslik, shirin so'zlar bilan qo'llab-quvvatlash 
kerak. 
Farzandini yo'qotgan, og'ir loksikoz paytidagi ayollarga o'zgacha 
deontologik yondoshmoq kerak. Aytaylik, ayol farzandini yo'qotdi. Shifokor bu 
ayol va uning turmush o'rtog'iga hamdardlik bildirib, kelajakda yana farzand 
ko'rishlariga umid tug'dirishi lozim. Shuningdek, har bir yosh ayol bilan 
kontrasepsiyalar haqida, abortning (ayniqsa, birinchi farzandni oldirishning) o'ta 
zararligi xususida suhbatlashishi muhim. 
Ta'kidlangandek, e'tiborsiz aytilgan so'z noxush holatga olib kelishi mumkin. 
Bu o'rinda hayotiy misol keltiramiz: hamshira bemor ayolni navbatdagi muolajaga 
olib borar ekan: «Negadir bachadoningizdagi yoriqlar bitmayapti. Yaxshilab 
tozalamasak, bachadoningiz chirib ketishi mumkin» - dedi. Bunday «suhbat»dan 
so'ng bemor ruhiy tushkunlikka tushib, laktatsiya (sut kelishi) to'xtab qoladi. 
Ko'rinib turibdiki, bunday deontologik xatoga aslo yo'l qo'ymaslik kerak. 
Barcha bo'limlardagi kabi ginekologiya dargohida ham shifokorlik sirini 
saqlash talab etiladi (bepushtlik tashxisi, faizand asrab olish kabi). 
Tug'ruq va yangi tug'ilgan chaqaloqlar bo'limida tibbiyot xodimi shaxsiy 
tozalik qoidalariga rioya qilishi, ya'ni tirnoqlari olingan, qo'llarida turli bezak, 
taqinchoqlar bo'lmasligi kerak. 


Demak, hayot-mamot chegarasida turgan va yaqin kun, soat, daqiqalarda ona 
bo'lish baxtini kutayotgan, lekin to’lg'oq dardida azob chekayotgan ayolning 
barcha injiqliklarini mehribonlik, bag’rikenglik, shirinso'zlik va sabr bilan 
«ko'tarish» uchun shifokor va hamshira o'zida katta kuch topa bilishi muhimdir. 

Yüklə 398,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə