Ibbiy etika asoslari


 .Verbal muloqotning asosiy shartlari va qoidalari



Yüklə 398,95 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/23
tarix30.12.2023
ölçüsü398,95 Kb.
#164641
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   23
1 dar Tbbiy etika va dеontologiyasi asoslari

3 .Verbal muloqotning asosiy shartlari va qoidalari 
Donolar hikmatlari asnosida so'z atalmish zar-oltin yoinki cho'g' bilan qanday 
munosabatda bo'lgan ma'qul? Bu haqda quyidagi bandlar orqali ma'lumot olish 
mumkin: 
1. Bir kishi so'z boshlaganda juda zarurat bo'lmasa tashlab ketmang, oxirigacha 
eshiting. So'zlagan vaqtingizda qichqirmang, qizishib ketmang, odob, tarbiya 
doirasidan chiqmang. 
2. Yolg'on aralashtirib so'zlamang, to'g'ri so'zlang, hech kimni g'iybat qilmang, 
birovning gapini orttirib, ko'paytirib so'zlamang. 


3. Tilingizni yomon so'zlarga o'rgatmang, eshitgan hamma gapni to'g'ri deb 
ishonavermang, tekshiring, to'g'ri bo'lsa so'zlang. Nutqingizni juda cho'zib 
yubormang. 
4. Muloqotda biror kishi haqida noloyiq so'zlar aytmang. Boshqalarga gap 
bermasdan faqat o'zingizgina so'zlab, hammani bezor qilmang, odamgarchilik 
so'zda emas, balki amalda ekanini unutmang. 
5. Ota-bobongizni, o'zingizni hadeb maqtab, kerilib yurmang. Kamolotdan, 
ya'ni mukammallikdan mahrum bo'lgan odamga quruq so'z bilan maqtanib yurish 
soyasida kamolot kelmaydi. 
6. Biror narsa to'g'risida so'rasalar, qo'pollik bilan emas, odob tarbiyasiga rioya 
qilib javob bering. Tinglovchi kishi so'zingizni yana qaytarib aytishni so'rasa, yo'q 
demay, qaytarib ayting. 
7. Agar bir voqea to'g'risida gapirmoqchi, fikringizni bayon qilmoqchi 
bo'lsangiz, avvalo yaxshilab o'ylab, tarbiya odobiga rioya qilib, muloyimlik bilan 
so'zga kirishing, so'zingizni qasam ichib quvvatlamang, o'z fikringizga o'zingiz 
hayron bo'lib qolmang, o'z flkriga hayron bo'lish - nodonlar odati, qasam ichib: 
«Mening so'zim to'g'ri», - deb da'vo qilish yolg'onchilik alomatidir. 
8. Zaruriyat bo'lmasa, qayg'u-alamli xabarlarni so'zlamang. Hikoya yo'li bilan 
bo'lsa ham odob, tarbiyaga qarshi bo'lgan so'zlarni og'zingizga olmang. 
Zimmangizga omonat qo'yilgan sirlarni fosh qilmang. 
9. Hech kimni yomon so'zlar bilan tilga olmang, ta'na va tuhmatdan uzoq 
bo'ling, jamoa oldida ikki kishining pichirlab so'zlashuvi odobsizlikdir, buni 
yodingizdan chiqarmang. 
10. 
Ota-bobolarimiz, «Yaxshi so'z-jon ozig'i, yomon so'z-bosh qozig'i» 
deganlar. Bobolarimizning bu hikmatli so'zlariga amal qiling, hamma bilan yaxshi 
muomalada bo'ling, hech kimning diliga ozor bermang, yaxshilik qilishni 
o'zingizga odat qilib oling. To'g'rilik sizga yo'ldosh bo'lsin, egrilikdan uzoq yuring. 
Yaxshi so'zlash ham buyuk san'atdir. Har narsaning chegarasi bo'lgani kabi, kishi 
faoliyatining barcha qirralari, jumladan, so'zlashish san'atining ham odob doirasi 
bor. Yaxshi, shirin, odobli so'zlashish uchun quyidagilarga e'tibor berilsa, 


maqsadga muvofiq bo 'ladi: 
1. So'zning mantig'i, go'zailigi va boyligi insonning jamiyatda o'z o'rnini 
topishida, kishilar hurmatini qozonishida muhim ahamiyat kasb etadi. So'zlari 
sermazmun, muloyim kishilarning gapini boshqalar miriqib tinglaydi. 
2. Shirinsuhanlik, go`zal notiqlik sanatiga ega bo'lish ham baxtdii -nutqi shirin 
kishilarning do'sti, yoru birodarlari ko'p bo'ladi. Shirin va oqil so'z - umr ozig'i va 
do'stliknmg mustahkam kalitidir. 
3. Shirinso'zlik kishi umrini uzaytiradi. Bu fazilatga badiiy asarlarni o'qish va 
nutqni mashq qilish orqali erishish mumkin. 
Buyuk allomalar Jomiy, Lutfiy, Navoiy, G'alur G'ulom, Oybeklar ko'plab 
o'qish, o'r ganish orqali so'z san'atkorlari bo'lib yetishganlar. 
Kishi xalq og'zaki ijodi namunalaridan, ya'ni ertak, hikoya, rivoyatlarni ko'p 
o'qisa, tinglasa ham so'z boyligi ortib, shirinso'z va ma'noli gapiradigan bo'ladi. 
4. So'zlashish me'yorini ham bilish kerak. Ko'p gapirish odobdan emas. Sukut 
saqlash yaxshi odob, so'zni qisqa, aniq ifodalash katta san'atdir. So'z - gavhardir. 
Gavhar esa noyobdir. Bemor bilan muomalaga kirishishning o 'ziga yarasha 
shartlari bor, albatta. Shifokor bemor xastaligining taxminiy diagnozini, shaxsini, 
kasbini, ijtimoiy sharoitini, saviyasini, dunyoqarashini, bilim darajasini, lashqi 
psixik belgilarini o'rganganidan so'ng, o'zini ham bu muloqotga ruhan 
tayyorlaganidan keyingina u bilan muloqot qilish uchun ma'naviy haqqi paydo 
bo'ladi. Bemor va shifokor muloqoti (shartli ravishda) ikki doirada kechadi. 
Birinchi, tashqi doira zanjirida yuqorida aytilgandek, shifokorning bemor bilan 
muloqotga tayyorlanish bosqichidagi amallar kiradi. Ikkinchi, ichki doirani esa 
bemor shaxsini, uning kasallik sabablarini begilovchi dalillar zanjiri tashkil etadi. 
Birinchi doira sohibining mahorat darajasi qay darajada yuksakligi uning 
ikkinchi doiraga «ko'prik» sola olish san'ati bilan belgilanadi. Aynan shu «ko'prik» 
solinganidan so'ng bemor shifokorga ishonch va umid ko'zi bilan qaray boshlaydi. 
Shifokor bemor bilan muloqotning avvalidayoq uning saviyasiga mos ravishda 
suhbatlashishi muhim. Bemor hunarmand bo'lsa, shunga mos maqomda, akademik 
bo'lsa, albatta, uning yuqori saviyasiga yarasha muomala qila olishi asosiy 


talablardandir. Shifokor beixtiyor bu holatning aksini qilsa, u holda o'zining tuzatib 
bo'lmas xato qilganini bir umr afsus bilan eslab yurishiga to'g'ri keladi. Shifokor 
bemorni o'rab turgan atrof-muhitga katta e'tibor bermog'i lozim. Uning botiniy va 
zohiriy ko'rinishi bemor bilan kechadigan muloqotiga bevosita ta'sir o'tkazishi 
mumkin. Xususan, bemor yotgan xona shinam, ozoda, havosi toza bo'lishi, albatta, 
uning ruhiyatiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Bu - botiniy ta'sirdir. Zohiriy ta'sir esa 
bemor atrofida kechadigan ijtimoiy hayot: boshqa bemorlarning, kichik tibbiy 
xodimlarning yoki tashrif buyuruvchilarning salbiy xatti-harakatida ko'rinadi. Bu 
ta'sirga, atrofdagi shovqin-suronlar, qo'shni bemorlarning muloqoti, hatto, 
shifokorning yoqimli bo'lib tuyulgan tovushi, mimikasi, jestlari ham kiradi. 
Shifokor, bemor bilan muloqotga kirishar ekan, uning ko'z o'ngida ma'lum 
ma'noda kamchiliklardan holi, yuksak axloqli inson sifatida gavdalanishi zarur. O'z 
axloq normalarini to'g'ri belgilay olmagan shifokor bemor ko'z o'ngida 
obro'sizlanadi. Obro'sini yo'qotgan shifokorning esa, tabiiyki, o'z bemori bilan 
talab qilingan saviyada muloqot qilishga ma'naviy haqqi bo'Imaydi. Shifokor 
ma'naviyati deganda, ma'nili fikrlashi, so'zlashi, shuningdek shaxsiyatidagi, tarbiya 
va odobidagi hamda amaliyotidagi barcha ijobiy xatti-harakatlar majmuasi 
tushuniladi. 
Allomalar aytadilar-ku, yer yuzida uzoq muddat qamal qo'yishga eng 
muhtoj narsa tildir, deb. Shifokor aynan shu qoidadan holi sub'ekt bo'lmog'i kerak. 
Shuningdek, bemor bilan muloqotda uning diqqati va ixtiyorini shifokor suiste'mol 
qilmasligi, ya'ni so'zda me'yorni saqlay bilishi muhim. Aytar so'zni ayt, aytmas 
so'zdan qayt, deydilar. Shifokor bemor bilan muloqotda unga baayni zarur 
gaplardan so'zlamog'i uning amaliyoti uchun juda foydalidir. Ibn Burayda 
aytadi:«... Yaxshi so'zlarni so'zlagin, foyda topgaysan, yomon so'zni aytishdan 
o'zingni tiygin, salomat bo'lgaysan...» Zero, «Inson a'zolari ichida eng harakatchan 
va juda yengil harakat qiladigani til bo'Iib, shu bilan birga insonga eng zararlisi 
ham udir». 
Bemor shifokor bilan muloqotdan so'ng o'zini ruhan tetik va yengil his 
etishi kerak. Mohir shifokor haqida aytish mumkinki, yaxshi suhbatdosh 


atirfurushga o'xshaydi, garchi u senga atridan bermasa ham xushbo'y hidi yetib 
turadi. Shifokor bemor ko'nglini ko'tarib agar u yosh bo'Isa, «hali to'yingizda osh 
yeymiz, xizmat qilamiz», yoshi ulug'roq bo'Isa - «hali nevara-yu chevaralaringizni 
boqib yurasiz», qabilida gaplar aytishi kerakki, bemor beixtiyor bunday ko'ngilga 
yoquvchi muloqotni mamnuniyat bilan eslasin. Har bir shifokor Mahmud 
Qoshg'ariyning: «Bilag'on odamlarning nasihatlaridan foydalan. Chunki yaxshi 
so'z ta'sir qilgach, dilga joylashadi», degan purhikmatlarini yodda olib qolishi 
foydadan holi emas. 
Zero, I.V. Gyote aytgandek, «so'zni ishonch bilan gapir, eshituvchilarga ta'sir 
etish esa o'z o'zidan kelib qoladi».
So 'z orqali muloqot (verbal muloqot) o'zaro munosabatning asosiy 
ko'rinishidir, bunda quyidagi qoidalarga rioya qilmoqlik maqsadga muvofiq: 
-Tushunarli tarzda so'zlang; 
-
So'z ohangingiz bosiq va mayin bo'lsin; 
-
O'rinsiz savollar bilan bemor g'ashini keltirmang; 
-
Ikki yo ko'p ma'noli so'zlarni ishlatmang; 
-
Ko'rsatmalarni aniq bering; 
-
Ilojsiz muolaja, dori-darmonlarni va'da qilmang; 
-
Bemor sizni tushunmay qolsa, erinmasdan so'zlaiingizni yana takrorlang; 
-
Siz bilan suhbatda bemor o'zida tug'ilgan savollarga javob topganiga 
ishonch hosil qiling; 
-
Zarurat bo'lganda bemorga tegishli mutaxassisni tavsiya eting; 
-
Bemorga zarurat paydo bo'lganda o'z telefon raqamlaringizni bering va 
telefon orqali so'zlashuvdan qochmang, bemorga tekshiruv natijalarini muntazam 
ravishda aytib turing; 
-
Tavsiyalaringizni, ko'rsatmalaringizni nazorat qilib turing; 
-
Punktual bo'ling (puntktual - fransuzchadan punktuel - nuqta, ya'ni aniq, 
saranjom-sarishta, va'dasini vaqtida bajaruvchi); 
-
Qabul vaqtiga kech qolsangiz bu haqda telefon orqali ogohlantiring; 
-
Davo ijobiy natija bermasa kerakli mutaxassisga yuboring; 


-
Zarur bo'lsa shifoxona (statsionar)lar davolanishni qat'iyan talab 
qiling. 

Yüklə 398,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə