Ibbiy etika asoslari


 Noverbal muloqot elementlarini qo’llashga tavsiyalar



Yüklə 398,95 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/23
tarix30.12.2023
ölçüsü398,95 Kb.
#164641
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
1 dar Tbbiy etika va dеontologiyasi asoslari

7. Noverbal muloqot elementlarini qo’llashga tavsiyalar. 
Noverbal muloqotni samarali bo’lishi uchun quydagilarga axamiyat berish 
kerak: 
- Mimikalarga, ayniqsa, noxush tuyg'uni ifodalovchi mimikalarga e'tibor 
qiling va ularni nazorat qiling; 
-
Qo'lning beo'xshov xatti-harakatlarini qilmang; 
-
Chuqur «uh» tortmang; 
-
Ko'z qarashlaringizni nazorat qiling; 
-
Burun jiyirmang, qosh chimirmang, tish kavlamang, quloq qichimang, 
saqich chaynamang (aks holda bemor hamiyati ozor chekishi mumkin); 
-
Behuda kulavermang; 
-
Vaziyat taqozosidan kelib chiqib, eng maqul masofada turing; 
- Gavdangizni bemorni tekshirish uchun va u bilan suhbatlashishga qulay 
holatda tuting (kasalliklarning spesifik xususiyatlarini e'tiborga olgan holda), juda 
uzoq masofada muloqot qilmang; 
-
Suhbat vaqtida erkinlik yarating, bemorni diqqat bilan tinglang, savollar va 
mulohazalar bilan chalg'itmang, shoshilmang; 


-
Bemordan nigohingizni (ko'zlaringizni) olib qochmang; 
-
Uning so'zlariga qiziqishingizni bildirib turing; 
-
Suhbatning asosiy mohiyatini ilg'ab oling; 
-
Muloqotni ko'zlaringiz bilan qollab turing
-
«Xa» ma'nosida boshingizni irg'ab turing; 
-
Ma'lumotlami tushunishga harakat qiling; 
-Tabassumdan to'g'ri foydalaning (26- rasm). 
2.Ruhiy bemorlar bilan muloqot. 
Ruhiy kasalliklar shifoxonasida tibbiyot xodimlari bemorlarga yumshoq 
muomalali, sabrli bolishlari kerak. Iliq munosabatlarni o'rnatish, avvalombor
bemorning ishonchini qozonish darkor. Buning uchun shifokordan bag'rikenglik, 
qat'iyat, muloyimlik, mehr-muruvvat, to'g'ri so'zlik talab qilinadi. Aksincha
yolg'on so'zlash, mug'ombirlik qilish kasalning shifokorga boigan ishonchini 
yo'qotadi. Davolash jarayoni uchun muhim bo'lgan ichki olam sirlarini ruhiy 
bemor ochmaslikka harakat qiladi. Shuni ta'kidlash kerakki, aksariyat ruhiy 
bemorlar o'ta sezgir bo'lib, samimiylikni soxtalikdan tezda ajratib oladilar. 
Ruhiy kasallikka chalingan har qanday bemor shifokor, hamshiradan o'ziga 
nisbatan alohida e'tibor, mehr talab etadi. Shunday ekan, bu munosabatning ikki 
tomonlama bo'lishi maqsadga muvofiqdir. Hosil bolgan vaziyat nihoyatda qaltis. 
Bemor o’z shifokoridan kutgan iliq munosabatni, mehr-muruvvatni ko'rmasa, 
undan ko'ngli qoladi. Natijada hatto o'z vaqtida amalga oshirilgan kimyoviy va 
hatto ruhiy muolajalar ham samara bermay qolishi mumkin. Shifokor bemori bilan 
muloqotda ana shunday «jarlik» yoqasiga kelib qolmasligi kerak. Ruhiy bemorlar 
bilan muomala qiluvchi shifokor nihoyatda kuchli irodaga ega bo'Isagina 
ko'zlangan maqsadiga yetishi oson bo'ladi. Aks holda mazkur kasbni tanlaganiga 
tezda pushaymon bo'lib qolishi mumkin. 
Demak, ruhiy kasallik bilan og'rigan bemor bilan muomalada shifokor va 
hamshiradan an‘anaviy talablardan tashqari katta sabr-toqat talab etiladi. 



Yüklə 398,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə