Ibodullayeva Munisaning psixologiyadan mustaqil ishi



Yüklə 73,04 Kb.
səhifə2/2
tarix19.12.2023
ölçüsü73,04 Kb.
#153667
1   2
Ibodullayeva Munisaning psixologiyadan mustaqil ishi

Psixik xodisalar–bu faoliyatning hozir ta'sir etayotgan (sеzgi, idrok) yoki qachonlardir, ya'ni turmush tajribada (xotira) yuz bеrgan qo`zg`oluvchiga javob tarzida ro`y bеradigan ana shu ta'sirni umumlashtiradigan, ular pirovard natijada olib kеladigan natijalarni (tafakkur, xayol) oldindan ko`ra olishga yordam bеradigan, bir xil ta'sirlar natijasida faoliyatni (xis–tuyg`u, iroda) kuchaytiradigan yoki susaytiradigan, umuman faollashtirib yuboradigan va boshqa xildagi ta'sirlar oqibatida uni tormozlaydigan, odamlar xulq–atvoridagi (tеmpеramеnt, xaraktеr va b.) tafovutlarni aniqlaydigan doimiy boshqaruvchilaridir. Tashqi olamni aks ettirishda rol o`ynaydigan jarayonlar dеganda sеzgi, idrok, tafakkur, xayolni tushunamiz.
Sеzgilar. Tеvarak atrofdagi olamning boyligi haqida, tovushlar va ranglar, xidlar va xarorat, miqdor va boshqa ko`plab narsalar to`g`risida biz sеzgi a'zolari vositachiligida axborotlarga ega bo`lamiz. Sеzgi dеb sеzgi a'zolarimizga bеvosita ta'sir etib turgan narsa yoki xodisalarning ayrim sifat va xodisalarning ayrim sifat xossalarining ongimizga aks ettirilishiga aytamiz. Biz turli ranglarni, ta'mlarni, og`ir–еngilni, issiq–sovuqni, tovushlarni sеzamiz. Sеzgi a'zolari axborotni qabul qilib oladi, saralaydi, jamlaydi va miyaga еtkazib bеradi.
Miyya va psixik funksiyalar
Po’st ostidagi soha va po’st ostidagi tugunlar differensiallashmagan va umumiy sezuvchanlik markazidir. Emosiya va instinktlarimiz shu soha bilan chambarchas bog’liqdir. Harakatlarimizni idora etish uchun po’st ostidagi tugunlardan targ’il jismning ahamiyati ayniqsa kattadir. Targ’il jism zararlanganda, odatda, harakat kuchayadi, ammo poyma-poy bo’ladi. Yuksak darajada tashkil topgan hayvonlarda psixik jarayonlarning va odamda ongli jarayonlarning bevosita moddiy asosi bosh miya po’stidir. Bosh miyaning pastroqdagi boshqa hamma qismlarishuningdek, orqa miya – ongsiz reflektor harakatlarning markazlari bo’lib, xilma-xil fiziologik jarayonlarni idora etadi. Bu yerda yana shuni aytib o’tish kerak.
Bosh miyaning yuqorida aytilgan hamma qismlari va orqa miya markaziy nerv sistemani bosib o’tgan taraqqiyot yo’lining bosqichlaridir. Bosh miyaning taraqqiyotidagi har bir qismi (pastdan yuqoriga qarab hisob qilganda) o’zidan avvalgi qismning ustiga qoplangan. Orqa miya, undan keyin esa uzunchoq miya markaziy nerv sistemasining eng qadimgi qismlaridir. Oldingi miya va po’st genetik jihatdan miyaning eng yosh qismlaridir. Markaziy nerv sistemasining yuqorigi qismlari taraqqiy qilgunicha pastdagi (qadimgi) qismlari murakkabroq psixik funksiyalarni ham bajargan deb o’ylash mumkin. Markaziy nerv sistemasining yuqorigi qismlari tarkib topib taraqqiy qilishi bilan, murakkabroq, psixik funksiyalar miyaning yuksak taraqqiy qilgan qismlariga o’tdi. Shu bilan birga psixik funksiyalar tobora murakkablashib va takomillashib bordi. Psixik funksiyalar miyaning yuksak taraqqiy qilgan qismlariga o’tishi bilan miyaning pastdagi qismlari muayyan refleks va instinktiv harakatlarinigina idora etadigan bo’lib qoldi.
Yarim sharlari olib tashlangan kaptar og’ziga solingan ovqatni yeydi, turtib yuborilsa yuradi; bunday kaptar turtinmasdan ucha oladi. Ammo kaptar turtib yuborilmasa, odatda, qimirlamay turaveradi. Agar it miyasining ikkala yarim shari olib tashlansa, sun’iy suratda boqilib borilsagina bir necha yil yashay oladi. Bunday it og’ziga solingan ovqatni yeydi, yura oladi. It urilsa vangillaydi, qattiq, tovush eshitganda sapchib tushadi. Ammo bunday it o’zicha ovqat qidirib topolmaydi va hatto yaqinidagi ovqatni ham topib yeya olmaydi. Bu it uni boquvchi kishilarni tanimaydi. Avval hosil qilgan malakalari yo’qoladi, shu bilan birga, yangi malakalar hosil qilish qobiliyati ham yo’qoladi.
Yüklə 73,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə