Ibtidoiy jamoa davri Quldorlik jamiyati Feodalizm davri O`quvchilarni arxeologiyaga oid materiallar to`plashga o`rgatish «Ibtidoiy jamoa tuzumi»



Yüklə 43,12 Kb.
səhifə5/11
tarix28.10.2023
ölçüsü43,12 Kb.
#132497
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Tarixiy o\'lkashunoslik va turizm

2. Ona urug`ining rivojlanishi
Paleolit tamom bo`lib, mezolit davri boshlanadi. Mezolit o`rta tosh davri bo`lib, qadimgi tosh davri (paleolit) bilan yangi tosh davri (neolit)ning orasida o`tgan davr bo`lgani uchun shunday ataladi. Bu davrda kishilar o`q-yoyni kashf qiladi, ovchilik birmuncha osonlashadi, birinchi marta it uy hayvoni sifatida xonakilashtiriladi.
O`rta tosh asri, ya`ni mezolit davri yaxshi o`rganilgan bo`lib, u davrda yashagan ajdodlarimiz ibtidoiy tasviriy san`at mo``jizalarini yarata boshlaganlar. Bular asosan g`orlarga va qoya toshlarga qizil bo`yoq yordamida yoki o`ymakorlik usulida tasvirlangan ov manzaralaridir. Bunday yodgorliklar Surxondaryo viloyatidagi Zaravutsoy darasida, Jizzax viloyatining Takatosh mavzesida, Buxoro viloyatidagi Sarmish va Qoraungursoyda, Toshkent viloyatining Parkent, CHotqol tog` tizmalarida, Xo`jakent yaqinida hamda Andijon viloyatining Xo`jaobod tumani hududidagi Imomota tog` tizmalarida topib o`rganilgan. Ular orasida Zaravutsoy, Takatosh va Imomotadagi suratlar ayniqsa diqqatga sazovordir. Zaravutsoy darasidagi suratlarda yovvoyi buqalarda ov qilish manzarasi qizil bo`yoqlar yordamida gavdalantirilgan. Boshqa bir manzarada ovchilar guruhi yovvoyi buqalarni va tog` echkilarini o`rab olayotgani, yopinchiq yopinib o`q-yoy hamda sopqonlar otayotgani tasvirlangan. Takatoshdagi suratlar esa qoyaga o`yib ishlangan. Bu erdagi manzaralardan birida o`ndan ortiq ovchi yovvoyi buqa va arxarlar podasiga kamonlardan o`q uzayotgani ifodalangan. O`rtaga — ko`rinarli joyga bir ayolning` rasmi katta tarzda solingan. Rasmda itlar ham bor. Bu, shubhasiz, odam qo`liga o`rgangan dastlabki hayvonning tasviridir.
Mezoltst davrida yaratilgan tasviriy san`at asarlari orasida Xo`jaobod tumani hududidagi Imomota g`ori ichida topib o`rg`anilgan asarlar alohida ajralib turadi. SHulardan biri qoya toshga o`yib ishlangan jigarrang ko`rinishdagi tasvir bo`lib, unda shoxlari bir necha bor qayrilib ketgan, biri-biridan ulkan arxarlar va ularning o`rtasida yanada ko`zga tashlanarli qilib ishlangan duldul ot tasviridir. Bu mezolit davriga oid topilgan birinchi nodir surat sanaladi.
G`orga kirish joyida toshga o`yib solingan arab yozuvidagi bitiklar hdm mavjud, ammo bu yozuvlar bugungi kunda o`z qiyofasini yo`qotgan, hatto o`qib bo`lmaydigan darajaga kelib qolgan. g`orning kiraverishida bir masjid bunyod etilgan, uning g`ishtlari xuddi Buxorodagi Ismoil Somoniy maqbarasi g`ishtlariga o`xshaydi, bu masjid ham IX asrlarda qurilganligidan dalolat beradi. Ushbu masjid orqali g`orga kiriladi. G`or ichkarisi tog` darasiga o`xshab uzoqqa cho`zilgan. G`orga Imomota qishlog`ida istiqomat qiluvchi ziyoli Anvarjon Hosilov yordamida kirdik. 250 metr uzunlikdagi shnurga chiroq o`rnatib, chamasi 200 metrlar ichkariga kirgach, ot suratiga duch keldik.
Imomota qishlog`i aholisi o`rtasida bu ot haqida turli xil afsonalar mavjud. Shu qishloqlik 76 yoshli Fozil ota tilidan yozib olingan bu haqdagi afsona ayniqsa diqqatga sazovor: «Bolalarim, men 14 yoshligimda shu masjid dahlizi orqali g`orga kirib, o`sha ot rasmi solingan joyni o`z ko`zim bilan ko`rganman. Bunday chiroyli otni hali hayotimda ko`rgan emasman. Ammo bu rasmdagi chiroyli otni jonli ko`rganlar ham bo`lgan ekan. Buni qarangki, o`shanday kishi bilan otam rahmatli suhbatlashgan ekan. Imomota — tog`li qishloq. Otamning aytishicha, qishloqning yuqorisi — to o`ttiz adirgacha bo`lgan joylarga lalmikor bug`doy ekilgan. qishlog`imizdagi dehqonlarning deyarli hammasi kech kuzda va erta bahorda o`sha joylarga bug`doy ekkanlar.
Kunlardan bir kun qariyalar orasida mana shu g`ordan bir duldul ot chiqib, o`tlab, qechqurun g`oyib bo`lib qolganligi haqida gap ketadi. Bir dehqon: «Mening bug`doyimning ancha joyini ot eb ketibdi, oyog`ining izi qolibdi, har kuni ot bug`doyimni eb qo`yayotir, bu o`sha ot bo`lmasin tag`in», deb qoladi. Shunda ular: «Bo`lmasa poyla — u o`sha otmi yoki boshqasimi, bilib olasan», deb maslahat berishadi. Dehqon otni poylay boshlabdi. Bir kuni erta tong o`sha chiroyli yoldor duldul g`ordan chiqib bug`doyzorga kirib, o`tlab qornini to`yg`aza boshlabdi. Dehqon esa otning chiroyliligiga mahliyo bo`lib, bug`doyini eganiga ham achinmabdi. Nihoyat, ot ortiga qaytib, g`orga kirayotganida, dehqon ham uning izidan ketma-ket g`orga tomon yura beribdi. Ot g`orga kirgach, g`oyib bo`libdi. Dehqon g`or ichiga kirib, charxga yig yasab o`tirgan, yuzlaridan nur yog`ilib turgan bir qariyaga duch kelibdi. Dehqon salom beribdi, chol alik olgach, o`tirishga joy ko`rsatib, nima sababdan uning bu g`orga kirganini so`rabdi. SHunda dehqon ot voqeasini, ya`ni shu g`ordan chiqqan ot ekkan bug`doyini eb qo`yayotganini aytibdi. Chol: «Xafa bo`lmang, o`g`lim, otim keltirgan zararini to`layman, mang oling», deb qirib o`tirgan tig` qirindisidan bir hovuch beribdi. Alamzada dehqon chol oldidan shahd bilan chiqib ketayotib, qirindini to`kib yuboribdi. g`ordan tashqariga chiqib qarasa, belbog`iga yopishib qolgan ozgina qirindi yaltirab turgan emish. Ne ko`z bilan ko`rsinki, u oltin ekan. Dehqon afsuslanib, darhol g`orga qaytib kirmoqchi bo`lgan ekan, g`orning og`zi yopilib qolibdi. Shu voqea bo`lib o`tgandan buyon ko`rkam duldul ot g`ordan chiqmay qolgan ekan».
Shunday hdqiqat, rivoyat va afsonalarga boy bo`lgan hududimizda mezolit davrida chizilgan qoya toshlardagi suratlar — qadimgi tasviriy san`atning bu kabi yodgorliklari mustaqillikka erishgan O`zbekistonning ibtidoiy jamoa tarixini chinakamiga o`rganishda g`oyat qimmatli tarixiy hujjat bo`lib xizmat qiladi.



Yüklə 43,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə