Ibtidoiy jamoa davri Quldorlik jamiyati Feodalizm davri O`quvchilarni arxeologiyaga oid materiallar to`plashga o`rgatish «Ibtidoiy jamoa tuzumi»



Yüklə 43,12 Kb.
səhifə4/11
tarix28.10.2023
ölçüsü43,12 Kb.
#132497
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Tarixiy o\'lkashunoslik va turizm

I. Ibtidoiy jamoa davri
Ibtidoiy jamoa davri maymunga yaqin turgan odam zotining paydo bo`lishidan to jamiyatning sinflarga ajralishigacha bo`lgan uzoq davrni o`z ichiga oladi.
1. Odamlar urug`, aymoq va oila degan narsani bilmasdan ibtidoiy (to`da) holda yashagan davr. Bu davr odamlari toshdan qurol yasab, uni ishlatib va qurollarni takomillashtira borgan sari, o`zlari ham rivojlanib borganlar. Bu qurollar qo`lda qo`pol qilib, kertib ishlangan, bir-ikki xildan oshmagan tosh qurollar bo`lgan. Ishlab chiqarish texnikasi jihatidan bu davr paleolit (qadimgi tosh) davri deb atalib, qurollar taraqqiyot bosqichi jihatidan shell’, ashel’ va must’e deb ataladi; bu uch davr paleolit davrining quyi va o`rta bosqichini tashkil qiladi. Bu davrlarda yashagan pitekantrop (maymun odam), sinantrop (xitoy odami), geydelberg (germaniya odami), neandertal’ tipidagi odamlar tuzilishi jihatidan odam bilan maymun o`rtasidagi holatda bo`lganlar. Ular to`da-to`da bo`lib yashab, mayda hayvon, hasharot, turli meva va o`simlik ildizlarini eb, kun kechirganlar. Ular so`zlashishni bilmaganlar. Sinantrop ashel’ texnikasidan foydalangan bo`lsa, neandertal’ odami must’e davriga to`g`ri keladi.
Eng qadimgi odamlardan pitekantrop YAva orolidan, sinantrop Xitoydan, neandertal’ odami Germaniyadan topilgan.
O`z-o`zidan uzoq tosh davrlarining izlari bizning O`zbekistonda ham bormi degan savol tug`iladi.
1955 yilning kech kuzida Toshkentdan chamasi 15 km g`arbda SHoimKo`prik degan joyda qoraqamish suvining bo`yidagi qadimgi qatlamlardan ashel’ davridan tortib must’e va undan keyingi davrlarda yashagan xalqlarning juda ko`p qurollari topilib, hozir respublika tarix muzeyida saqlanmoqda.
Janubiy Turkmanistonda, Toshkent viloyatining Bo`stonliq rayonida va Farg`onada, qayroqqum cho`lida ham ashel’ davrining ba`zi qurollari topilgan. Demak, bundan taxminan 400-500 ming yillar ilgari O`rta Osiyo va O`zbekistonda ashel’ qurollarini ishlatgan ibtidoiy, to`da holatidagi odamlar yashagan.
Bundan keyin er yuzida uzoq davom qilgan muz davri boshlanadi. Havo sovib, tabiat o`zgarib, ko`p hayvonlar o`zini tog`lar orasiga oladi. Odamlar sovuq iqlimda chidashga o`rganadi, u yog`ochni yog`ochga ishqalab olov hosil qilish yo`lini topadi. Olov kashf etilgach, odam uning yordamida yirtqich hayvonlarni tog`lardagi g`orlardan quvib chiqarib, u erlarda makon tutadi. Ochiq erlarda esa erto`lalarga, jarlar ostiga kirib yashaydilar. Olovda isinib, poda-poda bo`lib ov qilib kun ko`radilar.
Bu davrda tosh qurollarning turi va ishlanish texnikasi ancha yaxshilanganligi sababli, odamlar yog`ochning uchini sixcha qilib ishlash hamda suyakdan asbob yasashni o`rganadilar. Bu xil yuqori texnika davri o`rta paleolitda «must’e madaniyati» davri deb ataladi. Bu ashel’ davridan keyin keladi. Bu davrda neandertal’ odam yashagan. Bular ibtidoiy to`da holidan urug`-aymoq munosabatlariga o`tishga yaqinlashib, bir oz so`zlashishni ham o`rgana boshlaganlar. Bu davr kishilari jamoa bo`lib, katta-katta hayvonlarni ovlash, bir joyda ko`plab yashash orqasida to`da holda urug` tartibiga ko`cha boshlaganlar.
1938 yili Surxondaryodagi Boysun tog`ida joylashgan Teshiktosh g`ori tekshirilganda bu joy must’e davrida yashagan odamlarning makoni bo`lib chiqdi. G`orning qatlamlarida toshdan qilingan. O`choqning o`rni, kul qatlamlari, ko`mir, turli hayvon va qushlarning suyaklari, must’e davriga xos qurollar ko`p topildi. Bulardan u davr odamlari ko`pincha ov bilan kun ko`rgani ma`lum bo`ldi. G`orning bir erida 8 — 9 yoshli bir bolaning toshga aylanib qolgan kalla suyagi ham topildi. Bu hozirgi zamonamizdan taxminan 100—120 ming yillar ilgari yashagan neandertal’ odamining kalla suyagidir.
1946 yilda Samarqand viloyati Urgut rayonidagi Omonqo`ton g`orida o`sha davr odamining makoni va tosh qurollari topildi. 1954 yilda Farg`ona vodiysining qayroqqum cho`lida ham bir necha erdan must’e davri qurollari topilgan edi. Bundan tashqari, ashel’ davri tosh qurollari respublikamizning yana bir necha eridan topildi. Navoiy viloyatining Navoiy rayonidagi Uchtut qishlog`i yaqinida Voush tog`ining janubiy yon bag`rida, Farg`ona vodiysining qayrag`och qishlog`i yaqinidagi Boqirg`on darasida, Isfayram soyida, Pal’man qishlog`i yaqinida hamda Xo`jaxayr soyining o`ng sohilida, shu nomdagi qishloq yaqinida, shubxasiz, qadimda O`rta Osiyo, jumladan hozirgi O`zbekistonning geografik sharoiti ibtidoiy odamlarning yashashi uchun juda qulay bo`lgan va ilk paleolit davrida uning keng hududida odamlar yashaganligini ko`rsatadi.
Keyingi yillarda bir qancha yangi-yangi yodgorliklar topilib tekshirilishi tufayli O`zbekiston paleolitida must’e davri juda yaxshi o`rganildi. Must’e makonlari Surxondaryo viloyati Boysun rayonidagi Teshiktoshda, Samarqand viloyatidagi Omonqo`ton g`orida, Toshkent viloyatining CHirchiq vodiysidagi Xo`jakent va Obirahmat g`orlarida, Ohangaron vodiysidagi Ko`lbuloqda, Buxoro viloyatidagi Uchtutda, Farg`ona vodiysi, qal`acha va So`x atroflarida topib tekshirildi. Bular O`rta Osiyoda topilgan must’e odamining qoldiqlari va qurollari bo`lib, ularning ilmiy ahamiyati nihoyatda kattadir. Teshiktoshda o`sha davr odamining topilishi arxeolog`iya fanining nihoyatda katta yutug`i bo`lib, uni tekshirgan professor A. P. Okladnikovga Davlat mukofoti laureati degan unvon berildi. Teshiktosh g`orida 1,5 m qalinlikda 5 ta madaniy qatlam topildi. qatlamlar tekshirib ko`rilganda, ularning har biridan diametri 40 sm, sathi 2 metrdan ortiqroq keladigan gulxan qoldiqlari, 3 mingdan ko`proq tosh qurollar va tosh siniqlari hamda qush va hayvonlar: kaklik, kaptar, o`rdak, qirg`ovul, sug`ur, tog` echkisi, kiyik, qulon, qoplon, ayiq, sirtlon suyaklari topildi. Teshiktosh makonida uchratilgan topilmalar ichida eng muhimi mayda bo`laklarga bo`linib ketgan 8 — 9 yashar bolaning bosh va tana suyaklari topildi. Mashhur antropolog olim M. M. Gerasimov uni qayta tikladi. Bu noyob topilma must’e odamining fizik tipini belgilashda juda qimmatli material bo`libgina qolmasdan, bu bilan birga insonning yagona ajdoddan kelib chiqqanini va O`rta Osiyoda ham odamzod neandertal’ bosqichini bosib o`tganini isbotlab berdi.
Demak, O`zbekistonda ibtidoiy (to`da) holdan urug`chilik tuzumiga ko`chish bosqichi bo`lgan must’e davrida aholi g`orlarda va ochiq erlarda makon tutib hayot kechirganlar.
1988 yili O`zbekiston Respublikasi FA muxbir a`zosi o`tkir Islomov rahbarligida Farg`ona vodiysining So`x va SHohimardon soylari sohillarida arxeologik tadqiqotlar olib borilib, katta natijalarga erishildi. O`lar Selungur g`oridan o`sha zamon tosh qurollari bilan ko`milgan odam suyagini topdilar. Bu suyak must’e davri odamlarining suyaklari bo`lib, na neandertal’ va na pitikantropga o`xshamaydi. Buni aniqlash maqsadida YUNESKO dan mutaxassislar chaqirildi. O`lar bu suyakni sinchiklab o`rganishib, uni «fergantrop» odami deb topdilar. Bu esa fan olamida katta yangilik hisoblanadi.

1. Ona urug`i davri (matriarxat)


Must’e davrining oxirlariga kelib ov qilinadigan qurollarning birmuncha yaxshilanishi, olovdan foydalanish imkoniyatining kengayishi, uzoq atrofdagi aholi bilan aloqa bog`lanishi natijasida ma`lum bir joyda o`troq holda yashagan bir guruh kishilar o`rtasida qon-qardoshlik munosabatlari boshlanadi. Bolalar faqat onani tanib, urug` tepasida ona turadi. SHuning uchun bola o`zini ona urug`ining bolasi deb hisoblaydi.
Ishlab chiqarish imkoniyatlarining rivoji jihatidan bu davr must’e davrining oxiridan boshlanadi. Pitekantropdan tortib to neandertal’ (bizda Teshiktosh) odamigacha yarim million yildan ortiqroq zamon ichida o`zgarib kelgan odam tipi bu davrda hozirgi odam holatiga aylanadi. Olimlarning hisoblab chiqishiga qaraganda, bu davrning boshlanganiga 40 ming yilcha bo`lgan, endi quyi va o`rta paleolit tamom bo`lib, yuqori paleolit boshlanadi.
YUqori paleolit davrida aholining tirikchiligi kollektiv ovchilik va baliqchilikdan iborat bo`lib, tosh va suyak qurollarni yasash va ishlatish texnikasi juda rivojlanib ketadi.
YUqori paleolitda urug`chilik sharoitida ov va baliqchilik mahsulotlari ko`payib borgan, dev, pari, jin va xudolar haqida turli afsonalar to`qila boshlangan. O`zbekistonda yuqori paleolit davrining deyarli barcha bosqichlari madaniyatidan darak beruvchi makonlar Toshkent yaqinidagi SHoimKo`prikda, Boysun tog`larida Machay g`orida, Amir Temur g`orida topilgan. Bundan tashqari Samarqand shahri ichida eski Ivanov chorbog`ida, Surxondaryo, viloyatida 15 ga yaqin yuqori paleolit makonlari, Toshkent atrofida 3 — 4 ta makon, Samarqand viloyatida 5 — 6 ta makon topilgan.
Bular ichida SHoimKo`prik va Machay g`ori yodgorliklari o`sha davr hayoti xdqida yaxshi ma`lumot beradi. YUqori paleolitda yashagan odamlarning asbob va makonlari ko`p topilgan bo`lsada, yaxshiroq o`rganilgani Samarqand shahridagi Komsomol ko`li hududida joylashgan Samarqand makonidir. 1939 yilda ochilgan bu yodgorlikda O`zbekiston fanlar akademiyasi va Samarqand Davlat universitetining D.N.Lev boshliq arxeologik ilmiy safarlari 1958 yilda qazishmalar olib bordi. Samarqand makoni uchta madaniy qatlamdan iborat bo`lib, undan bir necha o`choq qoldiqlari va tosh qurollar: pichoqsimon plastinkalar, keskichlar, yoy, tig`li qirg`ichlar, botiq tig`li tosh qurollar hamda hayvonlar: yovvoyi ot, kiyik, tuya, qo`y, qoramol suyaklari topildi. Bulardan tashqari, Samarqand makonida yuqori paleolit odamining ikkita pastki jag`i topildi. Bu Teshiktoshdan topilgan neandertal’ bola qoldig`idan keyingi ikkinchi nodir topilma bo`lib, garchi u so`nggi paleolitga mansub bo`lsada, genetik jihatdan Teshiktosh odami bilan bog`liqdir. YUqori paleolit davriga oid tosh qurollar Buxoro viloyatida Uchtut qishlog`i atrofida, Toshkent yaqinida Bo`zsuv I, Bo`zsuv II makonlarida, Ohangaron vodiysida Ko`lbuloq makonida va boshqa joylarda topildi.



Yüklə 43,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə