Ibtidoiy jamoa davri Quldorlik jamiyati Feodalizm davri O`quvchilarni arxeologiyaga oid materiallar to`plashga o`rgatish «Ibtidoiy jamoa tuzumi»



Yüklə 43,12 Kb.
səhifə8/11
tarix28.10.2023
ölçüsü43,12 Kb.
#132497
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Tarixiy o\'lkashunoslik va turizm

5. Sug`orishning kelib chiqishi
Xorazmda Kaltaminor, Tozabog`yop madaniyatlari izlari, Amudaryoning toshqin suvlaridan foydalanib yashagan xalqning madaniyatli ekanligi, bu erda va Moxondaryo xdvzasida toshqin suvlarni chuqur erlarga tortib tushirib, unda tariq, arpa, kunjut, qovoq, bug`doy etishtirilganligi ko`rinadi. Sug`orish kanallarining yo`nalishi o`sha ibtidoiy jamoa tuzumi davrida odam yashagan erlar bilan bog`liq. Toshqin suvlar tartibga solinib, ular kanal holatiga keltirilganligi ma`lum bo`ldi.
Farg`ona kabi tog` soylari bilan bog`liq erlarda soylarning oyoqlarida toshib yotgan suvlarni boshqarish yo`li bidan dehqonchilik qilingan.
Eng eski dehqonchilik joylari ham avvalo shu toshqinlar atrofida vujudga kelgan. Demak, ibtidoiy jamoa odamlari kanal qurish usulini bilmaganlar. Faqat daryo toshqinlaridan hosil bo`lgan tabiiy suvlardan foydalanganlar. Xullas, asrimizning boshlarigacha butunlay qorong`i bo`lgan ibtidoiy jamoa davri faqat arxeologiya fanining yutuqlari natijasida birmuncha yoritildi. Ashel’ madaniyati davridan tortib to sinf va davlatlar vujudga kelguncha, to`g`rirog`i, O`rta Osiyoda ilk yozma tarixiy ma`lumotlar paydo bo`lgungacha o`tgan bir necha yuz ming yilni o`z ichiga olgan davrda o`lkamiz xalqlari dunyodagi hech bir xalqning ibtidoiy davr tarixidan qolishmaydigan boy tarixga ega ekanligi ma`lum bo`ldi.


II. Quldorlik jamiyati davri


Bundan 3000 yilcha ilgari odamlar temirni olovda eritish yo`lini topib, uni ishlata boshlaganlar. Bu davrda ishlab chiqarish imkoniyati shu darajaga etadiki, bir kishining mehnatidan unadigan daromad uning bir o`zini boqishgagina emas, balki bir necha kishini boqishga kifoya qila boshlaydi. Dehqonchilikda va chorvachilikda urushda qo`lga tushirilgan asirlar zo`rlab ishlatiladi. Ular qullarga aylantiriladi. Natijada quldorlik jamiyati kelib chiqadi, jamiyat ko`proq qo`l mehnatiga tayana boshlaydi
O`zbekistonda va umuman O`rta Osiyoda bu bosqichning bo`lib o`tgan-o`tmaganligi haligacha mutlaqo tekshirilmagan edi. Qadimgi Xorazm erlarida, g`arbiy Buxoro cho`llarida Ulug` Vatan urushi arafasida o`tkazilgan arxeologiyaga oid tekshirishlar bu masalaga ravshanlik kiritdi. SHu tariqa Amudaryo va Zarafshon etaklarida cho`lga aylanib yotgan katta maydonlarda arxeologiyaga oid tadqiqotlar o`tkazilgan vaqtda bu erlar qadimgi qal`alar, ko`shklar va shaharlarning vayronalari bilan, ular orasidan o`tgan qadimgi sug`orish kanallari izlari bilan to`la ekanligi birmuncha aniqlandi.
Arxeologiyaga oid tekshirishlarning aniqlashicha, Xorazmning g`arbida, Qoraqum ichlarida bundan 2500 — 2600 yillar ilgari juda katta qal`alar bino qilingan. Ular ichida imoratlar solingan, aholi bu qal`alar atrofida Amudaryoning qadim Sariqamish ko`liga kirib ketgan tarmog`i bo`lmish Dovdon suvi toshqinlarini boshqarib, unda dehqonchilik va chorvachilik bilan shug`ullangan. Hozirgi Qoraqalpog`iston tuprog`ida ham ahvol shunday bo`lgan.
Bunday ulkan qal`alarning xom g`ishtdan bino qilinishi, toshqin suvlarini tartibga solib, sug`orish kanallari qurilishi bu davrda O`rta Osiyoda Qadimgi SHarq davlatlari tipidagi davlat bo`lganidan darak beradi. Ayni zamonda Gretsiya va eronda maydonga kelgan yozma ma`lumotlarda miloddan burungi VII asrda O`rta Osiyodagi Saklar davlati bilan g`arbiy erondagi Midiya davlati o`rtasidagi Janubiy Turkmaniston erlarida hukmronlik qilish uchun kurash borgani, eronda Ahamoniylar davlati vujudga kelguncha bu joylar Xorazm davlatiga qaram bo`lgani hdqida so`z boradi.
Buni g`arbdagi burjua sharqshunoslari pisand qilmagan edilar. Ammo arxeologiyaga oid tekshirishlar bu holning haqiqat ekanligini tasdiqladi va juda ko`p yangi muammolarni o`rtaga tashladi.
Bundan 2100 yilcha burun O`rta Osiyoga kelib ketgan Xitoy sayyohi CHjan TSyanning ma`lumotlariga ko`ra, «Davan» deb atalgan Farg`onada 70 ga yaqin katta va kichik qal`alar, 300000 ga yaqin aholi bo`lib, bu erda beda, uzum etishtirilgan va yilqichilik keng rivojlangan.
Katta Farg`ona kanali qurilishida o`tkazilgan arxeologiyaga oid kuzatishlar va keyingi yillarda o`tkazilgan maxsus ilmiy safarlar natijasida esa Farg`ona vodiysida ashel’ va must’e davrlarida odam yashaganligi, keyingi taraqqiyot natijasida jez davrida CHust va Dalvarzin kabi ibtidoiy qishloqlar bo`lgani aniqlandi.
Bundan keyingi o`troq madaniyat soylarning etagidagi toshqinlar va ko`llar orasida keng tarqalib, hozir Sirdaryoga yaqin cho`llarda bu davrning xarobalari ko`p uchraydi.
Farg`onaning Chjan Tsyan safaridan keyingi davrda qanday bo`lganligi haqida yozma ma`lumotlar yo`q, lekin arxeologiya bu xususda ko`p ma`lumotlarni aniqlab berayotir.
Ko`pgina burjua sharqshunoslari O`rta Osiyodagi qadimgi madaniyatni yo`qqa chiqarib, bu erlarda madaniyat faqat eron davlati ta`siri ostida vujudga kelib, keyinroq Iskandar Zulqarnayn (Aleksandr Makedonskiy) istilosi va umuman greklar hukmronligi ta`sirida taraqqiy qilgan, so`ngra yana xarobalikka yuz tutib, faqat arablar istilosidan so`ng islom dini ta`sirida yana ko`tarilgan degan fikrni ilgari surar edilar. Xorazmda, G`arbiy Buxoro cho`llarida va umuman butun O`zbekistonda arxeologiya yordamida topilgan narsalar va dalillar esa g`arbning bu uydirmalarini fosh qilib tashladi.
Eroniylar va greklar istilosigacha hamda undan keyin bo`lgan moddiy madaniyat chetdan kelgan ta`sirning yaqqol izlari emas, albatta. eron pullari Makedoniyadan kelgan, bu erda rasm bo`lgan ba`zi idish shakllari arxitektura yodgorliklari topilgan, ammo buni chetdan kelgan moddiy madaniyat ta`siri tufayli O`rta Osiyo madaniyatida keskin siljish vujudga kelgan deb bo`lmaydi.
O`rta Osiyoda quldorlik davrining yuqori taraqqiyoti Parfiya, Gretsiya, Baqtriya hamda Kushon kabi mahalliy xukmronlar zamonida paydo bo`ldi. Bu zamonda qal`alar bino qilishda, sug`orish kanallari qurishda, hunarmandchilik, shaxar hayoti, yo`l ishlari, ichki-tashqi savdo hamda san`atda jiddiy ko`tarilish yuz berganligida sinfiy munosabatlarning keskinlashganligi ko`rinadi. Bu holat yolg`iz Xorazmda topilgan arxeologiyaga oid ashyolardangina emas, balki butun O`rta Osiyoda o`tkazilgan va o`tkazilayotgan tekshirishlardan ham yaqqol ko`rinib turadi.
Ilgari O`rta Osiyoning madaniy-siyosiy va iqtisodiy aloqalari haqidagi targ`ibot faqat eron hamda Old Osiyo bilan munosabat, «Eron ta`siri» degan gaplardan nariga o`tmas edi. Xorazm va Buxoro viloyatida o`tkazilgan arxeologiyaga oid qazishlar O`rta Osiyo xalqlari Russiyaning markaziy rayonlari, ayniqsa Volga daryosining havzasida bo`lgan davlatlar bylan juda qadimdan muntazam aloqada bo`lib kelganini ko`rsatadi. Daliliy ma`lumotlar qadimdan boshlangan bu aloqaning ilgari etarlicha o`rganilmay kelinganini ko`rsatadi. Bu aloqaning ko`pgina qirralari kelajakda yana ham ravshanroq tekshirilishi shubhasizdir.
Otashparastlik zardusht (zaroastrizm) dinining rivoji eronda emas, O`rta Osiyoda bo`lganligi arxeologlar tomonidan isbotlandi. Buni qazishmadan topilgan daliliy ma`lumotlar tasdiqladi. Milodimizdan bir necha asr burungi yodgorliklarni tekshirish muhim iarsalarni ochmoqda. CHunonchi, akademik YA.G`.G`ulomov 1936 yili Xorazmning Mang`it rayonidagi qubba tog` ustida zardushtiylarning qabristonini topdi. Unda katta hom g`ishtlardan qurilgan 60 metrli tor bino xarobasi ichida benihoya ko`p odam suyaklari topildi. Suyaklarning ko`miklari g`ajilgan, ba`zi mayda suyaklar mutlaqo yo`q. Suyaklarni allaqaerdan to`plab, binoning ichiga tashlay berganlar. Keyinchalik alohida kishilarning suyaklarini sopoldan yasalgan maxsus qutilar (ossuariylar) yoki ostadonlarga solib, o`sha binoda saqlaydigan bo`lganlar.
Arxeologlar zardushtiylarning muqaddas kitobi sanalgan «Avesto»da ham qadimgi yunon yozuvlarida aytilgan marosimga duch kelganlar. «Avesto»da aytilishicha, qadimgi zardushtiylar o`likni erga ko`mishni, suvga tashlashni, o`tda kuydirishni qattiq gunoh deb hisoblaganlar. SHuning uchun o`likni uzoqdagi yalang`och qoyalar ustiga eltib tashlaganlar. Uni yirtqich hayvon va qushlar eb ketganidan keyin uning suyaklari uzoq vaqt quyosh ta`sirida qolib tozalangach, yig`ib olingan va boyagi bino — «novus»da saqlangan. Suyaklarni ossuariylarda saqlash odati keyingi zamonlargacha, ya`ni O`rta Osiyoda musulmonchilik keng tarqalguncha davom etgan. Bu xildagi suyaklar solingan sopol qutilar hozir O`rta Osiyoning ko`plab joylaridan topilmoqda.
Qoraqalpog`istonda Jonbos (Yonbosh) qal`asini qazishda zardushtiylarning otashkadasi, ya`ni o`tga topinadigan ibodatxonasi topilgan. Qal`aning darvozasidan kirilgach, to`g`ri ko`chaning ikki tomoni ikki imorat bo`lib, ko`cha borib qal`aning to`rida shu otashkadaga taqaladi. Uning yonida qal`aning hokimi turadigan katta bino qoldig`i topilgan. Otashkadaning tashqari xonasi atrofiga supalar qilingan. O`rtada erda ovqat qoldiqlari, suyaklar, danaklar, siniq idishlar juda ko`p topilgan. Ichkari xonaning devorlari uzoq yongan olovdan yaltirab qorayib ketgan bo`lib, uyning narigi tomonidagi maydonchada benihoya ko`p kul saqlanib qolgan. Bu kuldan qisman olovxona uyning ichidan ham topilgan. Demak, ichkarida muqaddas olov to`xtovsiz yonib turgan, ziyoratga kelganlar tashqari xonada supalarda o`tiruvchi maxsus din arboblari — «atrabon»larga o`z xddyalarini berib, ular orqali «olovning duosini olib» qaytganlar. Arxeologiya ma`lumotlari va turli e`tiqodlar to`g`risida saqlangan xotiralarning hammasi zardusht dinining vatani xdmda «Avesto» kitobi maydonga kelgan joy O`rta Osiyo, ya`ni Xorazm va Balxda bo`lib, 200 kiyik terisiga zarhal harflar bilan yozilgan bu kitob, 1992 yili Dushanbeda oddiy qog`ozda nashr etildi va haqiqatdan ham uning Vatani o`lkamizda ekanini tasdiqlaydi.
Milodimizdan avvalgi III asrdan boshlab O`rta Osiyo va SHimoliy Hindiston Grek-Baqtriya davlati, so`ngra Kushon hamda eftalit davlatlari qo`l ostida bo`lgan; o`sha zamondan bu ikki mamlakat orasida ma`lum munosabat boshlangan. Mavjud yodgorliklar bu to`g`rida juda ko`p ma`lumot beradi.
1933 yili Termiz rayonida, Ayritom degan joyda, budda dini ibodatxonasining xarobasi topilgan. Ibodatxonada buddaning haykali va boshqa ibodatxona qismlari qatorida toshdan yasalgan odam haykallari topilgan; ular musiqa chaluvchi, xadyalar tashuvchi erkak va ayol haykallari bo`lib, ibodatxonaning tashqi tomon karnizi shu haykallar bilan bezatilgan. Haykallarning qiyofasida, kiyimlarida Hindistonga xos belgilar yorqin bo`lib, bu san`at ikki mamlakat orasidagi munosabatlarning samarasidir.
II asrda Kushon davlati budda dinini Hindistondan O`rta Osiyo va SHarqiy Turkistonga tarqatib, uni davlat dini darajasiga ko`targan. O`zbekistonda, ayniqsa uning janubiy rayonlarida va SHarqiy Turkistonda topilgan ko`plab buddizm yodgorliklari o`sha davrga qarashlidir.
III asrda eronda moniy dini vujudga keldi, lekin u uzoq saqlanmadi, uning tarafdorlari O`rta Osiyo va SHarqiy Turkistonga qochib o`tib, ko`proq savdo yo`li ustidagi shaharlarda bu dinni tarqatdilar.
Ba`zi arxeolog olimlar o`rta Osiyoda topilgan ko`plab suratkashlik va haykaltaroshlik yodgorliklaridagi tasvirlarning murakkabligiga qarab, ularni moniy dini bilan bog`lashga harakat qiladilar. Aslida bu hol Kushonlar hukmronligi davri (I-II asrlar) — quldorlik tuzumining o`rta Osiyo sharoitida eng rivojlangan davri bo`lganligi bilan bog`liqdir. Bu davrda, bir tomondan, qabilalarning o`troqlikka ko`chib, sug`oriladigan erlarda joylashish jarayoni kuchaygan - bo`lsa, ikkinchidan, quldor aristokratiya jamoalar erini tortib olib, o`zlashtira boshlaydi, shu tariqa jamoalar o`z ichidan buzilib, butun-butun qishloqlar quldor aristokrat «dehqon»larga tobe bo`lib qoladi. Bu feodalizmning kurtaklari edi.



Yüklə 43,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə