Ichki ishlar idoralari xodimlarining



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə9/161
tarix29.11.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#139033
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   161
Respublikasi

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Axloqiy
Axloqiy munosabatlar. Ijtimoiy munosabatlarning tarkibiy qismlari- dan biri sifatida axloqiy munosabatlar jamiyat hayotida o‘ziga xos o‘rinlardan birini egallaydi.
Ichki ishlar idoralari xodimlarining axloqiy munosabatlari deb ularning aholi guruhlari, mehnat jamoalarida amal qiladigan, qonunlar va buyruqlarda o‘z ifodasini topgan hamda axloq normalari bilan chegaralangan aloqalari, bog‘lanishlari, ta’sir va aks ta’sirlariga aytiladi.
Ichki ishlar idoralari xodimlarining axloqiy munosabatlarini, ular munosabatga kirishadigan obyekt turiga ko‘ra, uchta katta guruhga ajratish mumkin.
B i r i n c h i g u r u h g a ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatining obyektini tashkil etuvchi quyidagi shaxslar bilan bo‘ladigan axloqiy munosabatlar kiradi:

  • har xil toifadagi qonunbuzarlar;

  • huquq-tartibotni buzishga moyil bo‘lganlar, ya’ni qonun buzilishining oldini olish faoliyatining obyekti bo‘lganlar;

  • hech qanday huquqiy tartibni buzmasdan ichki ishlar idoralariga murojaat qilgan fuqarolar;

  • jabrlanuvchilar, bevosita guvohlar, xolislar;

  • qamoq jazosini o‘tayotganlar;

  • qamoq jazosini o‘tayotganlarning oilasi, qarindosh-urug‘lari;

  • mansabdor shaxslar;

  • chet el fuqarolari va h.k.

I k k i n c h i g u r u h g a ichki ishlar idoralari xodimlari o‘rtasida yuzaga keladigan axloqiy munosabatlar kirib, ular asosan:

  1. boshliqlar va bo‘ysunuvchilar, unvoni kattalar va kichiklar;

  2. xizmat lavozimlari va unvonlari teng xodimlar o‘rtasidagi muloqotlardan tashkil topadi.

U c h i n c h i g u r u h g a ichki ishlar idoralari xodimlarining bevo- sita o‘z xizmat vazifalarini bajarishlari bilan bog‘liq bo‘lmagan, xizmatdan bo‘sh vaqtlarida, ya’ni oilada, turmushda yuz beradigan axloqiy munosabatlari kiradi.
Axloqiy va huquqiy munosabatlar. Ichki ishlar idoralari xodim- larining axloqiy munosabatlari bevosita ularning huquqiy munosabatlarida namoyon bo‘ladi.
Ichki ishlar idoralari xodimlarining huquqiy munosabatlari deb ularning qonunda ko‘rsatilgan huquq va burchlarini amalga oshirish yuzasidan barcha fuqarolar bilan bo‘ladigan aloqalariga aytiladi. Binobarin, huquqiy munosabat, birinchi navbatda, yuridik normalarni amalga oshirishning, huquq amal qilishining natijasidir. Huquq aynan huquqiy munosabatlar orqali amal qiladi.
Shunday ekan, ichki ishlar idoralari xodimlarining axloqiy va huquqiy munosabatlari o‘zaro uzviy birlikda bo‘lib, bu birlik, axloq va huquqning:
birinchidan, ichki ishlar idoralari xodimlari bilan jamiyat, davlat o‘rtasidagi o‘zaro manfaatlar nisbatini to‘g‘ri belgilashida;
ikkinchidan, ichki ishlar idoralari xodimlarining axloqiy munosabatlari hamda huquqiy munosabatlarini tenglik prinsipi asosida uyg‘unlashtirishida;
uchinchidan, har bir fuqaroning millati, irqi, ijtimoiy kelib chiqishi, egallab turgan mavqeidan qat’i nazar, ularga nisbatan bir xil talablar qo‘yishida;
to‘rtinchidan, ichki ishlar idoralari xodimlarining har bir fuqaroning xulq-atvorini baholashda asosiy mezon bo‘lgan adolat prinsipining talablari asosida yondashishida;
beshinchidan, axloqiy va huquqiy tarbiyaning eng maqbul vositalaridan biri bo‘lgan ishontirish usulidan keng foydalanishlarida yaqqol ko‘rinadi.
Ayni vaqtda axloqiy va huquqiy munosabatlar o‘rtasida muayyan farq ham mavjud bo‘lib, u quyidagilardan iborat:

  1. huquqiy munosabatlar davlat tomonidan, axloqiy munosabatlar esa jamoatchilik tomonidan o‘rnatiladi va e’tirof etiladi;

  2. huquqiy munosabatlar davlatning majburlov kuchi bilan qo‘riq- lansa, axloqiy munosabatlar har bir insonning ichki e’tiqodi, iymoni hamda jamoatchilik fikri va uning ta’sir kuchi bilan muhofaza qilinadi;

  3. huquqiy munosabatlar davlat tomonidan chiqarilgan qonunlar va boshqa normativ hujjatlarda o‘z aksini topsa, axloqiy munosabatlar ko‘pincha «yozilmagan qonunlar» shaklida bo‘ladi;

  4. huquqiy munosabatlar qonunda belgilangan huquq va burchlar orqali boshqarib turilsa, axloqiy munosabatlar ko‘pincha umuminsoniy qadriyatlar asosida tartibga solib turiladi;

  5. huquqiy munosabatlarni buzganlik uchun davlat majburlov chora- lari ko‘rilsa, axloqiy munosabatlarni buzganlik uchun jamoat ta’siri ko‘rsatildi.

Axloqiy munosabatlarni huquqiy munosabatlarga mutlaqo qarama- qarshi qo‘yib bo‘lmaydi, chunki ular o‘zaro uzviy birlikda bo‘lib, bir-birini to‘ldiradi. Bu birlik axloqiy munosabatlar talabining hayot sinovlaridan o‘tib, huquqda o‘z aksini topganligi hamda har qanday huquqiy munosabatlarning chuqur xalqchil axloqiy mazmun kasb etgan holda xalqning kundalik hayotidan o‘rin olishida namoyon bo‘ladi.
Umuman olganda, axloqiy va huquqiy munosabatlar o‘z mazmuniga ko‘ra ikki xil – boshqarish va qo‘riqlash vazifalarini o‘taydi. Ichki ishlar idoralari xodimlarining axloqiy va huquqiy munosabatlari uchun umumiy bo‘lgan jihat ona Vatanga, davlat, xalq, uning urf-odatlari, an’analari, ma’naviy-madaniy va huquqiy qadriyatlariga sodiq bo‘lgan holda mamlakatda ozodlik va obodlik, adolat, tenglik, qonun ustuvorligi, insonparvarlik, xalqlar o‘rtasida do‘stlikni qaror toptirishdan iboratdir.

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə