Ichki ishlar idoralari xodimlarining



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə10/161
tarix29.11.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#139033
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   161
Respublikasi

Kasb axloqining sohalari. Ichki ishlar idoralari xodimlarining xizmat faoliyati nihoyatda xilma-xil bo‘ladi. Ular, asosan, jinoyat sodir etib, tergov va suddan yashirinib yurgan ayblanuvchilarni, jazoni o‘tashdan
bo‘yin tovlab yurgan mahkumlarni, bedarak yo‘qolganlarni qidirib topish; jazoga hukm etilganlarning axloqini tuzatish va ularni qayta tarbiyalash; ozodlikdan mahrum etish joylaridan bo‘shatilgan shaxslarning ishga joylashishi va turmushda o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashish; korxona, tashkilot, muassasa va boshqa obyektlarni hamda fuqarolarning uylari va mol-mulkini qo‘riqlash; yo‘l harakati qoidalari va transport vositalarining texnik holatini nazorat qilib turish; yong‘inning oldini olish bo‘yicha nazoratni amalga oshirish; pasport tizimi talablarining bajarilishini ta’minlash; o‘ta xavfli davlat jinoyatchilariga qarshi kurashish kabi ishlar bilan shug‘ullanadilar.
Shunga ko‘ra, ichki ishlar idoralari xodimlarining kasb axloqini quyidagi sohalarga ajratib o‘rganish mumkin:

  • jinoyat qiruv tezkor vakilining axloqi;

  • ichki ishlar idoralari tergovchisining axloqi;

  • ichki ishlar idoralari profilaktika vakilining axloqi;

  • yo‘l-patrul xizmati xodimining axloqi;

  • post-patrul xizmati xodimning axloqi;

  • yong‘inga qarshi kurashuvchi xodimining axloqi va h.k.

Tabiiyki, ushbu xizmatlar xodimlari kasb axloqining umumiy hamda maxsus norma va talablari mavjud.
Kasb axloqining xususiyatlari. Har qanday kasb axloqida bo‘lgani kabi ichki ishlar idoralari xodimlari kasb axloqining ham o‘ziga xos jihatlari mavjud. Ular quyidagilardan iborat.

  1. Ichki ishlar idoralari xodimlariga qo‘yiladigan axloqiy talablar huquqiy asosga ega bo‘ladi, ya’ni ular qonunlar, nizomlar va yo‘riqnomalar tarzida rasmiylashtiriladi. Ularni buzgan xodimlar intizomiy jazoga, g‘ayriqonuniy ish ko‘rganlar esa ma’muriy va jinoiy javobgarlikka ham tortiladilar.

  2. Ichki ishlar idoralari xodimlarining kasb axloqi, avvalo, jasurlik, adolat va sadoqatga, har bir ishga beg‘araz va xolis yondashishga asoslanadi. Jinoyatchilikka qarshi kurashish, boshqa kasblardan farqli o‘laroq, xodimdan jasurlik, shijoat, topqirlik kabi bir qator yuksak axloqiy xislatlarga ega bo‘lishni talab qiladiki, ular boshqa kasbdagilar uchun unchalik zaruriy hisoblanmaydi.

  3. Ichki ishlar idoralari xodimlari kasb axloqining normalari insonning qadr-qimmatini hurmat qilish va qonunni buzganlarga nisbatan insoniy

munosabatda bo‘lishga asoslanadi, ya’ni umuminsoniy axloq normalarini o‘zida aks ettiradi.
To‘g‘ri, ichki ishlar idoralarning xodimlari xizmat zaruriyatidan kelib chiqib, hamda davlat va xizmat sirini saqlash uchun jinoyat qidiruv ishlari davomida yo‘riqnomalarda ko‘rsatilgan talablar bo‘yicha yolg‘on gaplar, ba’zi bir kombinatsiyalarni ishlatishlari mumkin. Ammo ular bu bilan haqiqatga xilof ish qilmaydilar, balki adolatni qaror toptirish uchun xizmat qiladilar.

  1. Ichki ishlar idoralarining xodimlari hokimiyat vakili sifatida ish ko‘rar ekan, ularning axloqi nufuzlilik va tarbiyaviylik xususiyatlariga ega bo‘ladi. Ichki ishlar idoralari xodimlarining axloqiy nufuzi qanchalik yuqori bo‘lsa, xalqning davlatga, qonun kuchiga ishonchi ham shunchalik kuchli bo‘ladi va aksincha.

Ichki ishlar idoralarining xodimlari o‘z tabiatiga ko‘ra tarbiyachidirlar, ya’ni jinoyatning oldini olish, oilaviy janjallarni ijobiy hal etish, voyaga yetmagan bolalar bilan ishlash, jamiyatga zarar yetkazuvchi boshqa har qanday shaxslar bilan tarbiyaviy ishlar olib borish ichki ishlar xodimlari kundalik faoliyatining ajralmas qismi hisoblanadi.
Ichki ishlar idoralari xodimlarining kasbiy an’analari va urf-odatlari, xizmat xususiyatlari, normativ hujjatlar va jamoatchilik fikri ular kasb axloqining asosiy manbalari bo‘lib xizmat qiladi.

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə