Ichki ishlar idoralari xodimlarining



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə13/161
tarix29.11.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#139033
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   161
Respublikasi

Estetik faoliyat. Ichki ishlar idoralari xodimlari estetik faoliyatining asoslari ularning muayyan talab va ehtiyojlaridan iborat bo‘lib, moddiy va ma’naviy faoliyatining barcha sohalarini qamrab oladi. Shunga ko‘ra
«mehnat estetikasi», «ishlab chiqarish estetikasi», «turmush estetikasi»,
«sport estetikasi» kabilar farqlanadi. Ular kishilarning zavq-shavq bilan halol mehnat qilishlarida ko‘maklashadi.
Ichki ishlar idoralari xodimlarining estetik faoliyati ularning yurish- turishlarida, o‘z xizmat xonalarini jihozlashlarida, tabiiy olam va kishilarga munosabatlarida yaqqol namoyon bo‘ladi.
Estetika fani. Estetik ong, estetik munosabat, estetik faoliyat, estetik tarbiya, san’at masalalarini o‘rganish bilan bevosita estetika fani shug‘ullanadi.
Estetika – go‘zallik olami, san’at va badiiy ijod qonuniyatlarini o‘rganuvchi va o‘rgatuvchi fan.
Ana shu umumiy ta’rifdan kelib chiqqan holda ichki ishlar idoralari xodimlarining kasb faoliyati estetikasiga fan sifatida quyidagicha ta’rif berish mumkin.
Ichki ishlar idoralari xodimlarining kasb faoliyati estetikasi deb ularning voqelikka estetik munosabatda bo‘lish orqali o‘zlarining xizmat faoliyatlarini nafosat qonunlari, prinsiplari, vositalari asosida tashkil qilishlarini o‘rganish va o‘rgatishga aytiladi.
Ichki ishlar idoralari xodimlarining kasb estetikasi quyidagi vazifa- larni bajaradi:

  1. ichki ishlar idoralari xodimlarining olamni go‘zallik qonunlari asosida yaratishi, o‘zgartirishi va qayta qurishida ko‘maklashish;

  2. go‘zallik, qahramonlik va ulug‘vorlikni ularning antipodi bo‘lgan xunuklik, qo‘rqoqlik va pastkashlikdan ajrata bilish;

  3. nafosat qonunlari, prinsiplari asosida estetik tarbiya ishlarini tashkil qilish.

Estetika bilan etika doimo dialektik birlikdadir. Inson faoliyatidagi har bir xatti-harakat go‘zal bo‘lganligi uchun ham yaxshidir, qadr-qimmatlidir, ya’ni axloqiydir va aksincha, sodir etilgan har bir yaxshi, adolatli ish, xatti- harakat nafosatlidir. Shuning uchun ham buyuk rus nafosatshunos olimi V.G.Belinskiy «go‘zallik – axloq-odobning tug‘ishgan singlisidir» deganda haq bo‘lgan.

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə