Ichki ishlar idoralari xodimlarining


Zardushtiylikda axloqiy va estetik qarashlar



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə21/161
tarix29.11.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#139033
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   161
Respublikasi

Zardushtiylikda axloqiy va estetik qarashlar. Axloqiy ta’limotlar nafaqat Qadimgi Misr, Hindiston, Xitoy, Rim va Gretsiyada, balki bizning Vatanimizda ham juda-juda qadim zamonlardayoq paydo bo‘lgan. Ildizi moziyga borib taqaladigan axloqiy ta’limotlardan biri zardushtiylikdir.
Zardushtiylik dinining asoschisi miloddan avvalgi 589-512 yillarda yashagan Zardusht Spitama hisoblanadi. Bu dinning muqaddas kitobi




1 Qarang: Арастунинг Искандарга насиҳати // Ўзбек педагогикаси антоло- гияси. Икки жилдли. Ж.1. – Т.: Ўқитувчи, 1995. – Б.39–46.
«Avesto»1. U Markaziy Osiyoda yaratilgan bo‘lib, miloddan avvalgi XIII asrdan milodning IV asrigacha bo‘lgan tarixiy voqealarni o‘zida aks ettirgan. Mazkur kitobning tarixiy taqdiri haqida Abu Rayhon Beruniy:
«Podsho Doro ibn Doro xazinasida Avestoning o‘n ikki ming qoramol terisiga tillo suvi bilan bitilgan bir nusxasi bor edi. Iskandar (Aleksandr Makedonskiy – N.M.) otashxonalarni vayron qilib, ularga xizmat etuvchilarni o‘ldirgan vaqtida uni kuydirib yubordi. Shuning uchun o‘sha vaqtdan beri Avestoning beshdan uchi (ya’ni o‘n sakkiz naski) yo‘qolib ketdi. Avesto o‘ttiz «nask» edi, majusiylar qo‘lida o‘n ikki nask chamasi qoldi. Biz Qur’on bo‘laklarini haftiyaklar deganimizdek, nask Avesto bo‘laklaridan har bir bo‘lagining nomidir»2, – deb yozgan edi. Bu kitobda ilgari surilgan bosh g‘oya «Fikr, so‘z va amal olamidan ezgu fikr, ezgu so‘z va ezgu amalni tanlayman. Men barcha yomon fikr, yomon so‘z va yomon amaldan yuz buraman»3, degan fikr hisoblanadi.
Zardushtiylik dinidagi axloqiy-estetik qarashlarning asosini bir-biriga qarama-qarshi kuch bo‘lgan yaxshilik, yorug‘lik, go‘zallik xudosi Ahura- mazda va yomonlik, yovuzlik, pastkashlik xudosi Ahriman o‘rtasidagi kurash tashkil etadi.
Avestoda huquqni himoya qiluvchilarning axloqiy fazilatlari haqida qimmatli fikrlar bayon qilinadi. Masalan: «Davlatni adolatli podsholar pokiza qalb va ezgu niyatlar bilan boshqarishlari kerak. Zolim podsho- larning davlatni boshqarishlariga yo‘l qo‘ymanglar» (Yasna, Spenta- madgat, 47-bob), «Haqiqat baxt-saodat manbaidir. Baxt faqat haqiqatni sevguvchi insongagina mansubdir» (Yasna, Muqaddima), «Adolat tantana qilishi, yovuzlik yo‘q qilinishi kerak» (Yasna, Spentamadgat 49-bob)4. Bunday fikrlarni Avestoda ko‘plab uchratishimiz mumkin.
Zardushtiylikdagi estetik qarashlar Ahuramazdaga xizmat qiluvchi xudolar va ularning vazifalari orqali ifodalangan. Masalan, quyosh va yorug‘lik xudosi Mitra yeru ko‘kda kezib, zulmat xudosi Ahriman bilan kurashuvchi ulug‘vor va bahodir yigit sifatida tasvirlansa, obodonchilik va farovonlik xudosi bo‘lgan Anaxit nafis libos kiygan go‘zal ayol qiyofasida




1 «Avesto» so‘zi «qat’iy qonunlar» ma’nosini bildiradi.
2 Беруний Абу Райҳон. Ўйлар, ҳикматлар, нақллар, шеърлар / Тўпловчи ва нашрга тайёрловчи Абдусодиқ Ирисов. – Т.: «Ёш гвардия», 1973. – Б.35.
3 Авесто.Тарихий-адабий ёдгорлик / Асқар Маҳкам таржимаси. – Т.: Шарқ, 2001. – Б.34.
4 Qarang: Материалы по истории прогрессивной обшественно-философ- ской мысли в Узбекистане. – Т.: Фан, 1976. – С. 50, 54–56.
namoyon bo‘ladi. Humo – baxt, tole va davlat xudosi bo‘lgan qush. Uning boshi, tanasi va qanotlari oltinu kumushdan bo‘lib, kimga soya solsa, o‘shanga baxt keltiradi. Shuning uchun ham bu afsonaviy qushning tasviri mamlakatimiz gerbida o‘z aksini topgan. Bu xususda I.A.Karimov:
«…«Avesto»ning tub ma’no-mohiyatini belgilab beradigan «Ezgu fikr, ezgu so‘z, ezgu amal» degan tamoyilni oladigan bo‘lsak, unda hozirgi zamon uchun ham behad ibratli bo‘lgan saboqlar borligini ko‘rish mumkin. Ana shunday fikrlar, ya’ni ezgu niyat, so‘z va ish birligini jamiyat hayotining ustuvor g‘oyasi sifatida talqin etish bizning bugungi ma’naviy ideallarimiz bilan naqadar uzviy bog‘liq, nechog‘liq mustahkam hayotiy asosga ega ekani ayniqsa e’tiborlidir.
«Avesto»da borliqning yaxlitligi va bir butunligi, inson hayotining tabiat bilan uyg‘unligi masalasi odamning ruhiy olamiga chambarchas bog‘liq holda ko‘rsatilgani ko‘p narsani anglatadi. Bu holat insonning ma’naviy dunyosini shakllantirishda atrof-muhit qadim zamonlardan buyon qanday kuchli ta’sir o‘tkazib kelganiga yana bir bor e’tiborimizni jalb qiladi»1, – degan edi.
Xulosa qilib shuni ta’kidlash mumkinki, qadimgi mutafakkirlar axloqni odamni baxtga erishtiruvchi vosita deb bilganlar, axloqning aniq dunyoviy asoslarini topishga uringanlar.

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə