Ichki ishlar idoralari xodimlarining



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə20/161
tarix29.11.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#139033
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   161
Respublikasi

Arastu. Arastu (Aristotel) miloddan avvalgi 384-322 yillarda yasha- gan eng buyuk yunon mutafakkirlaridan biridir. U o‘zining «Nikomax etikasi», «Yevdem etikasi», «Katta etika» va «Siyosat» nomli asarlarida axloqiy tushunchalarni tahlil qilib, ulardagi umumiylikni topishga urinadi, etika tushunchalarining ilmiy tasnifini ishlab chiqadi.
Arastu o‘zining «Siyosat» nomli asarida axloqning jamiyat hayotidagi ulkan ahamiyatini ta’kidlab: «Tabiat inson qo‘liga qurol – aqliy va axloqiy kuch bergan, ammo u shu qurolni teskari tomonga nisbatan ham ishlatishi mumkin; shu sababli axloqiy tayanchlari bo‘lmagan odam eng insofsiz va yovvoyi, o‘zining jinsiy va did mayllarida eng tuban mavjudot bo‘lib qoladi»1, – deb yozgan edi.
Arastuning fikricha, insoniy fazilatlar hayotda to‘g‘ri yo‘l topish, yaxshilikning makonini aniqlab olishdir. Barcha axloqiy fazilatlar – adolat, do‘stlik, muhabbat, mardlik, saxiylik va boshqalar faqat inson faoliyatida namoyon bo‘ladi. Odam adolatli ishlarni bajarish bilan odil bo‘lib boradi, mardona harakatlarni amalga oshirish orqali mard bo‘lib boradi.
Arastu o‘zining estetik qarashlarini bayon qilishda, nafosatning asosini moddiy dunyodagi narsalar tashkil qiladi, nafosat ana shu narsalarning tartiblilik, aniqlik, uyg‘unlik, yaxlitlik xossalarida namoyon bo‘ladi, degan bir qator ijobiy fikrlarni olg‘a suradi.
Arastu huquqni muhofaza etuvchilarning kasb axloqi haqidagi aniq fikrlarini o‘z shogirdi Aleksandr Makedonskiyga qilgan quyidagi nasihatlarida bayon etadi:
«Ey Iskandar, balki sen jinoyatchini jazolashga buyurib, buni uning qilgan gunohi uchun berilgan jazo yoki uning to‘g‘ri yo‘lga kirishiga sabab bo‘ladigan tadbir deb xayol qilarsan. Agar shunday ish qilishga jazm qilgan ekansan, avvalo o‘z qalbingga murojaat qilgin. Buning sababini qalbingning tashqarisidan, sirtqi qismidan emas, balki tubidan, zamiridan izlagin. Jinoyatchiga jazo belgilashdan maqsading yaxshi nom chiqarishmi yoki qahru g‘azabingga taskin berishmi, shuni aniqlagin. Agar bu ishda ko‘zlagan maqsading qasos olish bo‘lsa, bilgilki, qahru g‘azab achchiqdir, achchiq daraxt esa shirin meva bermaydi. Agar jazoni belgilashdan maqsading, sening nuqtai nazaringdan ham, jinoyatchi uchun ham tuzalish bo‘lsa, u holda jinoyatchini molu mulkidan mahrum etsang yoki tahdid


1 Qarang: Асмус В.Ф. Античная философия. – М.:Высш. школа, 1976. – С.363. (Bu va boshqa o‘rinlarda keltirilgan ko‘chirma gaplar tarjimasi bizniki. – N.M.)
qilib, qo‘rqitsang, bu seni achchiq ustidan g‘azab bilan og‘ir jazolar belgilashdan xalos etadi.
Zindonga tashlashning o‘zigina yetarli bo‘lgan kimsaga nisbatan shamshir ishlatish yoki tahdid, do‘q-po‘pisaning o‘zi kifoya qilgan kishini zindonga tashlash loyiqu shoyista ish bo‘lmaydi. Chunki bir xildagi jinoyatlar uchun jazo belgilashda jinoyatchilar axloqining har xilligini nazarda tutish kerak.
Bilgil, agar hakamlik qilgan chog‘ingda jazo belgilay turib haddan ziyoda qattiqqo‘llik qilsang va belgilagan jazolaring haqiqatga xilof bo‘lsa, maqsading jinoyatchini to‘g‘ri yo‘lga solish bo‘lmasa, u holda jazolash orqali o‘zingga yetkazgan zararing jazolanuvchiga yetkazgan zararingdan ko‘proq bo‘ladi. Shunday bo‘lgach, qozilik qilganingda diqqat va sinchkovlik bilan ish tutgil, toki begunohlar sening shamshiring va qamchingdan nohaq baloga giriftor bo‘lmasin.
Jinoyatini shamshir va qamchisiz tuzatib bo‘lmaydigan odamlar sendan omonlik topmasin.
Yolg‘ondan saqlangil. Zero, yolg‘on nafsning zaifligidan, fikrning sustligidan va ketini o‘ylamay ish qilishdan kelib chiqadi.
Sen hirs va tamadan saqlanishing kerak. Sen isloh eta oladigan va o‘zingning yordaming bilan tuzalishingga sabab bo‘ladigan kuch to‘g‘rilik, porsolik va taqvodorlikdir.
Shahvoniy ishlardan parhez qilgil. Shahvatni tark etishda quyidagi hikmatni yodda tutsang senga yordam beradi. Bilgil, shahvat aqlni yemiradi, fikrni qorong‘ulashtiradi, shaxsning obro‘iga dog‘ tushiradi va uning buyuk ishlar qilishiga to‘sqinlik etadi.
Bilgilki, adolat buyuk va qudratli xudoning yer yuzidagi o‘lchovidir. Uning yordamida zaif bo‘lgan haq odam kuchli bo‘lgan nohaqdan o‘z haqini oladi. Kimki, Alloh bandlari orasida o‘rnatgan ilohiy adolat o‘lchovini buzsa va undan chetlashsa, katta nodonliklar qilib, xatoliklarga yo‘l qo‘yadi...»1

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə